6-sentyabr kuni soat 18:44 da Toshkent shahar Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi 5-B uy oldida, avtomobil yonayotganligi to‘g‘risida, Toshkent shahar FVBga xabar tushgan. Bu haqda poytaxt FVB xabar berdi.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 18:50 da yetib borib, yong‘in soat 18:54 da o‘chirilgan.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in oqibatida jabrlanganlar bo‘lmagan.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!