$
12705.79 UZS
59.23
159.20 UZS
-1.68
14704.41 UZS
243.07
36° Kechasi 21°

Tabiat qahri: go‘zalligini yo‘qotayotgan joylar

09:24 / 10.10.2021

Ommaviy axborot vositalari insoniyat hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan iqlim va landshaftning o‘zgarishi to‘g‘risida tez-tez xabar berib turishadi. Afsuski, biz bunga katta ahamiyat bermay qo‘ydik. Global isish muammosi o‘nlab yillar davomida muhokamaga sabab bo‘ladi, lekin bunga ham e’tiborsizlik qilamiz. Jahon okeanining sathi qaysi darajada ekanligi bilan ham qiziqmaymiz.

Shu bilan birga, sayyoramizning ko‘plab go‘zal burchaklari mavjud bo‘lib, ular ham juda katta va halokatli ta’sirga uchramoqda.

Biz global isish, sanoatning ta’siri yoki ko‘plab sayyohlik faoliyati tufayli yo‘qotishimiz mumkin bo‘lgan sayyoramizning go‘zal joylari ro‘yxatini tuzdik.

Toj-Mahal, Agra, Hindiston

Ko‘pgina olimlarning fikriga ko‘ra, bir paytlar chiroyli bo‘lgan oppoq maqbaraning umri 5 yildan oshmaydi. Buning bir nechta sabablari bor: Toj-Mahal poydevorini yuvadigan Jamna daryosining ifloslanishi poydevorning yuzasi chirib keta boshlaganiga va cheksiz sayyohlar tashrifi binoning marmar poli va devorlariga zarar yetkazishiga olib keldi. YUNESKO iltimosiga binoan maqbaraga ziyorat qilish taqiqlanib, u yaqin kelajakda yopilishi mumkin.

Antarktida muzliklari

NASA sun’iy yo‘ldoshlaridan olingan suratlarni tahlil qilib, olimlar Antarktida muzliklarining oxirgi 10 yil ichida erish tezligi juda ayanchli, degan xulosaga kelishdi. 2003-yildan beri ba’zi joylarda muzlar bir metrga yupqalashgan va bugungi kunda muz tog‘lari o‘rnida tepaliklarni ko‘rish mumkin. Vaziyat erigan suvlar bilan yanada og‘irlashadi, bu esa muzliklarni issiqlikka qaraganda tezroq yo‘q qiladi. Qaysi bir ma’noda, muammoni bartaraf etish uchun Antarktika mintaqasida kruizlar soni kamaytirildi va yaqin kelajakda ularni butunlay taqiqlashni rejalashtirishmoqda.

Yanszi daryosi havzasi, Xitoy

Ulkan to‘g‘on qurilishi, transport, sanoat va qishloq xo‘jaligi chiqindilari, o‘rmonlarning kesilishi – bularning barchasi Yanszi daryosidagi o‘simlik va hayvonot dunyosining nobud bo‘lishiga olib keladi. Xitoy balig‘i, dengiz cho‘chqasi, Xitoy alligatori kabi Yanszida yashaydigan noyob hayvonlarning barchasi yo‘q bo‘lib ketish arafasida.

Maldiv orollari

Maldiv arxipelagining 1190 ta oroli va atollari butunlay dengiz sathida joylashgan. Muzliklar erishi tufayli okeanlardagi suv sathi ko‘tariladi va bu Maldiv orollariga to‘la toshqin bilan tahdid qilmoqda. Kuchli toshqin sababli shtat ma’murlari materikdagi o‘z vatandoshlari uchun yer va uy sotib olishmoqda.

Buyuk to‘siq rifi

Suv kislotalanishi, sayyohlarning katta oqimi, global isish – bularning barchasi Buyuk to‘siq rifining yo‘q bo‘lishiga olib keladi. Vaziyat asosan tropik bo‘ronlar va marjon poliplari bilan oziqlanadigan yulduz baliqlari tufayli yanada og‘irlashadi. 1985-yildan 2013-yilgacha barcha massivlarning 50 foizdan ko‘prog‘i yo‘qoldi. Yana 10 yildan so‘ng, faqat chorak qismi qolishi mumkin. Olimlar hali ham bo‘ron va global isishga qarshi qanday kurashishni bilmayapti, ammo ular biologik nazoratni amalga oshirib, yulduzli baliqlarning sonini kamaytirishmoqda.

O‘lik dengiz

1970-yildan beri O‘lik dengizidagi suv sathi 30 metrga kamaydi. Buning sababi, birinchi navbatda, dengizda foydali qazilmalarni qazib olish va dengizga oqib keladigan irmoqlarning 80 foizidan foydalanish. Hozirda paydo bo‘lgan quruqliklar qirg‘oqbo‘yi ekotizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. O‘lik dengizni qutqarish uchun Qizil dengizdan unga kanal o‘tkazish rejalashtirilgan, ammo bu holda suvning tarkibi va tuz omborining holati hech qachon avvalgidek bo‘lmaydi.

