Dunyodagi eng qiziqarli muzey ekspozitsiyalarida rasmlar, haykallar, qurollar, zargarlik buyumlari, samolyotlar, kosmik kemalar, misli ko‘rilmagan jonzotlar va hattoki, haqiqiy cho‘kib ketgan kemani uchratishingiz mumkin. Quyida ular haqida ma’lumotlarga ega bo‘ling va ajoyib suratlarni tomosha qiling.
25. Te-Papa Tongarev milliy muzeyi (Vellington, Yangi Zelandiya)
Yangi Zelandiya Milliy muzeyi orol xalqining tarixi va uning tub aholisi – maori madaniyatiga bag‘ishlangan. Tabiatni yaxshi ko‘radiganlar uchun dinozavrlar, qushlar, baliqlar, hasharotlar va hatto, afsonaviy mavjudotlarning katta eksponatlari muzeydan o‘rin olgan. Aynan shu yerda Piter Jekson mashhur “Uzuklar egasi” kino trilogiyasini suratga olgan.
24. Lotin Amerikasi san’at muzeyi (Buenos-Ayres, Argentina)
Muzey ekspozitsiyasi asosan XX asr Lotin Amerikasi san’atiga bag‘ishlangan: birinchi qavatda zamonaviy ijodkorlarning asarlari, ikkinchi qavatda esa qadimiy suratlar joylashgan. Deyarli barcha eksponatlar argentinalik xayriyachi Eduardo Konstantiniga tegishli.
23. Terrakota jangchilari va otlari muzeyi (Sian, Xitoy)
Buyuk devor va Terrakota armiyasi – bu Xitoyning taniqli ramzlaridan biridir. Ularning qurilishi birlashgan Xitoy davlatining birinchi imperatori Sin Shixuandi davrida amalga oshirilgan. Kuchli hukmdor ularni o‘z mamlakati xavfsizligining poydevori va kelajakda shaxsiy hokimiyatning davomi sifatida ko‘rdi. Shunisi e’tiborga loyiqki, armiyada bir-biriga o‘xshash jangchilar yo‘q: ularning barchasi martabasi, qurol-yarog‘ va yuz ifodasi bilan farqlanadi.
22. Yad Vashem Xolokost qurbonlari xotirasi yodgorligi (Quddus, Isroil)
Xolokost tarixining yodgorlik majmuasi Quddusning g‘arbiy qismidagi Gertsl tog‘ida joylashgan. Falokatning abadiy xotirasi va fashizmga qarshi kurashganlarning haqlariga atab bunyod etilgan.
21. Milliy san’at galereyasi (Vashington, AQSh)
Majmua haykal bog‘i va yer osti o‘tish yo‘li bilan bog‘langan ikkita binodan iborat. Muzey kolleksiyasida turli davr va uslubdagi ko‘plab san’at asarlari namoyish etilgan. Aytganday, eksponatlarning katta qismi amerikalik mutaxassislar tomonidan sotib olingan Ermitajning asarlaridir.
20. Inhotim (Brumadinyo, Braziliya)
Naqshli o‘rmon tojlari ostidagi san’at buyumlari! Braziliyadagi park-muzeyda zamonaviy san’at obyektlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiqlikda joylashgan. Inhotim muzeyi ko‘pincha “Kattalar uchun Disneylend” deb nomlanadi.
19. Rikardo Brennand instituti (Rifat, Braziliya)
Madaniy markaz braziliyalik kolleksiyachi Rikardo Brennandga tegishli bo‘lib, u muzey, badiiy galereya, kutubxona va istirohat bog‘ini o‘z ichiga oladi. Muzeydagi ko‘plab eksponatlar Braziliyaning mustamlakachilik davriga bag‘ishlangan. Ayniqsa, qurol-aslahalarning to‘plami sayyohlarni o‘ziga jalb etadi.
