Joriy o‘quv yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘z faoliyatini kengaytirdi. Hududdagi pedagoglarga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olib, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida universitet filiali tashkil etildi. Bugun, 4-sentabr kuni qaldirg‘och talabalar ishtirokida filialning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O'zA xabar bermoqda.
TDPU Shahrisabz filiali faoliyatini quyidagi 4 yo‘nalishda bakalavrlar tayyorlash bilan boshladi:
– boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish;
– maktabgacha ta’lim;
– xorijiy tillar va adabiyot (ingliz tili);
– ona tili va adabiyoti rus tili adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda.
Eslatib o‘tamiz, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2018-yilda Surxondaryo viloyatida termiz filialini ochgan edi. Mazkur filiallar respublikamizning chekka hududlarida malakali pedagoglarga bo‘lgan ehtiyojni qondirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!