$
12725.16 UZS
32.74
158.65 UZS
0.21
14507.95 UZS
-3.29
35° Kechasi 21°

Kun tarixi: Butun mamlakatni o‘limga hukm qilish mumkinmi? 452 yil oldingi Niderlandiyada inkvizitsiyaning g‘alati qarori

12:27 / 16.02.2020

Ehtimol, Yevropada o‘rta asrlar deganda ko‘pchilikning tasavvurida inkvizitsiya namoyon bo‘lsa kerak. Ushbu hodisa ko‘plab odamlarning hayotiga zomin bo‘ldi. Ayniqsa, Niderlandiya uchun og‘ir keldi. 

Quyida nega u ko‘plab qurbonlar berganiga aniqlik kiritamiz. 

Inkvizitsiya o‘zi nima? Bu katolik cherkovining jazo organi bo‘lib, nasroniy bo‘lmaganlarni va bid’atchilar (protestantlar)ni  “ov qilish”dir. Katoliklarda o‘zgacha fikrlash – jinoyat hisoblangan.

Inkvizitsiyaning asosiy vazifasi gumonlanuvchining bid’atda aybdor yoki aybsizligini aniqlash edi. XV asrning oxiridan boshlab, Yevropaning oddiy aholisi orasida yovuz ruhlar bilan bitim tuzgan jodugarlar ommasining mavjudligi haqidagi tasavvur tarqala boshlaydi. Jodugar deb topilganlar, dindan “tashqarida” fikrlovchilar, nasroniylikdagi yangi oqim – “protenstantlik” vakillari inkvizitsiya qurboniga aylanishadi.

Katolik cherkovining inkvizitsiya deb nomlangan maxsus cherkov sudi 1215-yilda Papa Innokentiy III tomonidan tashkil etiladi. “Bid’atni aniqlash, jazolash va oldini olish” topshirilgan cherkov sudi 1229-yilda Fransiya janubida Gregoriy IX tomonidan tashkil etilgan. Ushbu institut o‘z faoliyat cho‘qqisiga Rim papasi Sikst IV sanksiyasi bilan 1478-yilda qirol Ferdinand va qirolicha Izabellaga Ispaniya inkvizitsiyasini topshirilganida erishdi.

XIII asrda Ispaniya inkvizitsiyasi fenomeni rivojlana boshladi, qisqa tanaffusdan so‘ng, XV asr oxirida yangi kuchga ega bo‘ldi. Gap shundaki, Papa katolik hukmdorlarga o‘zlarining shaxsiy inkvizitsiyalarini amalga oshirish uchun ruxsat berdi. Kimdir buning ortidan yaxshigina pul topishga muvaffaq bo‘ldi, masalan, Ispaniya qirolichasi Izabella Kastilskaya va qirol Ferdinand Katolik inkvizitsiya orqali xazinani to‘ldirib olishga muvaffaq bo‘ldi.

Faqatgina 1481-yildan 1498-yilgacha Ispaniya inkvizitsiyasining shafqatsiz faoliyati natijalari quyidagi raqamlarda aks etadi: qariyb 8 800 kishi gulxanda yoqib yuborilgan; 90 000 kishining mulki musodara qilingan va ular cherkov tomonidan jazolangan.

Ispaniya inkvizitsiyasi faqat o‘z mamlakati bilan chegaralanib qolmadi, balki Portugaliya, Fransiya va hatto Niderlandiya hududiga kirib bordi. 1522-yilda Karl V ning qaroriga binoan, inkvizitsiyani yo‘lga qo‘yildi va uning o‘g‘li – Filipp II (1556-1598) jazo choralarini rivojlantirdi. Filippga berilgan meros kattagina edi – Ispaniya, Niderlandiya, Neapol, Milan, Sitsiliya va Yangi Dunyoning boshqa mamlakatlari. Karlning o‘g‘li inkvizitsiyani kuchaytirib bordi – sudlar yanada qattiqqo‘llashdi.

