Dubay shundog’am o‘zining eng baland osmono‘par binosi, sun’iy orollari va aqlni shoshiradigan hashamati bilan butun dunyoga mashhur. Ammo bu yerda yana bir g‘aroyib joy – o‘z junglilariga ega dunyodagi ilk mehmonxona ochilish arafasida. Shuningdek, mehmonxonada sun’iy sohil, bolalar uchun cho‘milish havzasi, suvdagi g‘uborni tarqatadigan daraxtlar bo‘ladi.
Mehmonxonaning narxi 300 million dollar atrofida. Rosemont Hotel & Residences nomli bu mehmonxona Dubaydagi oliy darajali hashamat namunasi bo‘lishi kutilmoqda. Uning operatori Hilton mehmonxonalar korporatsiyasi brendi Curio hisoblanadi.
Bo‘lajak besh yulduzli mehmonxonaning modellashtirilgan tasvirlari tashrif buyuruvchilar ko‘z o‘ngida yetti ming kvadrat metrga ega junglilarning qanday bo‘lishi haqida tasavvur beradi.
Improvizatsiyalangan o‘rmon ikkita 47 qavatli binolarning 5 qavatli podiumida joylashadi. U mehmonlar unutilmas taassurotlar olishi uchun ekzotik o‘simliklar bilan to‘ldiriladi.
Yangi attraksion o‘zining sun’iy plyaji hamda basseyni bilan birga asosan oilaviy dam olish uchun mo‘ljallangan. U Yaqin Sharqdagi ilk tropik attraksion bo‘lishi kutilmoqda.
Mehmonxonada 450 ta xona va 26-qavatda lobbili apartamentlar, go‘yo bino chetidan oqib ketayotganday tuyuladigan tomdagi basseyn, birinchi klassli oshxona, VIP-mehmonxona uchun launj-zona, spa-salon va muzokaralar uchun xonalar bo‘ladi.
Bolali mehmonlar uchun o‘yin maydonchasi, bouling, batut kabilar ko‘zda tutilgan.
Alohida binoda esa 280 ta xonadon, do‘konlar va dam olish joylari joylashadi. Mehmonxona-turarjoy kompleksining mualliflari – Kanada va BAAda namoyish qilingan ZAS Architects arxitektura byurosi hisoblanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!