18. Milliy aviatsiya va kosmonavtika muzeyi (Vashington, AQSh)
Smitson instituti tadqiqot markazi uchuvchi yoki kosmonavt bo‘lishni xohlaganlar uchun ayni muddao. Muzeyning baland arkalari ostida haqiqiy samolyotlar va kosmik kemalarning noyob namunalari to‘plangan.
17. Getti markazi (Los-Anjeles, Kaliforniya)
Getti majmuasi o‘z mehmonlarini Los-Anjelesning hayratlanarli arxitekturasi va go‘zal manzaralari bilan xursand qiladi. Muzey yevropalik fotosuratchilar, haykaltaroshlar va rassomlarning asarlarini taqdim etadi. Yonidagi istirohat bog‘i o‘z sharsharasining o‘ziga xos ovozi bilan mashhur. Tadqiqot instituti devorlarida o‘quv mashg‘ulotlari va ko‘rgazmalar namoyish etiladi.
16. Pergam muzeyi (Berlin, Germaniya)
Muzey ekspozitsiyasi uch qismga bo‘lingan: Antik kolleksiya, Islom san’ati muzeyi va qadimgi Osiyo muzeyi. Bu yerdan me’morchilik, haykaltaroshlik, mozaika va turli xil yozuv namunalari o‘rin olgan. Gap shundaki, Ikkinchi Jahon urushi paytida Berlindagi portlash Pergam muzeyiga ta’sir ko‘rsatgan. Natijada to‘plamning bir qismi ko‘chirilgan va hanuzgacha qaytarib berilmagan.
15. Ikkinchi Jahon urushi milliy muzeyi (Nyu-Orlean, AQSh)
Muzeyning ochilishi 1944-yilda Fransiyada quruqlikdagi qo‘shinlarga qarshi o‘tkazilgan strategik operatsiyaning 56 yilligiga bag‘ishlangan edi. Binoning atriumida Ikkinchi Jahon urushida ittifoqchilarning g‘alabasiga hissa qo‘shgan harbiy texnikalar mavjud.
13. Vinsent Van Gog muzeyi (Amsterdam, Gollandiya)
Suratlarning tengi yo‘q, lekin biz taniqli golland post-impressionist rassomining kartinalari sotiladigan ajoyib summalar haqida bir necha bor eshitganmiz. Muzeyda rassom ijodidan tashqari, uning mashhur zamondoshlari: Pol Gogen, Klod Mone, Pablo Pikasso asarlari namoyishga qo‘yilgan.
12. Britaniya muzeyi (London, Buyuk Britaniya)
Bir necha asrlar davomida Britaniya imperiyasining mustamlakachilari sayyoramizning eng yashirin burchaklarini kashf etdi va o‘sha yerdan qiziqarli “suvenirlar” topdi. Keyinchalik ular dunyodagi eng ko‘p tashrif buyuriladigan ikkinchi muzeyning eksponatlari bo‘ldi. Ulkan to‘plam turli davrlar, madaniyatlar va san’at turlarini qamrab oladi.
11. Yangi Akropol muzeyi (Afina, Gretsiya)
Muzeyning murakkab, qimmat va uzoq davom etgan qurilishi bir-biriga bog‘liq bo‘lgan ikkita sababga asoslanadi. Birinchidan, Yunoniston tarixiga oid juda ko‘plab asarlar to‘plangan. Ikkinchidan, inglizlar o‘g‘irlangan tarixiy va madaniy boyliklarni, ularni namoyish qilish va saqlash joylari yo‘qligiga ishora qilib, qaytarib berishni istamadi. Muzey qurilgach, barcha narsani qaytarib berishgan.
10. Antropologiya Milliy muzeyi (Mexiko, Meksika)
Mezoamerikaning tub xalqlari madaniyati fantastika, qon to‘kilishi va misli ko‘rilmagan boylik haqidagi g‘oyalarni o‘z ichiga oladi. Meksikaning asosiy muzeyida Mayya yoki astek kabi o‘tmishdagi qudratli sivilizatsiyalarning qadimiy qadriyatlari namoyishini guvohi bo‘lishingiz mumkin.