Niderlandiyadagi Ispaniya inkvizitsiyasi 1522-yilda Karl V tomonidan o‘g‘lining hokimiyatini kuchaytirish maqsadida hamda protestantlarga qarshi kurashish uchun tashkil etildi. 1523-yilda Antverpenda dastlabki ikki protestant shahidlar gulxanda yondirildi. Barcha tabaqadagi protestantlarga qarshi qattiq choralar ko‘rildi. Hatto shunday qaror – Niderlandiyaning barcha (!) aholisi o‘lim jazosiga hukm qilinishi (albatta, kuchga kirmagan) tarixning o‘ziga xos g‘alati voqeligi bo‘lib qoldi.

Ispaniya Niderlandiyasida inkvizitsiyaning kiritilishi 1566–1609-yillardagi Niderland inqilobiga asosiy sabablardan biri bo‘ladi va buning natijasida Niderlandiya protestant va katolik davlatlariga bo‘linib ketadi.

Sarvinoz Omonova tayyorladi


Bu ham qiziq

Suriya Ozarbayjondan gaz olishni boshladi

Suriya Ozarbayjondan gaz olishni boshladi

Yillik gaz yetkazib berish hajmi 1,2 milliard kub metr gazni tashkil qilishi bildirildi.
16:32 / 02.08.2025
O‘zbekistonning savdo bo‘yicha asosiy hamkorlaridan qo‘shni Qirg‘iziston bo‘lib turibdi

O‘zbekistonning savdo bo‘yicha asosiy hamkorlaridan qo‘shni Qirg‘iziston bo‘lib turibdi

Birgina gilam savdosi bo‘yicha 2025-yilda qariyb 4 mln² gilam qo‘shni davlatga eksport qilingan
19:50 / 02.08.2025
Interpol qidiruvida bo‘lgan fuqarolar O‘zbekistonga olib kelindi

Interpol qidiruvida bo‘lgan fuqarolar O‘zbekistonga olib kelindi

“Endi ular jinoiy javobgarlikka tortilib, sud oldida javob beradilar”, – deyiladi xabarda.
11:37 / 03.08.2025
AQSh respublikachilar partiyasi “Jiguli” fonida Donald Tramp bilan post e’lon qildi

AQSh respublikachilar partiyasi “Jiguli” fonida Donald Tramp bilan post e’lon qildi

Bu surat iyul boshida imzolangan avtomobilsozlikka oid qaror fonida tarqaldi
21:40 / 02.08.2025
Toshkentdagi “Mangal fest”da janjal chiqdi

Toshkentdagi “Mangal fest”da janjal chiqdi

Ma’lumotlarga ko‘ra “Mangal fest”da bir guruh fuqarolar o‘rtasida janjal yuzaga kelgan.
12:20 / 03.08.2025
G‘azoda so‘nggi 24 soat ichida yana olti kishi ochlikdan vafot etdi

G‘azoda so‘nggi 24 soat ichida yana olti kishi ochlikdan vafot etdi

Mahalliy va xalqaro doiralar Isroil “ochlik va tashnalikdan qurol sifatida” foydalanayotganini aytadi.
15:26 / 03.08.2025
“Real Madrid” hujumchisi yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin

“Real Madrid” hujumchisi yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin

Bunday qaror bosh murabbiy Xabi Alonsodan chiqqan deb hisoblanmoqda
16:38 / 02.08.2025
Xivada bog‘cha rahbari bolaga zo‘ravonlik qildi

Xivada bog‘cha rahbari bolaga zo‘ravonlik qildi

Ayni paytda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
17:31 / 02.08.2025
Voyaga yetmaganlar yengil jinoyat uchun endi sudlanmagan hisoblanadi

Voyaga yetmaganlar yengil jinoyat uchun endi sudlanmagan hisoblanadi

Senatning navbatdagi majlisida qaror loyihasi ko‘rib chiqildi
18:12 / 02.08.2025
Nosoz attraksionlarni aniqlash uchun mobil ilova ishlab chiqildi

Nosoz attraksionlarni aniqlash uchun mobil ilova ishlab chiqildi

Ilovani hozircha faqat Android asosidagi qurilmalar uchun bepul yuklab olsa bo‘ladi.
15:57 / 03.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!