“Toshkent metropoliteni” Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishining “Texnopark – Qipchoq” bekatlari oralig‘ida bosqichma-bosqich 3 oy muddatga mo‘ljallangan rejali profilaktik ishlar amalga oshirilishini ma’lum qildi.
Rejali profilaktik ishlar amalga oshirish uchun 2025-yil 8-iyun sanasida boshlab, 2 ta bekat “Turon (13-bekat) - Qipchoq (14-bekat)” bekatlari oralig‘ida metro poyezdlar harakati to‘xtatiladi.
Toshkent metropoliteni yo‘lovchilarga noqulaylik hosil qilmaslik maqsadida, “Qipchoq–Quruvchilar–Qipchoq” metro bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi katta sig‘imli avtobuslar (metrobus) harakati yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu avtobuslarning kunlik ish vaqti tongi 05:00 dan tungi 23:00 ga qadar amalga oshiriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!