9. Vaza muzeyi (Stokgolm, Shvetsiya)
Skandinaviyadagi eng ko‘p tashrif buyuriladigan muzey XVII asrning shved flotiga tegishli bo‘lgan “Vaza” kemasi atrofida qurilgan. Bu hozirgi kungacha saqlanib qolgan eng qadimgi harbiy kemadir. Ajablanarlisi shundaki, uning birinchi safari chog‘ida sodir bo‘lgan avariya unga vaqt sinoviga dosh berishga yordam berdi. Suvga g‘arq bo‘lgan kemani dengiz qurtlari yemagan.
8. Davlat muzeyi (Amsterdam, Gollandiya)
1808-yilda Lui Bonapart tomonidan asos solingan muzey ekspozitsiyasida markaziy o‘rinni XV-XIX asr golland rassomlari asarlari egallaydi. Masalan, Rembrandtning “Tungi tomosha” asari muzeydan o‘rin olgan. U o‘zining og‘ir tarixi va vayron qilish urinishlariga uchraganligi bilan mashhur.
7. London Milliy galereyasi (London, Buyuk Britaniya)
San’at galereyasi har yili 6,5 million sayyohni qabul qiladi. Ikki mingdan ortiq rasm xronologik tartibda namoyish etilgan, bu esa oddiy tomoshabinga XIII asrdan beri G‘arbiy Yevropa rasmlarining rivojlanishini kuzatishda yordam beradi.
6. Ermitaj davlat muzeyi (Sankt-Peterburg, Rossiya)
Rossiyaning shimolidagi Ermitaj muzeyi ko‘plab hayratlanarli eksponatlari, tasavvur qilib bo‘lmaydigan bezaklari bilan mashhur.
5. Luvr muzeyi (Parij, Fransiya)
“Mona Liza” tabassumini tomosha qilish Parijdagi har bir mehmonning burchi deyish mumkin. Buning uchun siz dunyodagi eng mashhur san’at muzeyiga borishingiz kerak bo‘ladi. Biroq, Leonardo da Vinchining rasmlari bilan tanishishdan oldin, siz Luvrning asosiy kirish eshigidagi shishali piramida bilan fotosessiya o‘tkazishingiz mumkin.
4. Prado milliy muzeyi (Madrid, Ispaniya)
Muzey ingliz, nemis va fransuz maktablari ijodkorlariga tegishli rang-barang san’at asarlari bilan bir qatorda, shubhasiz, ispan rassomlarining boy rasmlar to‘plamini saqlaydi. El Greko, Velaskesa va Goya muxlislari xursand bo‘lishadi.
3. Chikago san’at instituti (Chikago, AQSh)
Muzey, shuningdek, Uolt Disney singari rassomlar ta’lim olgan AQShdagi eng yuqori san’at oliygohining bir qismidir. Albatta, ko‘rgazmalar orasida Amerika san’atining ko‘plab namunalari mavjud.
2. Orse muzeyi (Parij, Fransiya)
Muzey kolleksiyasi sobiq temiryo‘l stansiyasi binosida joylashgan. Impressionistlar va post-impressionistlarning boy asarlaridan tashqari, tashrif buyuruvchilar bu yerda Parij dengizining ajoyib manzaralaridan bahramand bo‘lishlari mumkin.
1. Buyuk san’at muzeyi (Nyu-York, AQSh)
“Katta olma”da olma tashlaydigan joy yo‘q! Bu yerda millionlab tashrifchilar shaharning bir joyidan boshqasiga imkon qadar tezroq tanishish uchun oshiqadilar. Metro muzeyi tez ishlamaydi: hatto turli eksponatlarning bir qismi bilan tanishish ham ko‘p vaqt talab qiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!