Yangi Gvineya oroli landshaftining xilma-xilligi, hayvonot va o‘simlik olamining boyligi bilan ajralib turadi. Bu yerda barcha narsalar bor: qor bilan qoplangan tog‘ cho‘qqilaridan tortib, sohil bo‘yidagi daraxtzorlargacha. Ana shu betakrorlikni saqlash uchun ham orolning Indoneziya qismida joylashgan Lorens milliy bog‘i yaratilgan.
Lorens milliy bog‘i orolning jami ekotizimini o‘z ichiga olgan 25 056 kv. km maydonni egallagan. Qirg‘oqda daraxtzor va botqoqliklar mavjud bo‘lib, ular turli o‘simliklarga ega ekvatorial o‘rmonlar bilan almashadi. O‘rmonlar dengiz sathidan 700 metr balandlikkacha ko‘tarilgan. 4000 metr balandlikdan boshlab qor bilan qoplangan qoya massivlari bir-biri bilan almashadi.
Lorensning o‘ziga xos jihati sifatida tropiklar uchun haqiqatan ham g‘aroyib obekt sanalgan Maoke tog‘lari va uning baland nuqtasi Punchak-Jaya (ba'zida oddiygina Jaya)ni aytish mumkin. Balandligi 4 884 metr bo‘lgan Punchak-Jaya tog‘ining betakrorligi shundaki, uning yuqori qismini haqiqiy muzlik bezaydi. Jayadan tashqari balandligi 4 ming metrdan ortiq bo‘lgan boshqa qoyalar ham bor. Ular ham qor bilan qoplanganini kuzatish mumkin.
Ekvatorial va tropik o‘rmonlar yerning boshqa ekotizimlari orasida eng yuqori bio xilma-xillikka ega. Lorens bog‘i ham bunga misol bo‘ladi. Ushbu betakror mintaqa tadqiqotchilarining bari bu yerda ilm-fanga ma'lum bo‘lmagan hayvon va o‘simlik turlari mavjudligini bir ovozdan ma'qullashgan.
Biroq hududning katta qismi kartograf va biologlar tomonidan tadqiq etilgan. Bu yerda topilgan fauna vakillari sifatida qanotlilarning 630 turini aytish mumkin. To‘tiqushlarning xilma-xil turlari, jumladan, kakadularning 30 dan ortiq turi, kaptarlarni Lorens bog‘ining o‘rmon qismida uchratish mumkin. Bu yerda kamyob, uchmaydigan qush turi – kazuarlar ham bor. Sut emizuvchilarning xilma-xilligi kamroq, bugunga qadar ularning 120 ga yaqin turlari aniqlangan. Biroq mahalliy yirtqichlar o‘ziga xos.
G‘aroyib yovvoyi olam mahalliy aholi – orolda yashaydigan papuaslarning bir necha qabilalari uchun uy hisoblanadi.
Bog‘ning yaratilishi barcha yerda mavjud sivilizatsiyaning kelishini noaniq vaqtga ortga surib, shubhasiz, ushbu qabilalarga ijobiy ta'sir ko‘rsatdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!