Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida ayol kishi, boshqa bir ayolga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik kabi xatti-harakatlarni sodir etganligi holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
22-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda ushbu ayolning boshqa ayolni “samosud” qilgani videosi tarqalib, jamoatchilikning e’tirozlariga sabab bo‘lgan edi. Holat Andijon shahri, “Hunarmand” mahallasida joylashgan kiyim savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘kon egasi bo‘lgan 1992-yilda tug‘ilgan ayol A.P. qo‘l ostida sotuvchi bo‘lib ishlovchi 2005-yilda tug‘ilgan S.S. o‘rtasida sodir bo‘lgan. O‘zaro qarz oldi-berdi masalasi ortidan do‘kon egasi sotuvchi qizga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik kabi xatti-harakatlarni sodir etgan.
Ushbu holat yuzasidan Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat kodeksining 138-moddasi 2-qismi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro A.P. protsessual tartibda ushlangan. Tergov ishi Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Shuningdek, viloyat IIB xabarida, “Ushbu suratdagi fuqaroning noqonuniy xatti-harakatlaridan jabrlanganlar “102” qisqa raqamiga, Andijon shahri bo‘yicha IIO FMBning telefon raqamiga 74-223-59-52 yoki yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limlariga murojaat qilishlarini so‘rab qolamiz”, – deyiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!