$
12520.78 UZS
83.63
153.70 UZS
0.36
14634.29 UZS
153.72
31° Kechasi 19°

“Tonirovka” uchun ariza onlayn berilganda chegirma qo‘llanilishi ma’lum qilindi

13:17 / 15.09.2021

Hukumatning 2021-yil 28-iyuldagi qaroriga muvofiq, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirish (qoraytirish)ga ruxsatnoma berish xizmati joriy etildi.

Endi avtotransport vositalari egalari arizalarini onlayn topshirganida 10 foizli chegirmaga ega bo‘lishadi.

Bu chegirmalar ayni kunda “tonirovka”ning narxini orqa yon oynalar uchun 135 ming so‘m (yuridik shaxslar uchun 270 ming so‘m), old va orqa yon oynalar uchun esa 1 million 300 ming so‘mga arzonlashtiradi.

Shuningdek, endilikda haydovchilarning avtotransport oynasiga stiker yopishtirishlari majburiy bo‘lmaydi.

Bundan tashqari, Yagona portalda ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish imkoniyati ham yaratilgan.

Qayta rasmiylashtirishda – avtotransport vositasi ikkilamchi bozordan sotib olinganida, texpasport (avtotransport vositasining ro‘yxatdan o‘tgan guvohnomasi) mulkdori yoki davlat raqam belgisi o‘zgargan hollarda avtotransport vositasiga rasmiylashtirilgan “tonirovka” ruxsatnomasiga onlayn tarzda bepul o‘zgartirishlar kiritish mumkin. 

Ma’lumot uchun, 2020-yil 9-oktyabr kuni Hukumatning №635 sonli qaroriga muvofiq 1 yil muddatga beriladigan ruxsatnoma narxlari quyidagicha:
–  jismoniy shaxslarning M1, N1 va N2 toifaga oid avtotransport vositalari orqa yon oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish to‘lovi – 5 BHM (1 mln. 350 ming so‘m) etib belgilandi (oldingi narxi 10 BHM – 2 mln. 700 ming so‘m)
–  yuridik shaxslarga orqa yon oynani qoraytirish uchun to‘lov miqdori o‘zgarmagan – BHMning 10 baravari (2 mln. 700 ming so‘m)
–  orqa va old yon oynalar bo‘yicha tusini o‘zgartirishning to‘lovi miqdori ham o‘zgarishsiz qoldirildi – 50 BHM (13 mln. 500 ming so‘m)


Bu ham qiziq

Londondagi namoyishlarda hibsga olinganlar soni 400 dan oshdi

Londondagi namoyishlarda hibsga olinganlar soni 400 dan oshdi

Londonda Falastin tarafdorlari norozilik namoyishlarida politsiya 400 dan ortiq odamni hibsga olganini ma’lum qildi.
09:51 / 07.09.2025
AQShdagi Hyundai zavodida o‘tkazilgan reydda 300 dan ortiq Janubiy Koreya fuqarolari qo‘lga olindi

AQShdagi Hyundai zavodida o‘tkazilgan reydda 300 dan ortiq Janubiy Koreya fuqarolari qo‘lga olindi

Bu haqda Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
10:48 / 07.09.2025
Bugun vodiyda gaz “zapravka”lar faoliyati tiklanadi

Bugun vodiyda gaz “zapravka”lar faoliyati tiklanadi

Farg‘ona vodiysi iste’molchilarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi “Ohangaron–Pungon” magistral gaz quvurining tog‘li hududida…
18:35 / 06.09.2025
Bugun Marg‘ilon shahrining 2000 yillik yubileyi nishonlangan kun

Bugun Marg‘ilon shahrining 2000 yillik yubileyi nishonlangan kun

2007-yilda shaharning 2000 yilligi keng nishonlangan
18:45 / 07.09.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud vositalarni sotuvga qo‘ygan shaxs aniqlandi

Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud vositalarni sotuvga qo‘ygan shaxs aniqlandi

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda
21:39 / 07.09.2025
O‘zbekistonliklar bugun to‘liq Oy tutilishi hodisasiga guvoh bo‘ladi

O‘zbekistonliklar bugun to‘liq Oy tutilishi hodisasiga guvoh bo‘ladi

Bugun, 7-sentyabr kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida to‘liq Oy tutilishini kuzatish mumkin. Bu haqda O‘zbekiston fanlar…
16:57 / 07.09.2025
Narendra Modi Donald Tramp bilan ziddiyati sabab BMT bosh assambleyasiga bormaydi

Narendra Modi Donald Tramp bilan ziddiyati sabab BMT bosh assambleyasiga bormaydi

Uning o‘rniga assambleyada hindlar nomidan tashqi ishlar vaziri qatnashadi
19:35 / 07.09.2025
Tataristondagi avtohalokatda 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Tataristondagi avtohalokatda 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Kecha, 5-sentyabr kuni Tataristonning Zainsk tumanida ayanchli avtohalokat yuz berdi va oqibatda 3 o‘zbekistonlik halok bo‘l…
20:14 / 06.09.2025
Tashqi ishlar vazirligi ayrim bloger va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilariga murojaat qildi

Tashqi ishlar vazirligi ayrim bloger va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilariga murojaat qildi

Vazirlik ilgari yechimini topgan va hal etilgan masalalarni qayta olib chiqmaslikka chaqirdi
22:21 / 07.09.2025
Ispaniyada otishma sodir bo‘ldi

Ispaniyada otishma sodir bo‘ldi

EFE nashri xabariga ko‘ra, Ispaniyaning Sevilya provinsiyasidagi barda yuz bergan otishmada ikki kishi halok bo‘lgan, yana b…
10:29 / 07.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!