$
12948.10 UZS
-9.04
156.93 UZS
0.37
14696.09 UZS
-6.38
31° Kechasi 14°

Uzun sochlarning 9 siri

11:30 / 17.02.2020

Sochlaringizni uzun qilib o‘stirishni istaysizmi? Buni qanday uddalashni bilmayapsizmi? Bu borada sizga yordam beramiz...

1-tavsiya
Uzun sochlarning eng yaqin do‘sti bu qaychidir! Ha, aynan qaychi! Nega, deysizmi? Sochlarni kesmasdan o‘stirmoqchi bo‘lganlar qattiq yanglishadi. Chunki, sochlarni oz-ozdan kesib turish, ularning salomatligini mustahkamlaydi, “gullagan” soch uchlarini kesib turmasangiz, ularning o‘sishi sekinlashadi. Sochga qaychi tekkizib turish, ularning uzun bo‘lib o‘sishiga zamin yaratadi.

2-tavsiya
Har gal bosh yuvganda, konditsionerdan foydalanishni unutmang. Chunki, sochni tez-tez bo‘yash va soch quritgichda quritaverish ularni zaiflashtiradi. Konditsioner esa sochlar uchun yog‘ va oqsillar o‘rnini bosib, soch tolasini mustahkamlaydi. 
Sochga surtilgan konditsionerni sovuqroq suvda chayqab tashlash kerak. Biroz sovuqroq suv sochning ustki qatlamini yumshatib, ularning namlik yo‘qotishining oldini oladi. Bunday suv sochlar o‘sishini ham ta’minlaydi.

3-tavsiya
Shampundan ham ko‘p foydalanmang. Shampunning vazifasi sochni kirdan xalos qilish. Agar uni me’yordan ortiq ishlatsangiz, u soch terisi ostidagi yog‘larni ham yuvib ketadi. 

4-tavsiya
Har kuni sochingizga foydali, yog‘li niqoblar surting. Niqob o‘rnida, kokos, bodom, jojoba, kanakunjut kabilarning moyini surtish foydali. Ularni boshda 10-60 daqiqagacha qoldiring, vaqt o‘tgach shampun bilan yuvib tashlang.

5-tavsiya
Sochlarni xuddiki ular oltindan iboratdek tarang, ehtiyotlang. Ularni hadeb tarayverish ham zarar yetkazishini unutmang. 
Boshni yuvib bo‘lgach, ularni qo‘llaringiz bilan tarash foydali. Oldin soch uchlaridagi, keyin yuqorisidagi chigalliklarni yozing.

6-tavsiya
Yostiq jildiga ham e’tibor berish kerak. U ipak, satin-ipak, paxta kabi matolardan tikilgan bo‘lsa ayni muddao. Ular sochlarning chigal bo‘lish darajasini kamaytiradi.

7-tavsiya
Sochni sochiq bilan qattiq ishqalamang. Ularni qalin sochiqqa ham o‘rab qo‘ymang. Negaki, bu holatda soch tolasi sinishi mumkin. Mexanik jarohatlanishdan ehtiyotlash uchun ularni yupqa, mikrotolali sochiq bilan yengil arting.   

8-tavsiya
Agar sochlaringiz nozik va yupqa bo‘lsa, ularni “dumcha” shaklida kamroq yig‘ing. Yaxshisi, sochingizni chambarak shaklida, ingichka soch to‘g‘nog‘ichlari bilan yig‘ishning o‘zi kifoya.

9-tavsiya
Soch quritgichlardan ko‘p foydalanish zarar keltirishi ko‘p bora aytilgan. Ular soch tarkibidagi suvni tortib oladi, ularni quritib qo‘yadi. Oqibatda sochlar o‘sishi sekinlashadi.


Bu ham qiziq

Namanganda 25 nafar bolani olib ketayotgan Damas aniqlandi

Namanganda 25 nafar bolani olib ketayotgan Damas aniqlandi

Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
12:11 / 28.04.2025
Ukraina sudi sobiq prezidentni 15 yillik qamoq jazosiga hukm qildi

Ukraina sudi sobiq prezidentni 15 yillik qamoq jazosiga hukm qildi

Viktor Yanukovich hozirda Rossiya hududida yashaydi.
16:46 / 28.04.2025
Navoiyda “zapravka” 26 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalandi

Navoiyda “zapravka” 26 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalandi

AGTKShda gaz sarfini o‘lchash kompleksiga o‘rnatilgan qurilmaning kirish-chiqish qismidagi gaz jo‘mraklariga davlat standart…
12:12 / 28.04.2025
Zelenskiy: “Nega 8-mayni kutib Putinning paradi vaqtida o‘t ochishni to‘xtatishimiz kerak ekan”

Zelenskiy: “Nega 8-mayni kutib Putinning paradi vaqtida o‘t ochishni to‘xtatishimiz kerak ekan”

Ukraina prezidenti Rossiya Federatsiyasi rahbarining may oyidagi uch kunlik sulh taklifini rad etdi.
09:08 / 29.04.2025
29-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

29-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 31-33 daraja bo‘ladi.
22:55 / 28.04.2025
Isroil Livan poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi

Isroil Livan poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi

Livan prezidenti idorasi mazkur hujumni qoraladi va sulh imzolanishida vositachilik qilgan AQSh va Fransiyani Isroilga bosim…
11:20 / 28.04.2025
Hindiston va Pokiston chegarasida yana otishma sodir bo‘ldi

Hindiston va Pokiston chegarasida yana otishma sodir bo‘ldi

Hindiston harbiylari bunga “tezkor va samarali” javob qaytargani, jarohatlanganlar yo‘qligi aytilmoqda.
10:35 / 29.04.2025
Rim Papasining dafn marosimida O‘zbekiston rasmiylari ham ishtirok etdi

Rim Papasining dafn marosimida O‘zbekiston rasmiylari ham ishtirok etdi

Marosimda ko‘plab mamlakatlar rahbarlari, Qirollik oilalari a’zolari va muhim diniy arboblar ishtirok etishdi.
19:35 / 28.04.2025
Toshkentda Cobalt sababli 50 ta uy vaqtincha tabiiy gazsiz qoldi

Toshkentda Cobalt sababli 50 ta uy vaqtincha tabiiy gazsiz qoldi

Toshkentning Bektemir tumanida Cobalt avtomobili o‘rta bosimli gaz quvuriga urilib, gaz sizib chiqishiga sabab bo‘ldi.
18:34 / 28.04.2025
Buxoroda 20 yoshli yana bir talaba o‘z joniga qasd qildi

Buxoroda 20 yoshli yana bir talaba o‘z joniga qasd qildi

Marhumning Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy akkauntida 2025-yil 27-28-aprel kunlari 3 marotaba o‘z joniga qasd qilish…
16:10 / 28.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!