AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Ilon Maskning Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari lavozimidan ketishini e’lon qildi va unga Oq uy tasviri tushirilgan qutida ramziy oltin kalit topshirdi.
Mask hali ham davlat xarajatlari bir trillion dollarga qisqartirilishini kutayotganini aytdi. CNN’ning yozishicha, dastlab Mask byudjet xarajatlarini ikki trillion dollarga qisqartirishga va’da bergan, biroq keyinchalik bu summani ancha kamaytirgan.
Tramp Maskni “dunyoning eng buyuk biznes rahbarlari va innovatorlaridan biri” deb atadi.
Mask bunga javoban hukumat lavozimini tark etganidan keyin ham prezident Trampning “do‘sti va maslahatchisi” bo‘lib qolishini aytdi.
“Ilon aslida ketmayapti. U bu yerga kelib turadi. Menimcha, u hali juda ko‘p katta ishlarni qiladi”, — degan Qo‘shma Shtatlar rahbari.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!