$
12014.48 UZS
-39.55
166.61 UZS
-0.44
13858.70 UZS
-73.35
31° Kechasi 18°

Yetti xazinadan xabardormisiz?

11:15 / 12.09.2019

Xalqimizning ma’naviy va madaniy merosi shunday boy ummonki, unga qancha chuqur sho‘ng‘iganing sayin yanada noyob javohirlarga duch kelaverasan. Shunday ajoyibotlardan biri - yetti xazina haqida hech eshitganmisz?


Xalqimiz yetti xazina deganda, sigir, tovuq, asalari, ipak qurti, objuvoz (moyjuvoz), tegirmon va o‘rmonni nazarda tutadi. Bu bejiz emas.


1.Sigir

Картинки по запросу Sigir

Ajdodlarimiz, asosan chorvachilik bilan shug‘ullanishgani hamda dasturxonini mol go‘shti va suti, ulardan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari bilan bezashgani bois sigirni ro‘zg‘orning baqqoli va bulog‘iga yo‘yishgan.


2. Tovuq

Картинки по запросу Tovuq

Ko‘pincha, oyog‘imiz ostida o‘ralashib, hamma yoqni titkilab yuradigan tovuqni o‘zingiz yaxshi bilasiz. U uzog‘i bilan 12 yil yashasa-da, 10 yil mahsulot beradi. Serpushtlari yiliga 220-250 ta, ayrimlari 365 tagacha tuxum qo‘yadi, vazni 1,7-2,2 kilogrammgacha tosh bosadi. Xo‘rozlaridan 2,7-3, tuxumdor-go‘shtdorlari va go‘shtdorlaridan 2,5-4,5 kilogacha parhez go‘sht olinadi. Qolaversa, bu parranda zararli hasharotlarni terib yeb, hovli-yu tomorqalarni tozalaydi.

3.Asalari 

Картинки по запросу Asalari

Asalari esa o‘ta zahmatkash jonzot. Bitta oilasi bir mavsumda 140-150 kilogrammgacha asal to‘playdi. Uning o‘ndan yetti qismi o‘zlarining ta’minotiga sarflansa, qolgani inson ehtiyoji uchun ajratib olinadi. Eng hayratlanarlisi, asalarilar bir kilogram bol yig‘ish uchun ikki millionta gulga qo‘nib, nektar so‘radi. Shuning barobarida ekinlar va mevali daraxtlarni changlatadi. Ishchi asalarilar nektarni organizmida qayta ishlab hosil qiladigan va uya kataklarida o‘zlari uchun oziq sifatida g‘amlaydigan shirin suyuqlik, aniqrog‘i, asal ming bir dardga davo va to‘yimli ne’matlardandir.  


4. Ipak qurti

Картинки по запросу Ipak qurti

Bunday fikrlarni qimmatbaho to‘la beradigan ipak qurti, qadimda sholini oqlashda, zig‘ir, kunjut kabi o‘simliklardan shifobaxsh yog‘ olishda qo‘llanilgan objuvozu moyjuvoz, rizq-ro‘zimizning asosiy manbai sanalmish donni yanchib, unga aylantiradigan tegirmon, yog‘ochi binokorlik va duradgorlik materiallariga aylanadigan hamda ob-havoni tozalovchi daraxtlar haqida ham aytish mumkin.


5.Tegirmon 
Tegirmon nonini xalqimiz qadimdan iste’mol qilib kelgan, aziz deb bilgan. Xalqimiz uyiga mehmon kelsa, dasturxon yozib, avvalo, non qo‘yadi. O‘g‘il Vatan xizmatiga otlanganda safar oldidan nondek butun bo‘lgin, deya non tishlatadi. Yerga tushgan bir burda nonni ham ko‘ziga surib, olib qo‘yishdek o‘gitlar avloddan-avlodga uqtirib kelinadi. 

