Ma’lum qilinishicha, ular Kaliningrad viloyatidan chegara orqali Kibartay shahri yaqinida mamlakat hududiga taxminan 700 metr ichkariga kirib borgan va 18 soniyadan so‘ng orqaga qaytgan.
Hodisa sababli NATO havo politsiyasi missiyasi doirasida Ispaniyaga tegishli Eurofighter Typhoon qiruvchi samolyotlari havoga ko‘tarilgan. Litva bosh vaziri Inga Ruginene vaziyat to‘liq nazoratda ekanini aytgan va milliy xizmatlar hamda ittifoqchilarning tezkor harakatini olqishlagan.
Prezident Gitanas Nauseda Rossiyaning bu harakatini “xalqaro huquqni va mamlakat suverenitetini qo‘pol ravishda buzish” deb baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchixonasi vakillarini chaqirib, nota topshiradi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!