“Kommunistik partiya manifesti” Karl Marks va Fridrix Engels tomonidan birinchi marta 1848-yil 21-fevralda nashr etilgan. Asar “Yevropa bo‘ylab bir sharpa kezib yuribdi – kommunizm sharpasi” so‘zlari bilan boshlanib, “Butun dunyo proletarlari birlashingiz” so‘zlari bilan yakunlanadi.
Karl Marks va Fridrix Engels tomonidan yozilgan “Manifest” buyurtma asosida yozilgan bo‘lib, boshida “Проект коммунистического символа веры”, deb nomlanishi kerak edi. Ammo, asar nomining o‘zgarishida Engelsning xizmatlari katta edi.
“Kommunistik partiya manifesti”ning ilk variantlarida Karl Marks ishtirok etmagan. Faqatgina 1847-yilning kuzlarida, asar tahriri so‘ngida paydo bo‘lgan. Ta’sirchan muqaddima hisoblangan “Yevropa bo‘ylab bir sharpa kezib yuribdi – kommunizm sharpasi” so‘zlari aslida Karl Marks tomonidan o‘ylab topilgan.
Ushbu asar bugungi kungacha mashhur tarjima asar hisoblanadi. 100 dan ortiq tilga tarjima qilingan. Ammo, asar yaratilganidan so‘ng 25 yil davomida ham shuhratga erisha olmadi. Vaziyat xoinlikda ayblangan Germaniya Sotsial-Demokratik partiyasi rahbarlari – Vilgelm Libnext, Avgust Bebel va Adolf Xepnerlar sababli tubdan o‘zgardi.
Karl Marks ateist bo‘lgani sababli ham asarda diniy savollarga ahamiyat bermagan holda ularga juda kam joy ajratgan.
Eng qizig‘i Karl Marks va Fridrix Engelslar “Adolatlilar ittifoqi”ga qo‘shilganlaridan so‘ng “Kommunistlar ittifoqi” sifatida o‘zgartirilgan.
Karl Marksning jurnalistik qobiliyati sababli o‘qib, tushunilishi qiyin bo‘lgan asarlarga nisbatan bu “Manifest” bir muncha hazmi yengil hisoblangan.
Guljahon Sanjarbekova tayyorladi
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!