XABARDOR.UZ/ TeXNOLOGIYa / TeXNIKA. Yapon sabzavot sharbatlari ishlab chiqaruvchisi ovqatlantiruvchi robot ixtiro qildi. Mashina yo‘lma-yo‘lakay ovqatlanib ketadigan odamlar uchun mo‘ljallangan. Robot xuddi ryukzak kabi yelkada osilib turadi. Uning nomi – “Tomatan”. Va nomidan ko‘rinib turibdiki, u o‘z egasini temir og‘zidan chiquvchi pomidorlar bilan siylaydi. Savol tug‘ilishi tabiiy: “Uni yelkada osilitirib, odamlarga kulgu bo‘lib zarilmi?”. Gapingizda jon bor. Biroq shoshilmang, buyog‘ini eshiting...
Yaponiyadagi tomat hamda ketchup mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yirik kompaniya — “Kagome”dagilarning fikricha, “Tomatan” robotlari Tokio marafonida qatnashuvchilar uchun yaxshigina as qotadi.
— Pomidorda charchoqni ketkazuvchi va kishiga quvvat bag‘ishlovchi foydali moddalar bor, — deydi “Kagome” xodimi Shigenori Suzuki.
“Tomatan” roboti “Kagome” kompaniyasi hamda o‘zining antiqa musiqa asboblari va uskunalari bilan nom qozongan “Maywa Denki” art-studiyasining qo‘shma mahsuloti hisoblanadi. Robotning og‘irligi 8 kilogramni tashkil etadi. Pomidorlar uning temir kallasida turadi va osilib turgan qo‘llari yordamida og‘zidan tushib keladi.
Ushbu ixtironi amalga oshirish jarayonida deyarli 100 kg. ga yaqin pomidor uvol bo‘ldi. “Asosiy e'tiborimizni vizual dizaynga qaratdik”,
— deb ta'kidladi “Maywa Denki” tashkilotchilaridan biri bo‘lmish Novmichi Tosa.
Suzuki “Kagome”ni 21 fevralda “Tokyo Marathon” doirasida bo‘lib o‘tgan poygada namoyish etdi. Kompaniya vakili yangi ixtironi o‘z yelkasiga osgancha, uni odamlarga ko‘rsatdi.
22 fevralda esa professional yuguruvchilar ishtirokida musoboqa boshlandi va unda, albatta, “Kagome” a'zosi ham ishtirok etdi. Kompaniyadagilarning ta'kidlashicha, yaqin kunlarda og‘irligi 3 kg. ni tashkil etuvchi yangi — “Tomatan-Petit” ishlab chiqariladi.
Uncha katta hajmga ega bo‘lmagan bu yangi robot, o‘z egasining og‘ziga maxsus trubka orqali pomidor jo‘natib turadi. Bularning bari taymer yordamida hisob-kitob etib boriladi. Axir pomidorlar butun yugurish davomida yetishi kerak-da.
Ha, darvoqe, ayrim ispan poyabzallari pomidorni urug‘lantirish maqsadida qo‘llaniladi. Eshitmaganmisiz? Bu haqida keyinroq...
Xabardor.uz / Graff tayyorladi
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!