$
12715.13 UZS
-45.08
161.75 UZS
1.67
14730.48 UZS
25.61
39° Kechasi 24°

Oddiy soch to‘g‘nog‘ich bilan bajariluvchi olti “fokus”

12:09 / 07.01.2020

Uyingizda keraksiz, deyarli sochga taqilmaydigan to‘g‘nog‘ich bo‘lsa, uni tashlab yuborishga shoshilmang. Chunki ular faqatgina sochga taqish uchungina mo‘ljallanmagan...

Tish cho‘tkasi
Sartarosh va kosmetologlarda tyubikdagini olish uchun maxsus vosita – soch to‘g‘nog‘ichlari bor. Ular bilan idishning barmoq yetmas tubiga ham yetish mumkin. Uyingizda tish yuvish vositasi yoki krem tugab qolayotgan bo‘lsa, soch to‘g‘nog‘ich yordamida idishning eng tubidagilarini ham olib, ishlatishingiz mumkin. Ular hech bo‘lmaganda, 3-4 kunga yetib turadi.  

Kitob uchun
Agar qandaydir bir muhim qaydlar, yozuvlar yozilgan qog‘ozlarni yoki kitobning o‘qib bo‘lingan sahifasini adashtirib, yo‘qotib qo‘yasizmi? Unda bu yo‘qotishlarni soch to‘g‘nog‘ichi qaytarishi mumkin. Kitobning siz o‘qib kelgan qismini to‘g‘nog‘ich yordamida mahkamlab qo‘ying. U mahkamlangan yerdan tushib ham ketmaydi, sahifalarni ham oson topa olasiz.

Paketlar uchun
Deyarli barcha xonadonlarda bozorlikdan keyin yig‘ilgan sellofan paketlar bo‘ladi. Ba’zida ular bir uyum bo‘lib yig‘ilib qoladi ham. Paketlar betartib bo‘lib, sochilib yotmasligi uchun bir yerga, paketlarning qo‘l ushlagich tomoniga taqib qo‘ying..

Sim-kartani olishga yordam beradi
Ba’zida telefoning sim-kartasini olishga, almashtirishga majbur bo‘lib qoladi kishi. Qo‘l ostida esa qurilmaning maxsus ignasi yo‘q. Nima qilish kerak? Bu holatda to‘g‘nog‘ichning o‘tkir tomoni bilan sim-karta turuvchi murvatga bosib, uni ochishingiz mumkin.

Yelim tasmaning “boshini” topadi
Yelim tasma ya’ni skotchning ba’zida boshlanish qismini topish qiyin bo‘lib qoladi. Ehhe, bu ish hatto asabga ham tegadi, vaqt oladi. Bunday bo‘lmaslik uchun skotchning boshlanish qismiga, yopishadigan tomonida to‘g‘nog‘ich yopishtirib qo‘ysangiz keyingi safar uni oson topasiz.

Kosmetik vositalar qopqog‘ini ochadi
Bu tavsiya ayniqsa qizlarimiz uchun qo‘l keladi. Tirnoqdagi manikyurga zarar yetmasligi uchun kosmetik vosita idishini to‘g‘nog‘ich yordamida oching. 


Bu ham qiziq

16-iyun kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida harorat 44 darajagacha ko‘tariladi

16-iyun kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida harorat 44 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 16-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulut…
14:58 / 15.06.2025
14-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

14-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 14-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulut…
17:46 / 13.06.2025
Xalq qabulxonalarining barcha xodimlari bugundan boshlab ishdan bo‘shatiladi

Xalq qabulxonalarining barcha xodimlari bugundan boshlab ishdan bo‘shatiladi

Endilikda Xalq qabulxonalariga viloyat va tuman hokimining o‘zi rahbarlik qiladi.
11:28 / 16.06.2025
Erondagi o‘zbekistonliklar Turkmaniston orqali evakuatsiya qilindi

Erondagi o‘zbekistonliklar Turkmaniston orqali evakuatsiya qilindi

Erondagi xorijiy diplomatlar, ularning oila a’zolari va boshqa fuqarolar Turkmaniston orqali evakuatsiya qilindi. Bu haqda T…
09:28 / 16.06.2025
Tramp Isroilga Oyatulloh Xominaiyning o‘ldirilishi bo‘yicha taqiq qo‘ymagan

Tramp Isroilga Oyatulloh Xominaiyning o‘ldirilishi bo‘yicha taqiq qo‘ymagan

Netanyaxu shu haqidagi xabarlarni “yolg‘on” deb atadi.
12:19 / 16.06.2025
Viloyatliklar Toshkentda taksichilik qilishi mumkin

Viloyatliklar Toshkentda taksichilik qilishi mumkin

Kecha, ijtimoiy tarmoqlarda haydovchilar faqat o‘zining propiskadan o‘tgan hududidagina taksichilik qilishi mumkinligi haqid…
17:41 / 13.06.2025
Toshkentdan Tel-Avivga aviareyslar vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentdan Tel-Avivga aviareyslar vaqtincha to‘xtatiladi

Tel-Aviv xalqaro aeroportida havo hududidan foydalanish bo‘yicha joriy etilgan cheklovlar sababli, 16-iyundan 30-iyungacha T…
10:42 / 15.06.2025
“Issiq kunlarda gazda shuncha muammo bo‘lsa, qishda odamlar qozonini nimada qaynatadi?” – Mirziyoyev

“Issiq kunlarda gazda shuncha muammo bo‘lsa, qishda odamlar qozonini nimada qaynatadi?” – Mirziyoyev

Prezident suyultirilgan gaz yetkazishdagi muammolar haqida gapirdi.
10:37 / 16.06.2025
Futbol bo‘yicha klublar o‘rtasida Jahon chempionati start oldi

Futbol bo‘yicha klublar o‘rtasida Jahon chempionati start oldi

Amerika Qo‘shma Shtatlarida futbol bo‘yicha klublar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi. Unda jahonning 32 jamoasi o‘zaro …
11:38 / 15.06.2025
O‘zbekistonda jinsni o‘zgartirishga ruxsat berildimi?

O‘zbekistonda jinsni o‘zgartirishga ruxsat berildimi?

Adliya vazirligi mazkur xabarlar va qaror yuzasidan tushuntirish berdi.
17:57 / 16.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!