Galapagos orollari

Galapagos qariyb 10 000 noyob hayvonlar turlarining vatani hisoblanib, Charlz Darvinning evolyutsiya nazariyasi ustida ishlashga ilhomlantirgan arxipelagdir. Afsuski, sayyohlar, orollar bo‘ylab o‘tadigan kruiz laynerlari  va brakonerlarning cheksiz oqimi orollarning ekotizimi yomon ahvolga tushib qolishiga, flora va faunaning ko‘plab vakillarining yo‘q bo‘lib ketishiga olib keldi.

Evergleyds milliy bog‘i, Florida, AQSh

O‘nlab noyob hayvonlarning turlari yashaydigan AQShning ushbu go‘zal bog‘idagi hovuzlar qurib bormoqda, chunki u yerdan atrofdagi fermalar va shaharlarga suv tortib olinmoqda. Bog‘ning katta maydoni chiqindilar bilan to‘lgan. Qolaversa, 1900-yildan beri bog‘ning hududi qisqargan va Florida panterasi kabi hayvonlar yo‘qolib ketish arafasida.

Angara daryosi, Rossiya

Dunyoning eng toza daryosi yer yuzidan yo‘qolib, neft mahsulotlari, simob va mis birikmalari bilan to‘ldirilgan iflos suv omborlarining katta zanjiriga aylanishi mumkin. Daryoning ba’zi joylaridan tutilgan baliqni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Angara hududida yomon ekologiya tufayli o‘simlik va hayvonot dunyosi yo‘qolib ketish arafasida turibdi.

Venetsiya, Italiya

Venetsiya cho‘kmoqda – suv darajasi yiliga 1 millimetrga ko‘tariladi va 2100-yilga kelib shahar butunlay yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Sayyohlarning ko‘plab oqimi olovga moy sepmoqda. Kruiz kemalarining to‘lqinlari ham Venetsiya uchun halokatli bo‘lib, ular poydevorni yo‘q qiladi. Hozirda olimlar sayyoradagi eng go‘zal shaharlardan birini qutqarishga harakat qilmoqda – markaziy qismga kruiz laynerlarining kirishini taqiqlab qo‘ydi va sayyohlar soniga cheklovlar joriy etishni rejalashtirmoqda.

Afsuski, bir necha o‘n yillardan so‘ng, bizning avlodlarimiz bu joylarning barchasini faqat internetdagi rangli fotosuratlarda ko‘rishlari mumkin.

Albatta, sayyoramizni global miqyosda saqlash – bu maxsus tashkilotlar, mutaxassislar va butun davlatlarning ishi, ammo hamma ushbu muammolarga ozgina hissa qo‘shishiga umid qilamiz.


Bu ham qiziq

Turkiyada odam savdosi jinoyatini sodir etgan o‘zbekistonlik ushlandi

Turkiyada odam savdosi jinoyatini sodir etgan o‘zbekistonlik ushlandi

Hozirda O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan bu kabi jinoyatlarni fosh qilish bo‘yicha faol …
09:12 / 11.06.2025
O‘zbekiston eng ko‘p qaysi davlatlardan avtomobil import qilmoqda?

O‘zbekiston eng ko‘p qaysi davlatlardan avtomobil import qilmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 213,7 ml…
12:09 / 11.06.2025
Isroil Eronga hujum qilishga yaqin

Isroil Eronga hujum qilishga yaqin

Reuters’ning yozishicha, Qo‘shma Shtatlarning Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida joylashgan elchixonasi diplomatlarni shoshilinc…
10:00 / 12.06.2025
O‘zbekiston elchixonasi Rossiya TIVga mehnat migrantlarining huquqlari buzilgani yuzasidan nota yubordi

O‘zbekiston elchixonasi Rossiya TIVga mehnat migrantlarining huquqlari buzilgani yuzasidan nota yubordi

“O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Moskvadagi reydlar chog‘ida chet el fuqarolariga nisbatan jismoniy kuch ishlatilgani ha…
10:02 / 11.06.2025
Mirziyoyev YTTB prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Mirziyoyev YTTB prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-iyun kuni Xorijiy investorlar kengashining uchinchi majlisi arafas…
12:59 / 11.06.2025
Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi sanasi tasdiqlandi

Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi sanasi tasdiqlandi

Bu haqda bokschi o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
14:43 / 12.06.2025
Fransiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Fransiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Bu haqda mamlakat prezidenti Emmanuyel Makron seshanba kuni France 2 telekanali efirida e’lon qildi. Uning aytishicha, agar …
14:15 / 11.06.2025
“Sionistik tuzum og‘ir jazo kutishini bilsin” – Xomanaiy

“Sionistik tuzum og‘ir jazo kutishini bilsin” – Xomanaiy

Eron oliy rahnomasi Oyatulloh Ali Xomanaiy X tarmog‘ida yahudiylarga murojaat qildi.
11:16 / 13.06.2025
Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
14:34 / 13.06.2025
Fuqarolarning huquqlarini sud orqali himoya qilish kafolatlari kuchaytiriladi

Fuqarolarning huquqlarini sud orqali himoya qilish kafolatlari kuchaytiriladi

Endilikda, shaxsning o‘z aybini tan olishi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilmaydi.
17:08 / 10.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!