Tolibon harakati vakillarini Oʻzbekistonda qabul qilinishi Toshkent tinchlik jarayonida Qobulga yordam berishni istamasligini koʻrsatadi, deya RIA novostiga bayonot bermoqda Afgʻoniston TIV rasmiy vakili Sabgatulla Axmadiy.
8-avgust kuni Tolibon harakatining Dohadagi siyosiy ofisi rahbari mulla Barodar Oxund boshchiligidagi Harakat vakillari Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligida uchrashuv oʻtkazgandi.
“Tolibon” harakati rahbariyatini Oʻzbekistonda qabul qilinishi va muzokaralar oʻtkazilishi Oʻzbekiston tomoni Afgʻoniston uchun yordam qoʻlini choʻzayotgani yoki maydon yaratib berayotganini koʻrsatmaydi”, deya bayonot bergan vazirlik vakili. Uning soʻzlariga koʻra, Qobul qoʻshni mamlakatlarning Afgʻonistondagi tinchlik jarayoniga yordam berish istagini mamnuniyat bilan qabul qiladi.
Sabgatulla Axmadiy shuningdek, Oʻzbekiston va mintaqaning boshqa davlatlaridan Afgʻoniston xalqi va uning rahbariyatiga hurmat bilan munosabatda boʻlishini soʻrab, tinch jarayonni boshqarishda ular asosiy rol oʻynashlarini qayd etgan.
Axmadiy shuningdek, afgʻonlararo muzokaralarning keyingi raundi qayerda va qachon oʻtkazilishi tez kunlarda aniq boʻlishini taʼkidlagan. Keyingi raundni oʻz hududida oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston, Norvegiya, Indoneziya va Germaniya taklif bilan chiqqanini qoʻshimcha qildi vazirlik vakili.
Avvalroq, yaʼni iyul oyida Oʻzbekiston TIV bayonotida oʻzbek tomoni Afgʻoniston hukumati va “Tolibon” harakati vakillarining uchrashuvi Samarqandda oʻtishi va muvaffaqiyatli yakunlanishiga umid bildirgandi. Bunga qadar ham TIV rahbari Abdulaziz Komilov Afgʻonistonga tashrif buyurib, afgʻonlararo muzokaralarni tinch yoʻl bilan oʻtkazish borasida har ikki tomon bilan uchrashuv o‘tkazgandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!