$
12437.15 UZS
62.6
153.34 UZS
0.21
14480.57 UZS
55.56
33° Kechasi 20°

Sushi’ning vatani Yaponiya emas. Unda qayer?

09:55 / 06.10.2019

Joriy yilning 5-yanvarida Tokio baliq bozori kutilmagan hayajonlarga boy bo‘ldi. Yilning birinchi kimoshdi savdosida mashhur sushi restoranlari tarmog‘i egasi Kiyosi Kimura 278 kilogramm ko‘k tuna uchun rekord darajada – 1,8 million dollar to‘ladi. Hatto uning o‘zi ham bundan hayratda edi. O‘tgan yili tunaning kimoshdi savdosi 736 ming dollarni tashkil qilib, uning vazni bu safargisidan 100 kilogramga kam edi.

Janob Kimuraning o‘zi esa matbuotga bergan intervyusida tuna kabi mazali baliq uchun qancha pul to‘lasa ham arzishini aytdi. Shunday qilib, u o‘zining restoranlarida faqat eng yaxshi baliq iste’mol qilinishini butun dunyoga e’lon qildi.

Где впервые появилось блюдо суши, и как оно распространилось по всему миру

Bu hodisa, shuningdek, sushi taomi Yaponiyada qanchalik qadrlanishini ham isbotlaydi. Yaponlar uchun u nafaqat ovqat, balki lazzatbaxsh taom, milliy madaniyatning bir qismidir. Qolaversa, murakkablik va yaxshi ta’mning ramzi. Biroq bu fikrga biroz shubha ham yo‘q emas. Chunki sushi dastlab yaponlarning taomi bo‘lmagan va nufuzli oshxonaga hech qanday aloqasi yo‘q edi.

Gap shundaki, ushbu taomning tarixi eramizdan avvalgi V asrdan III asrgacha Laos, Tayland, Vyetnam orqali oqib o‘tadigan Mekong daryosining sholi dalalariga borib taqaladi. U davrda dehqonlar baliq ovi bilan shug‘ullanardi va ko‘pincha sazan ovlashardi. Baliqni issiq havoda uzoq vaqt saqlamaslik uchun uni guruch bilan konservalashgan.

Где впервые появилось блюдо суши, и как оно распространилось по всему миру

Eng avval baliq tozalanib, tuz sepilgan va bir necha hafta davomida bochkalarda quritilgan. Keyin tuzni olib tashlab, guruch bilan to‘ldirilgan va bir hafta davomida dimlab qo‘yilgan. Bir necha oydan keyin fermentatsiya jarayoni boshlanib, guruch shakarini kislotaga aylantiradi. Shunday qilib, parchalanish jarayonlari to‘xtaydi. Istalgan vaqtda uni ochish mumkin. Guruch tashlab yuborilgan, baliq esa iste’mol qilingan. Uning hidi juda o‘tkir, ammo ta’mi ajoyib edi.

Asta-sekin sushi janubga tarqalib, Malayziya, Filippin, Indoneziyada ham ommalashib ketdi va Xitoygacha yetib bordi. Sushining bu turi nare-sushi deb nomlangan. Bu “yomon” ovqat degan ma’noni beradi. Uni asosan guruch dalalarida ishlaydiganlar yeyishgan. Vaqt o‘tishi bilan bu taom jamiyatning yuqori qatlamlarida ham qiziqish uyg‘ota boshlagan.

Где впервые появилось блюдо суши, и как оно распространилось по всему миру

Sushi Yaponiyaga VIII asrda imperator Gensyo hukmronligi davrida kirib kelgan. Dastlab, yaponlar uning ta’mi va yoqimsiz hidini yoqtirishmagan. Shunday bo‘lsa-da yaponlar unga o‘zgarishlar kiritib, taomni yanada yoqimli qilishdi. Ular baliqlarni bir necha oy davomida bochkalarda saqlashni to‘xtatishdi va fermentatsiya jarayonini kamaytirishdi. Shu yo‘l bilan ular sushining yoqimsiz hididan qutulishdi. Endi guruch yanada mazali va uni baliq bilan bemalol iste’mol qilish mumkin edi.

XII asrda yaponlar guruchli sirkani ixtiro qilishdi. Bu ularga yangi oshpazlik kombinatsiyalarini yaratish imkonini berdi. XVII asrda esa hayadzusi – tez tayyorlanadigan sushi ixtiro qilindi. Mamlakatdagi har bir hudud retseptga o‘z xususiyatlarini qo‘shdi. Masalan, Toyamada sushi bambuk barglariga o‘ralgan, Nara shahrida esa xurmo barglari ishlatilgan.

XIX asr oxiriga kelib mazkur taomning bugungi qiyofasi shakllandi. U quritilgan yoki qaynatilgan baliq bo‘lagidan iborat bo‘lib, guruchning ustiga sirka yoki soya qo‘shilgan.

Sushi Ikkinchi jahon urushidan keyin ham keng tarqaldi. Amerika tomonidan Yaponiyaning okkupatsiya qilinishi natijasida sushi Tinch okeani orqali AQShgacha kirib keldi. U Kaliforniyada shu qadar mashhur bo‘ldiki, oshpazlar uni o‘zlarining retsepti bo‘yicha tayyorlay boshlashdi. Shu tariqa sushi AQSh orqali butun dunyoga tarqaldi.


Bu ham qiziq

Toshkentda mikroavtobus yonib ketdi

Toshkentda mikroavtobus yonib ketdi

Bu haqda poytaxt FVB xabar berdi.
22:23 / 06.09.2025
7-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

7-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

7-sentyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda sham…
19:12 / 06.09.2025
AQSh Puerto-Rikoga 10 ta F-35 qiruvchi samolyotini yuboradi

AQSh Puerto-Rikoga 10 ta F-35 qiruvchi samolyotini yuboradi

Ushbu faollikni Venesuela rahbari o‘z mamlakati uchun katta tahdid deb atadi
20:13 / 05.09.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga 300 tonnaga yaqin insonparvarlik yordami jo‘natdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga 300 tonnaga yaqin insonparvarlik yordami jo‘natdi

Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
19:01 / 06.09.2025
Tramp: “Agar xavf tug‘dirsa, Venesuela samolyotlari urib tushiriladi”

Tramp: “Agar xavf tug‘dirsa, Venesuela samolyotlari urib tushiriladi”

AQSh Mudofaa vazirligi (Pentagon) Venesuelaning ikkita harbiy samolyoti xalqaro suvlarda AQSh harbiy-dengiz kuchlari kemasi …
09:45 / 06.09.2025
Shri-Lankada avtobus halokati oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Shri-Lankada avtobus halokati oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Avtohalokatda jami 16 kishi, shu jumladan besh nafar bola ham jarohat olgan.
21:31 / 06.09.2025
Qirg‘izistondan katta miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni olib kirgan shaxslar ushlandi

Qirg‘izistondan katta miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni olib kirgan shaxslar ushlandi

Namangan shahrida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat Kodeksining 246 va 251-1-moddalarida nazarda tutilgan ji…
10:24 / 06.09.2025
Qishloq xo‘jaligida QQSning “nol” stavkasi joriy qilinadi

Qishloq xo‘jaligida QQSning “nol” stavkasi joriy qilinadi

“Qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirla…
15:31 / 06.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!