$
12778.12 UZS
78.98
164.01 UZS
1.85
14931.23 UZS
83.4
37° Kechasi 23°

Kun tarixi: “Zolushka” multfilmi 70 yoshda. Nega uni deb Disney kompaniyasi yopilishi mumkin edi?

12:20 / 15.02.2020

“Zolushka” – Yevropaning eng mashhur ertaklaridan biridir. Mehnatsevarligi va oqko‘ngilligi uchun taqdirlangan baxtsiz qiz obrazi bolalar-u kattalarga tanish – kichikligida qaysi qiz sehrli aravachani, tuflichalarni va shahzodani orzu qilmagan axir?

1950-yilning 15-fevralida Sharl Perroning “Zolushka” sehrli ertagi motivlari asosida ishlangan multfilm premyerasi bo‘lib o‘tgan. Quyida u haqidagi 7 ta qiziqarli faktni taqdim etamiz.  

• Nega qahramon Zolushka (Kuloyim) nomini olgan? Kul tufayli-da. Axir, xizmatkorlar kam yuvinadi, isinish uchun sovuq xonalarda pechlarga suyanib yashaydi. Shuningdek, uyning kaminlarini tozalashadi va kiyimlari kul bilan changlanadi. Ammo bugungi kunda “Zolushka” so‘zi “pastki tabaqa”lardan chiqqan, ammo muvaffaqiyatga erishgan kishilarni bildiradi.

• Ko‘pchilik o‘gay onasi Zolushkaga nega bunchalik yomon munosabatda bo‘lgan, axir qiz mehribon va mehnatkash bo‘lsa, deb hayron qoladi. Zamonaviy psixologiyada mutaxassislar “Zolushka effekti” deb ataydigan atama mavjud. Ushbu nazariyaga ko‘ra, asrab oluvchi ota-onalar ko‘pincha biologik ota-onalariga qaraganda bolaga nisbatan qattiqqo‘lroq munosabatda bo‘ladi. Ba’zilarning fikriga ko‘ra, bu ota-onalar va yosh bolalar o‘rtasida biologik aloqaning yo‘qligidan kelib chiqadi, boshqalari kuchli rashk fenomeni bilan izohlaydi: odamga begona avlod uning farzandlarini qandaydir tarzda “siqib chiqarishi” mumkinday tuyuladi.

• Bu fakt Zolushka emas, uning ovozi haqida – Disney multfilmidagi yetim qizga ovoz bergan birinchi aktrisa haqida. Ilen Vudsning do‘stlari Disneyga uning demo yozuvlarini yuborishadi. Aktrisaning o‘zi bu haqda hech narsa bilmas edi. Ammo, uning ovozi Uolt Disneyni hayratga soladi va u uch yuzdan ortiq talabgorlardan Ilenni tanladi. Afsuski, Vudsning hayoti unchalik baxtli emasdi. Oxir-oqibat u Altsgeymer kasalligi tufayli xotirasini yo‘qotadi. Hamshiralarning eslashicha, qachonlardir kuylagan Zolushka qo‘shig‘i (tush – yuragingiz istagi) kampir Ilenni har doim tinchlantirar edi.

• Uolt Disney 1948-yilda “Zolushka” loyihasini amalga oshirishni boshlaganida katta tavakkalga qo‘l uradi. Axir “Oppog‘oy va yetti gnom” (1937) multfilmi ham studiyani 4 million dollarlik qarzga botishga majbur qilgandi. “Zolushka”ning qiymati 3 million dollarga teng edi, agar u yetarlicha kassabop bo‘lmasa, studiya yopilishi kerak edi (bu Disney animatsiyasining tugashini anglatardi). Yaxshiyamki, “Zolushka” xitga aylandi, olingan foyda bilan Uolt televizor ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi, distribyutorlik kompaniyasini tuzdi va birinchi Disneylendni qurishni boshladi.

• Kichkina do‘stlari yordamida Zolushka uchun tikilgan pushti ko‘ylakka Salvador Dalining asarlari ilhom bergan. Qorday oppoq bal ko‘ylagi – buyuk fransuz tikuvchisi Kristian Diorning uslubini juda yodga soladi. 

• Animatsion film 1950-yilda Venetsiya kinofestivalida maxsus mukofotga va 1951-yilda Berlin festivalida e’tirofga sazovor bo‘ldi. Bundan tashqari, multfilm nufuzli “Oskar” mukofotiga uchta nominatsiyada: “Eng yaxshi ovoz”, “Eng yaxshi qo‘shiq” va “Musiqali kartinalar uchun eng yaxshi saundtrek” kabi nominatsiyalar bo‘yicha ilgari surilgan.

• Floridadagi Walt Disney World attraksion bog‘ida multfilm animatorlarining eskizlari asosida yaratilgan Zolushka qal’asi mavjud.


Sarvinoz Omonova tayyorladi


Bu ham qiziq

Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda bir qator muhim masalalar muhokama qilingan
20:24 / 15.07.2025
HBO “Garri Potter” franshizasini yangicha talqinda suratga oladi

HBO “Garri Potter” franshizasini yangicha talqinda suratga oladi

Ilk film namoyishi 2027-yilga mo‘ljallangan
22:13 / 14.07.2025
Armaniston AQShga Zangazur yo‘lagi nazoratini topshirishni rad etdi

Armaniston AQShga Zangazur yo‘lagi nazoratini topshirishni rad etdi

Bosh vaziri matbuot kotibi Nazeli Bagdasaryan bayonot berdi.
17:01 / 15.07.2025
2025-yilgi umra mavsumi avgust oyidan boshlanadi

2025-yilgi umra mavsumi avgust oyidan boshlanadi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Haj va Umra markazi yangi umra mavsumini 2025-yil avgust oyidan boshlanishini e’…
12:22 / 15.07.2025
O‘zbekiston turizmi ispan O.A.V. lari nigohida

O‘zbekiston turizmi ispan O.A.V. lari nigohida

Ispaniyadagi media nashrlar O‘zbekistonda sayyohlik va turizm borasida o‘zgarishlar bo‘layotganini qayd etdi
19:33 / 15.07.2025
G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi

G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi

Ushbu qaror ekspertlar kengashining navbatdagi yig‘ilishida qabul qilindi
22:36 / 15.07.2025
Respublikada o‘rnatilgan 11,4 mingta liftning texnik sinovdan o‘tkazilmagan

Respublikada o‘rnatilgan 11,4 mingta liftning texnik sinovdan o‘tkazilmagan

Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Axborot xizmati rahbari Raufjon Rasulov ma’lum qildi
21:25 / 15.07.2025
“Tashabbusli byudjet”ning 2-mavsumi boshlandi

“Tashabbusli byudjet”ning 2-mavsumi boshlandi

Unda 823 ta mahallaga tanaffus berildi.
09:19 / 15.07.2025
Toshkent shahar prokurori lavozimidan ozod qilindi

Toshkent shahar prokurori lavozimidan ozod qilindi

Prezident administratsiyasining Komplayens xizmati boshlig‘i tayinlandi.
09:53 / 15.07.2025
Zangezur bahsi: AQSh vositachilikka kirishib, yo‘lni ijaraga olmoqchi

Zangezur bahsi: AQSh vositachilikka kirishib, yo‘lni ijaraga olmoqchi

Taklif Yerevan va Boku o‘rtasidagi muzokaralardagi kelishmovchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan.
10:41 / 15.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!