$
12790.43 UZS
22.17
162.60 UZS
-0.03
14486.44 UZS
86.4
32° Kechasi 18°

“Toshkent havosining ifloslanganligi haqidagi ko‘rsatkichlar to‘g‘ri bo‘lganida shaharda kasalliklar soni juda ko‘p bo‘lishi kerak edi” – Umidjon Abdujalilov

14:42 / 13.11.2019

Bugun, 13-noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida Xalqaro press-klubning navbatdagi PRESS-KOFEsi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu siyosiy debatda Siyosiy partiyalar, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etmoqda.

Shaharlarda havoning ifloslanish va uning oldini olish choralari haqida gapirar ekan, Davlat ekologiya qo‘mitasi atmsofera havosini muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i U.Abdujalilov ifloslangan havo, asosan, sanoat korxonalari va transportlardan chiqishini ta’kidladi. Uning aytishicha, “yiliga 2,5 million tonna ifloslangan havo atmosferaga ko‘tarilmoqda. Ushbu iflos havoning 63 foizdan ziyodi transportlardan, qolgani sanoat korxonalaridan chiqmoqda.”
 
Shuningdek, Umidjon Abdujalilov yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining havosi ifloslanib ketayotganligi haqidagi xabarlarga ham o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Airvisual.com sayti tomonidan aniqlanayotgan Toshkent shahridagi atmosfera buzilganligi haqidagi ma’lumotlar o‘tgan yili noyabr oyidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqala boshladi.  Amerika qo‘shma shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasida 2018-iyun oyida havoning ifloslanganligi ko‘rsatkichlarini aniqlaydigan qurilma o‘rnatildi.  

  O‘zbekiston gidrometeorologiya markazi ham 65 ta nuqtaga bu singari qurilmalarni o‘rnatgan. Ushbu qurilmalarning 13 tasi Toshkent shahrida. Markaz tomonidan bu qurilmalar orqali har kuni 3 marotaba namunalar olinadi.  To‘g‘ri, ayrim nuqtalarda o‘rnatilgan qurilmalar ko‘rsatkichlari me’yorlarga nisbatan yuqori. Masalan, Toshkent shahrida ham. Chunki Toshkent shahrida juda ko‘p qurilish korxonalari ish olib bormoqda. Shu sababli Amerika qo‘shma shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasida o‘rnatilgan qurilma  ifloslanish darajasini baland ko‘rsatmoqda.  The World Air Quality Index natijalariga ko‘ra Amerika qo‘shma shtatlari ushbu qurilma natijalari asosida Toshkent shahridagi havoga baho berish mumkin degan fikrni ilgari surmoqda. Biroq, Toshkent shahridagi atmosferani birgina qurilma bilan aniqlab bo‘lmaydi. Agar haqiqatan ham shu ko‘rsatkich to‘g‘ri bo‘lganida Toshkent shahrida kasalliklar soni juda ko‘p bo‘lishi kerak edi”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zgidromet”ning 7–8-noyabr kunlari tongida Toshkent shahridagi meteorologik sharoitlar shaharning havo muhitida bir oz zararli moddalar yig‘ilishiga imkoniyat yaratganligi haqidagi xabarini bergan edik. 


Bu ham qiziq

Zelenskiy Ukrainaning Rossiya aerodromlariga hujumini tasdiqladi

Zelenskiy Ukrainaning Rossiya aerodromlariga hujumini tasdiqladi

“Bizning operatsiyamiz shtabi Rossiya hududida, ularning viloyatlaridan biridagi Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) bo…
10:15 / 02.06.2025
Farg‘onada bank mas’ullari pora bilan ushlandi

Farg‘onada bank mas’ullari pora bilan ushlandi

Ular fuqaro nomiga kredit ajratib berish evaziga 10 mln so‘m talab qilgan.
09:17 / 02.06.2025
2-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

2-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 30-32 daraja bo‘ladi.
21:54 / 01.06.2025
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari…
19:29 / 01.06.2025
Isroil G‘azodagi gumanitar yordam markaziga hujum uyushtirdi

Isroil G‘azodagi gumanitar yordam markaziga hujum uyushtirdi

Xalqaro Qizil Xoch tashkiloti shifokorlarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu hujum oqibatida kamida 26 kishi halok bo‘lgan, 150 ki…
16:10 / 01.06.2025
1-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

1-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 1-iyun kuni Toshkent shahrida havo biroz…
22:15 / 31.05.2025
O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish uchun Buyuk Britaniya bilan muzokaralarni yakunladi

O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish uchun Buyuk Britaniya bilan muzokaralarni yakunladi

O‘zbekiston JSTga qo‘shilish bo‘yicha Buyuk Britaniya bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda prezidentning J…
20:55 / 31.05.2025
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi 74 trillion so‘mga yetdi

O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi 74 trillion so‘mga yetdi

2025-yilda O‘zbekistonda ekologik toza materiallardan foydalangan holda bir nechta yirik turar-joy majmualari qurilishi bosh…
20:23 / 31.05.2025
Toshkentda yuk mashinasi yonib ketdi

Toshkentda yuk mashinasi yonib ketdi

1-iyun kuni soat 11:31 da Toshkent shahar Olmazor tumani, Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida, Man rusumli avtomobil y…
12:19 / 01.06.2025
Ilon Mask so‘nggi vaqtlarda giyohvandlikka berilgan

Ilon Mask so‘nggi vaqtlarda giyohvandlikka berilgan

The New York Times yozishicha, Ilon Mask Tramp ma’muriyatida ishlagan davrida katta miqdorda ketamin, shuningdek, ekstazi, p…
14:01 / 31.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!