Janubiy Koreyaning “BTS” guruhi 21-may kuni “Butter” trekini taqdim qilganidan soʻng bir nechta yangi rekordlarni qayd etdi.
Kompozitsiya uchun ishlangan video “YouTube” platformasida bir vaqtning oʻzida 3,9 million kishi tomonidan koʻrilgan. Shu tariqa guruh vakillari oʻzlari tomonidan oʻrnatilgan avvalgi rekordni yangilaganlar. Bundan avvalgi rekord “Dynamite” taronasiga tegishli edi.
“Butter” YouTube platformasi tarixida taqdimotdan keyingi birinchi sutka ichida eng koʻp tomosha qilingan musiqiy videoga aylangan. U bir sutka ichida 108 millionta odam tomonidan koʻrilgan.
Trek “Spotify”da taqdimotdan keyingi birinchi sutka ichida 11,042 million marta eshitilgan va yuklab olingan singl sifatida ham rekord qayd etgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!