6. O‘rmon
Xalqimiz hayotida o‘rmonning (duradgorlik) ham ahamiyati juda katta. Zero, daraxtni imoratning suyagi, deb bejizga atashmaydi. Daraxt atmosferani tozalashga xizmat qiladigan muhim manbalardan sanaladi. Shunday ekan, undan oqilona foydalanish insoniylik burchlarimizdan biridir.

7. Objuvoz 
Objuvoz (yog‘-moy ishlab chiqarish) — qozonimizning qaynashi uchun beqiyos ne’matlardan. Qadim zamonlardan zig‘ir, kunjut yog‘ining shifobaxshligi haqida ko‘p va xo‘p gapirilgan. Ayniqsa, dunyoga mashhur palovimizni yog‘siz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bugungi kunda dunyodagi istalgan mehmonxona yoki restoranning taomnomasida milliy taomlarimiz nomini uchratish oddiy holga aylanib bormoqda.


Bu ham qiziq

Toshkentda temiryo‘lchi kanalda oqib ketayotgan qizni qutqarib qoldi

Toshkentda temiryo‘lchi kanalda oqib ketayotgan qizni qutqarib qoldi

9-iyun kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida temiryo‘l korxonasi xodimi kanal oqimiga tushib ketgan qizning hayotini saq…
14:56 / 10.06.2026
10 kilogrammdan ortiq kumushni noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

10 kilogrammdan ortiq kumushni noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 10 kilogrammdan ortiq kumushni noqonuniy sotishga…
10:21 / 10.06.2026
Jaloliddin Masharipov belidagi jarohat sabab o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazib yubordi

Jaloliddin Masharipov belidagi jarohat sabab o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazib yubordi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Jaloliddin Masharipov AQSHdagi yig‘in davomida bel qismidagi og‘riqlar sabab so…
10:46 / 10.06.2026
O‘zbekistonliklar necha yoshda oila qurishmoqda?

O‘zbekistonliklar necha yoshda oila qurishmoqda?

O‘zbekistonda 2025-yilda birinchi marta nikohdan o‘tayotgan erkaklarning o‘rtacha yoshi 25,6 yoshni, ayollarniki esa 21,4 yo…
17:17 / 10.06.2026
Isroil o‘zbekistonliklar uchun yangi mehnat bozoriga aylanmoqdami?

Isroil o‘zbekistonliklar uchun yangi mehnat bozoriga aylanmoqdami?

Isroil o‘zbekistonlik mehnat migrantlari orasida ko‘p tilga olinmasa-da, so‘nggi yillarda ushbu mamlakat O‘zbekiston fuqarol…
12:17 / 10.06.2026
11-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

11-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
14:52 / 10.06.2026
Sindarov: “Gukeshga qarshi jiddiy tayyorgarlikni Olimpiadadan keyin boshlayman”

Sindarov: “Gukeshga qarshi jiddiy tayyorgarlikni Olimpiadadan keyin boshlayman”

Nomzodlar turniri g‘olibi Javohir Sindarov amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi bo‘ladigan uchrashuv haqida o‘…
17:05 / 10.06.2026
AQSh Eronga yangi zarbalar berdi

AQSh Eronga yangi zarbalar berdi

AQSh Markaziy qo‘mondonligi Prezident Donald Tramp topshirig‘iga binoan Erondagi bir nechta nishonlarga qarshi “o‘zini himoy…
08:58 / 11.06.2026
O‘zbekiston xalqaro sayyohlar oqimi bo‘yicha dunyo TOP-5 talikka kirdi

O‘zbekiston xalqaro sayyohlar oqimi bo‘yicha dunyo TOP-5 talikka kirdi

BMTning Turizm tashkiloti tomonidan 2026-yil may oyida e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston xorijiy sayyohlar oqimi o…
12:14 / 10.06.2026
Farg‘onada gashish sotgan 19 yoshli yigit 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Farg‘onada gashish sotgan 19 yoshli yigit 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida giyohvand modda savdosi bilan shug‘ullangan
17:45 / 10.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!