Buyuk Britaniyada koronavirusga chalingarlarning aksariyati “delta variant” deb nomlanuvchi hind shtammi bilan kasallanmoqda. The Telegraph nashri Buyuk Britaniya SSV rahbari Mett Xenkokka tayanib ma‘lum qilishicha, ushbu turdagi koronavirusning ulushi 91 foizga yetgan.
Xabar qilinishicha, COVID-19 bilan kasallanish darajasi Angliyaning barcha mintaqalarida, ayniqsa mamlakatning shimoli-g‘arbiy qismida keskin oshdi. Shu bilan birga, kasalxonaga yotqizilganlar soni odatdagidan ancha kamligi aytilmoqda.
Avvalroq, Xenkok hind shtammi Buyuk Britaniyadagi cheklovlarni bekor qilish tezligiga ta‘sir qilishi mumkinligi haqidagi xavotirlarni bildirgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!