$
12129.33 UZS
28.04
149.17 UZS
1.16
14061.53 UZS
30.08
31° Kechasi 18°

Kun tarixi: Bid’atchi deb ayblangan Janna d’Ark o‘tda yoqilgan kun

10:50 / 30.05.2020

Janna d’Ark taxminan 1412-yil Domremi qishlog‘ida dunyoga kelgan. 1431-yil 30-mayda esa Ruanda yoqib yuborilgan.

• Janna d’Ark oddiy dehqon oilasida tug‘ilgan va yoshligidan taqvodor bo‘lib o‘sgan. Yuz yillik urush davrida ingliz bosqinchilariga qarshi fransuz xalqining umumxalq kurashiga rahbarlik qilib, urushda tubdan burilish yasalishiga sababchi bo‘lgan.

• 1429-yil fevralda erkakcha kiyingan va qurollangan Janna katta qiyinchiliklar bilan valiahd shahzoda Karl qabuliga kiradi va uni keskin harbiy harakatlarni boshlashga da’vat eta oladi.

• Yosh Jannaga fransuz qo‘shiniga qo‘mondonlik qilish topshirilganidan so‘ng, Janna d’Ark birin-ketin ajoyib g‘alabalarni qo‘lga kirita boshlaydi. Janna d’Ark qamaldagi Orleanni xalos qilgach, unga Orlean qizi nomini berishadi.

• Kompyen ostonalaridagi jangda Janna d’Ark inglizlarga ittifoqchi bo‘lgan burgundlar tomonidan asir olingan va Burgundiya gersogi uni inglizlarga sotib yuborgan.

• 1430-yil oxirlarida inglizlar Janna d’Arkni Ruan shahriga keltirib, cherkov sudiga topshirgan. Cherkov sudi uni dahriylik, bid’atchilik, jodugarlik va 70ga yaqin “gunohlar”da ayblagan. U uzoq vaqt aybni bo‘yniga olmaydi. Ammo ayblov xulosasini olib borgan yepiskop Pyer Kushon qizni aybni tan olishiga ayyorlik bilan erishadi. Jannani olovda yoqib yuborishlaridan avval, uni ingliz qamoqxonasidan cherkov qamoqxonasiga o‘tkazishga va agar u cherkovga bo‘ysunish hamda bid’atdan voz kechishi to‘g‘risidagi qog‘ozga imzo qo‘ysa, unga yaxshi g‘amxo‘rlik qilishga va’da berishadi. Biroq savodsiz qizga o‘qilgan narsalar uning barcha “xatolarini” butunlay tan olishi haqidagi matn bilan almashtiriladi va ushbu matnga Jannaga imzo qo‘ydirishadi.

• Yuqoridagi voqealardan keyin qizni eski qamoqxonaga yuborishgan hamda uni Ruanning markaziy maydonida yoqishgan. 1456-yilda esa uning aybsizligi to‘la isbotlangan. 1920-yilda esa u kannonizatsiya qilindi – katolik cherkovi uni avliyo deb tan oldi.

Inkvizitsiya – XIII asrda bid’atchilarga qarshi kurashish maqsadida tuzilgan katolik cherkovining sud-tergov tashkilotidan nafaqat Janna d’Ark balki, Nikolay Kopernik, Jordano Bruno, Galileo Galiley va boshqa bir qancha mashhur shaxslar ham aziyat chekishgan.

Guljahon Sanjarbekova tayyorladi


Bu ham qiziq

Toshkentda yuzaga kelgan janjal yuzasidan bir kishi 8 yilga qamaldi

Toshkentda yuzaga kelgan janjal yuzasidan bir kishi 8 yilga qamaldi

Shu yilning mart oyida tarmoqlarda bir fuqaro boshqa fuqaro tomonidan kaltaklangani aks etgan video tarqalgan edi.
18:11 / 24.10.2025
Endi Xitoy fuqarolari O‘zbekistonda 30 kungacha vizasiz bo‘la oladi

Endi Xitoy fuqarolari O‘zbekistonda 30 kungacha vizasiz bo‘la oladi

Yangi tartibga ko‘ra, Bahrayn, Qatar, Quvayt, Ummon, Saudiya Arabistoni va Iordaniya fuqarolari mamlakatga vizasiz kirib, 30…
15:22 / 23.10.2025
“Tramp va Putin o‘rtasida “yaqin kelajakda” uchrashuv bo‘lmaydi” – Oq uy

“Tramp va Putin o‘rtasida “yaqin kelajakda” uchrashuv bo‘lmaydi” – Oq uy

Oq uy AQSh va Rossiya prezidentlarining ikkinchi uchrashuviga tayyorgarlikni to‘xtatdi. Avvalroq, Vladimir Putin bilan sammi…
17:49 / 22.10.2025
25-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

25-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 25 oktyabr kuni Toshkentda havo biroz bu…
16:46 / 24.10.2025
Rossiyaga tegishli samolyotlar Litva havo hududiga buzib kirdi

Rossiyaga tegishli samolyotlar Litva havo hududiga buzib kirdi

Ma’lum qilinishicha, ular Kaliningrad viloyatidan chegara orqali Kibartay shahri yaqinida mamlakat hududiga taxminan 700 met…
10:20 / 24.10.2025
O‘zbekistonning yangilangan demografik ko‘rsatgichlari e’lon qilindi

O‘zbekistonning yangilangan demografik ko‘rsatgichlari e’lon qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-oktyabr holatiga O‘zbekiston Respublikasining demografik ko…
09:26 / 23.10.2025
Olmaotada ota-ona qaramog‘isiz qolgan besh nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Olmaotada ota-ona qaramog‘isiz qolgan besh nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Shuningdek, bolalar yaqin qarindoshlariga topshirilishi uchun O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilakti…
14:44 / 23.10.2025
O‘zbekistondagi AES qurilishini Italiya kompaniyasi nazorat qilishi mumkin

O‘zbekistondagi AES qurilishini Italiya kompaniyasi nazorat qilishi mumkin

“O‘zatom” agentligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston va Italiya atom energetikasi sohasidagi hamkorlikni kengayti…
12:13 / 23.10.2025
Soliqqa oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan fuqarolarga 24,1 mlrd so‘m mukofot pullari to‘lab berilgan

Soliqqa oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan fuqarolarga 24,1 mlrd so‘m mukofot pullari to‘lab berilgan

Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida 82 857 ta (o‘tgan yilning mos dav…
18:10 / 24.10.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!