Ma’lumot izlashda doimiy qo‘llaydigan brauzeringiz xavfsiz ekanligiga aminmisiz? Quyida eng xavfsiz hisoblangan brauzerlarni e’tiboringizga havola etamiz.
Brauzer – qidirish, veb-saytlarni ko‘rib chiqish, ular bilan ishlash, kiritish va bir sahifadan ikkinchisiga o‘tish uchun mo‘ljallangan.
1. Google Chrome
Bu qulay, tezkor va xavfsiz brauzer hisoblanadi. U Android uchun maxsus yaratilgan. Brauzer inkognito rejimiga ega va maxfiylik sozlamalarini qo‘lda sozlashni taklif etadi. Chrome’da kuzatish va ma’lumotlardan foydalanishlardagi kamchiliklar juda kam bo‘lganligi sababli u eng xavfsiz veb-brauzer hisoblanadi.
2. Mozilla Firefox
Mozilla Firefox – Chrome’ning eng katta raqobatchilaridan biri hisoblanadi. 2017-yil noyabr oyida kompaniya brauzerning yangi – Firefox Quantum deb nomlangan eng xavfsiz versiyasini chiqardi. U ma’lumotlaringiz bazasini buzib kirishga halaqit berib, uni oldini oladi.
3. Opera
Opera – o‘rnatilgan reklama blokirovkasi va trafikni tejash rejimiga ega Android qurilma uchun tez va eng xavfsiz brauzer. 2015-yilda Opera Shimoliy Amerika SurfEasy onlayn kompaniyasi tomonidan sotib olingan. Shu tarzda ular integratsiyalangan virtual xususiy tarmoqni (VPN) qo‘shib, foydalanuvchilar uchun yaxshiroq maxfiylikni taklif qilishdi. Uning afzalliklaridan yana biri shundaki, ma’lum saytlarga anonim tarzda kirishingiz mumkin. Biroq, brauzerning o‘zi foydalanuvchilar haqida ba’zi ma’lumotlarni to‘playdi va uni ishonchli sheriklar bilan baham ko‘rishi mumkin.
4. Safari
Yuqorida aytib o‘tilgan qidiruv tizimlari bilan taqqoslaganda Safari kiber jinoyatchilar tomonidan ishlatilish xavfi ko‘proq bo‘lishi mumkin. Ammo Safari foydalanuvchilari kiber-tahdidlardan himoyalanishlari uchun maxfiylik va xavfsizlik choralari ko‘rilgan. Masalan siz reklamachilarni aniqlash va turli saytlarda kuzatish, zararli kodlarni aniqlash, zararli dasturlarning kirib kelishini oldini olish va joylashgan joyingizni aniqlashni taqiqlab qo‘yishingiz mumkin.
5. Microsoft Edge
Microsoft Edge – bu tezkor va xavfsiz veb-brauzer bo‘lib, u Android telefoningizdan Windows 10 qurilmangizga doimiy navigatsiyani ta’minlaydi. Xavfsizlik borasida so‘z borganda esa, u zararli saytlarni Chrome yoki Firefox’ga qaraganda ancha yaxshiroq aniqlaydi. Bundan tashqari, brauzerda Chrome’ga o‘xshash va Firefox takliflaridan yaxshiroq bo‘lgan sinov muhiti texnikasi mavjud.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!