Samarqand shahrida joylashgan “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti hamda Qozog‘istonning “Turizm va mehmondo‘stlik xalqaro universiteti” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hujjatni imzolash marosimi 21-dekabr kuni “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti ochilishi doirasida ikki davlat vakillari Qozog‘iston universiteti rektori Maynura Murzamadieva va bosh vazir o‘rinbosari, “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti rektori Aziz Abduhakimov tomonidan imzolandi.
Hamkorlik memorandumi professor-pedagoglar, xodimlar, talabalar, jumladan magistrantlar, aspirantlar, doktorantlar) almashinuvi, tadqiqotlar o‘tkazish va tajriba almashish, amaliyot o‘tash, shuningdek, ikki tomonlama diplom berishni ko‘zda tutuvchi “2+2” hamkorligi doirasida ikki universitet o‘rtasida qo‘shma o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va joriy qilishni ko‘zda tutadi.
Hujjatga ko‘ra, “Ipak yo‘lida turizm” umumiy loyihaviy zont ostidagi tadqiqotlarni amalga oshirish uchun tarmoqning har bir universitetida “Ipak yo‘li” kafedrasi yaratiladi. Hamkorlik memorandumi bo‘yicha Bolon jarayoni hamda UNWTO, ISO, TedQual standartlariga muvofiq qo‘shma o‘quv rejalari ishlab chiqiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!