$
12413.79 UZS
-52.65
154.86 UZS
-0.56
14468.27 UZS
-48.9
33° Kechasi 21°

Mashhur fiziklarning hikmatli so‘zlari

10:38 / 27.02.2015

Yozuvchilar, faylasuflar va boshqa ijtimoiy soha vakillari dunyodagi barcha narsalar haqida chiroyli so‘zlashlari mumkin, lekin fiziklargina olam va tabiatni asl holicha tushunadilar. Bundan tashqari, ular ham o‘ziga xos tasavvur va falsafaga egalar.

Mashhur fiziklarning ibratli so‘zlari va falsafiy fikrlari guldastasidan bahra oling.

 

Nikola Tesla

Elektrotexnika va radiotexnika sohasi bo‘yicha ixtirochi, muhandis, fizik.

“Boshingdan baland sakray olmaysan” degan ibora sizga tanish bo‘lsa kerak? Bu noto‘g‘ri. Inson hamma narsaga qodir.

Hattoki jimitdaygina mavjudotning harakati ham butun Koinotni o‘zgartirib yuborishi mumkin.

Zamonaviy olimlar aniq o‘ylash o‘rniga chuqur o‘ylashadi. Aniq fikrlash uchun sog‘lom aql kerak, chuqur fikrlash esa telbalarning ham qo‘lidan keladi.

Agar birorta ham davlatga muvaffaqiyatli hujum qilish imkoniyati bo‘lmasa, urushlar tugaydi.

 

Lev Landau

Rus nazariyotchi fizigi, ilmiy maktab asoschisi, fizika bo‘yicha Nobel mukofoti laureati (1962).

Inson dahosining eng buyuk yutug‘i shundaki, u o‘zi tasavvur qila olmaydigan narsalarni ham tushuna oladi.

Har bir inson munosib yashash uchun yetarlicha kuchga ega. Zamonning og‘irligi haqidagi gaplar esa o‘z harakatsizligini va dangasaligini oqlash uchun bahona xolos. Ishlasang, zamonning o‘zgarishini ko‘rasan.

Eng yomon gunoh — zerikish! Qiyomat kuni Yaratgan sendan so‘raydi: “Nega sen hayot quvonchlaridan bahramand bo‘lmading? Nima uchun zerikding?”

Ayollarga ta'zim qilsak arziydi. Ularning ko‘p fazilatlari, ayniqsa, sabrlari uchun. Ishonchim komilki, agar erkaklar tug‘ish qobiliyatiga ega bo‘lganlarida, insoniyat allaqachon yo‘qolib ketgan bo‘lardi.

 

Nils Bor

Daniyalik fizik va faylasuf, fizika bo‘yicha Nobel mukofoti laureati (1922).

Ekspert — bu juda tor mutaxassislikda juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ygan kishidir.

Agar sizni kvant fizikasi qo‘rqitmagan bo‘lsa, demak siz uning hech narsasini tushunmabsiz.

 

Petr Kapitsa

Rus muhandisi, fizik, fizika bo‘yicha Nobel mukofoti laureati (1978).

Insonga hech narsa ertaga kechagidan ko‘ra aqlliroq bo‘lishiga xalaqit bermaydi.

Inson yoshligida ahmoqliklar qilishdan qo‘rqmaydi.

Iste'dodning asosiy belgisi — inson o‘zining nimani xohlayotganini bilishidir.

Ijod erkinligi — xatolarga yo‘l qo‘yish erkinligidir.

 

Ernest Rezerford

Britaniyalik fizik, yadro fizikasi asoschilaridan biri, kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti laureati (1908).

Agar olim tajribaxonasini tozalayotgan farroshga o‘z ishining ma'nosini tushuntirib bera olmasa, demak nima ish bilan shug‘ullanayotganini o‘zi ham bilmaydi. 

Barcha fanlar fizikaga va marka to‘plashga bo‘linadi.

Ilmiy haqiqatning e'tirof etilishi uch bosqichdan iborat: birinchisi — “bu —bema'nilik”, ikkinchisi — “bunda nimadir bor”, uchinchisi — “bu hammaga ma'lum”. 

 

Richard Feynman

Amerikalik fizik, kvant elektrodinamikasi va va atom bombasi yaratuvchilaridan biri, fizika bo‘yicha Nobel mukofoti laureati (1965).

Agar siz har doim o‘zingizga “Buni qila olaman, lekin qilmayman” desangiz, bu “qila olmayman” degan bilan barobar.

Hech ikkilanmasdan ta'kidlashim mumkin: kvant mexanikasini hech kim tushunmaydi.

 

O‘qishni tavsiya etamiz:

Dunyodagi mashhur insonlarning ismlari aslida qanday

Pul “sindira” olmagan mashhurlar

Uinston Cherchillning hayot darsi

Bryus Lidan yetti maslahat


Bu ham qiziq

Samarqand va Andijonda xorijga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

Samarqand va Andijonda xorijga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi(firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlar…
20:53 / 21.08.2025
UFC vazn toifasidan qat’iy nazar eng kuchli jangchilar(P4P) ro‘yxatini e’lon qildi

UFC vazn toifasidan qat’iy nazar eng kuchli jangchilar(P4P) ro‘yxatini e’lon qildi

Hamzat Chimayev eng ko‘p yuqorilashga muvaffaq bo‘ldi
18:47 / 21.08.2025
23-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

23-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 34-36 daraja issiq bo‘ladi
22:41 / 22.08.2025
O‘tgan 6 oy ichida ishlab chiqarish va savdo aylanmasi bir necha o‘n foizga o‘sdi

O‘tgan 6 oy ichida ishlab chiqarish va savdo aylanmasi bir necha o‘n foizga o‘sdi

Bunga sabab yurtimizda qariyb 50.000 ga yaqin sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda
20:17 / 21.08.2025
Shavkat Mirziyoyev ertaga amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev ertaga amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

Avaza shaharchasida Turkmaniston, O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida 3 tomonlama sammit tashki etilishi ko‘zda tutilgan
19:38 / 21.08.2025
Seul Munda 17 yoshli bola cho‘kib ketdi

Seul Munda 17 yoshli bola cho‘kib ketdi

Hozirda “Bo‘rijar”da Respublika FVV tomonidan qidiruv ishlari olib borilayotgani bildirildi.
12:16 / 22.08.2025
Yangi o‘quv yili 3-sentyabrdan boshlanadi

Yangi o‘quv yili 3-sentyabrdan boshlanadi

Bunda OTMl va litseylarning 1-kurslariga qabul qilinganlar shu sanadan o‘quv yilini boshlaydi
20:51 / 22.08.2025
Navoiyda to‘lov terminalini o‘g‘irlagan uch yigit qo‘lga olindi

Navoiyda to‘lov terminalini o‘g‘irlagan uch yigit qo‘lga olindi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
11:45 / 22.08.2025
O‘zbekistonda uy-joy qurilishi hajmi keskin o‘sib bormoqda. Bu yo‘nalishdagi korxonalar soni-chi?

O‘zbekistonda uy-joy qurilishi hajmi keskin o‘sib bormoqda. Bu yo‘nalishdagi korxonalar soni-chi?

Qurilish korxonalari soni bo‘yicha qaysi hududlar yetakchi?
22:14 / 22.08.2025
Hindistonda pul tikiladigan onlayn o‘yinlar taqiqlanadi

Hindistonda pul tikiladigan onlayn o‘yinlar taqiqlanadi

Bozorning 78% ulushini mobil o‘yinlar tashkil qiladi.
15:03 / 22.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!