$
12768.26 UZS
-62.87
162.63 UZS
1.56
14400.04 UZS
-142.76
31° Kechasi 17°

Mizg‘ib olish - salomatlik garovi: uyquning besh asosiy foydasi bilan tanishing

18:17 / 20.09.2016

Chaqaloqlar va mushuklarga qarang: ularning osoyishta uyqusi — dangasalik belgisi emas. Mizg‘ib olishning asl sabablarini keltirib o‘tamiz.

Ko‘pincha vazifa va muammolar qalashib ketadiki, biz hattoki, fikrlarimizni bir yerga jamlab olish uchun ham vaqt topa olmaymiz. Biroq shunday sokin va tinch kunlar ham bo‘ladiki, tushlikdan so‘ng biroz mizg‘ib olish uchun yetarlicha vaqt topishimiz mumkin.

Ma'lum bo‘lishicha, bu salomatlik uchun eng foydali odat ekan!

Mazali tushlikdan so‘ng qancha muddatgacha mizg‘ib olgingiz keladi? Bu bekorga emas — bizning organizm o‘zimizni yaxshi his qilishimiz uchun nima kerakligini biladi. 

№ 1 foyda. Miyangiz ustaradek o‘tkir

Barchamizga ma'lumki, agar kechqurun to‘yib uxlamasak, ertasi kuni o‘zingizni holsiz sezib yuramiz. Uyqu axborot va ta'lim ravshanligiga ma'sul ekan, dam olishga shoshiling. 60–90 daqiqa tonggi uyqu 24 soat davomida aqliy faollikni oshiradi.

 

№ 2 foyda. Yurak ham minnatdor

Garvard universiteti tadqiqoti shuni tasdiqlaydiki, kim kunning birinchi qismida mizg‘ib olish uchun vaqt topsa, yurak xastaligiga kamroq chalinadi. Demak, bu odat charchoqni bartaraf etadi. Haftasiga eng kamida 3 marta kunduzi 30 daqiqani yostiq og‘ushida o‘tkazish tavsiya etiladi.

 

 № 3 foyda. Xavotir va stressiz hayot

Charchoq o‘z-o‘zidan stressni keltirib chiqaradi va sizni yanada holdan toydiradi. Zerikarli davradan qochishga tonggi uyqu yordam beradi. Olimlar qayd etishicha, stressning uchta garmon ko‘rsatkichi kunduzi dam olmagan kishilarda tezda oshib ketadi. Shunday ekan, sokin vijdon bilan bemalol uxlash mumkin.

 

№ 4 foyda. Zararli taomlar ustidan g‘alaba

Agarda siz charchagan bo‘lsangiz va quvvat yetishmasa — darhol yegulik izlay boshlaysiz. Bu yerda gap shirinliklar, gazaklar, gazli ichimliklar haqida bormoqda... Bunga qarshi eng yoqimli va foydaliroq yo‘l — mizg‘ib olish. Dam olish jarayonida quvvat erkinlashadi, shuningdek, siz uyquda taom haqida o‘ylay olmaysiz. Hattoki, 10–15 daqiqaga ko‘zning ilinishi sizni zararli yeguliklar haqidagi fikrlardan ozod qiladi. Yengil tortishga nima yetsin?!

 

№ 5 foyda. Kuchga to‘lish

Uyqu — jismoniy zo‘riqishga qarama-qarshi bo‘lsa-da, tadqiqot kunduzgi uyqu uchun mashg‘ulotlarni qoldirgan sportchilar  dam olmay shug‘ullanganlarga nisbatan yuqoriroq natijalarni qo‘lga kiritganini isbotladi. Kuch, ta'sir, tezlik — mazkur barcha ko‘rsatkichlar biroz mizg‘ib olganingizdan so‘ng o‘z o‘rniga kela boshlaydi.

 

Demak, uyqu foydasi tushunarli. Biroq qaysi vaqt va qanday uxlagan ma'qul?

Vaqt: kunning ikkinchi yarmidagi dastlabki soat — uyqu uchun eng qulay vaqt.

Joy: salqin, sokin, qorong‘u xona.

Davomiyligi: 5 dan 45 daqiqagacha.

Zarur: budilnikli mobil telefon, uyqu uchun niqob (yorug‘ chiroq bor payti), yostiq va ko‘rpa.

Yodda tuting, uyqu — bu dabdaba emas, suv va havo kabi hayotiy zarurat. Biroq ko‘plab insonlar avvalgidek ko‘ngil tusagan ishni qilib, salomatlik uchun ziyon keltirishadi.

Kunning birinchi qismidan so‘ng dam olish huquqingizni qaytarib oling. Dangasalik haqidagi barcha cho‘pchak va tamg‘alarga e'tibor qilmang, axir tongda va tushlikdan so‘ng biroz orom olsangiz, kun davomida barcha ishni tetik holda bajarishga ulgurasiz.


Bu ham qiziq

Tramp Maskka “oltin kalit”ni topshirdi

Tramp Maskka “oltin kalit”ni topshirdi

Tramp Maskni “dunyoning eng buyuk biznes rahbarlari va innovatorlaridan biri” deb atadi.
10:30 / 31.05.2025
Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida ishtirok etadi

Ushbu xalqaro tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari hamda Italiya bosh vazirining ishtirok etishi rejalashtirilgan.
09:07 / 30.05.2025
Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

Havo harorati shanba kuni 28-31 darajagacha, yakshanba kuni 32-35 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi
14:00 / 30.05.2025
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi 74 trillion so‘mga yetdi

O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi 74 trillion so‘mga yetdi

2025-yilda O‘zbekistonda ekologik toza materiallardan foydalangan holda bir nechta yirik turar-joy majmualari qurilishi bosh…
20:23 / 31.05.2025
Turkiya bilan barcha turdagi ruxsatnomalar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi

Turkiya bilan barcha turdagi ruxsatnomalar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi

Buxoroda O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi vakillarining Turkiya Respublikasi transport va infratuzilma vazirligi…
18:41 / 30.05.2025
31-may uchun ob-havo ma’lumoti

31-may uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
22:22 / 30.05.2025
Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasiga amaliy tashrifi yakunlandi. Bu haqda P…
22:05 / 30.05.2025
AQSh Mudofaa vaziri Xitoy 2027-yilda Tayvanga bostirib kirishi mumkinligini aytdi

AQSh Mudofaa vaziri Xitoy 2027-yilda Tayvanga bostirib kirishi mumkinligini aytdi

AQSh Mudofaa vazirligi rahbari Pit Xegset tinch okeanidagi ittifoqchilarni Xitoyning Tayvanga bostirib kirishi 2027-yilda bo…
18:32 / 31.05.2025
Bektemir Meliqo‘ziyev qiyin jangda g‘alaba qozonib, WBA kamari uchun da’vogarga aylandi

Bektemir Meliqo‘ziyev qiyin jangda g‘alaba qozonib, WBA kamari uchun da’vogarga aylandi

AQShning Las-Vegas shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.
09:55 / 31.05.2025
Saida Mirziyoyeva Moskvada Rossiya bosh vaziri bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Moskvada Rossiya bosh vaziri bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Moskvaga tashrifi yakunida Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin bilan uchrashdi.
09:43 / 30.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!