$
12559.26 UZS
-59.37
160.17 UZS
-0.66
14413.01 UZS
-103.46
33° Kechasi 22°

Kun tarixi: “Brilliant qo‘l” ilk bor sahnaga chiqqan kun! “Мосфильм” qaysi kadrlarni kestirib tashlagan?

11:30 / 28.04.2020

Detektiv kinokomediya hisoblangan “Brilliant qo‘l” filmi 1969-yilning 28-aprelida ekranlarga chiqqan. Quyida aslida “Kontrabandistlar” deb nomlanishi mo‘ljallangan filmning paydo bo‘lish tarixi haqida qiziqarli faktlarni keltirib o‘tamiz.

• Ushbu film syujeti haqiqiy voqealarga asoslangan bo‘lib, g‘oya Yakov Kostyukovskiy gazetada Shveysariya kontrabandachilari qimmatbaho buyumlarni gips bilan olib o‘tishga uringanlari haqida maqola o‘qib qolganidan keyin kelib chiqqan. Shundan keyin ssenariy mualliflari tasodifan chet elda gastrol bilan shug‘ullanish markaziga tushib qolgan Semyon Semyonovich haqida hikoya yozadi.

• Ssenariy muallifi Kostrukovskiy va Slobodskiylar “Brilliant qo‘l” filmidagi asosiy qahramon obrazini aynan Yuriy Nikulinga moslab yozishgan.

• Mironov ijro etgan rol aslida Georgiy Vitsinga nasib qilishi mumkin edi. Biroq badiiy kengash “Avvalgi qahramonlariga o‘xshab ketyapti” degan ta’riflardan so‘ng, bu rol Mironovga nasib etgan.

• Filmda bosh qahramonning ayoli “sen juda ishonuvchansan” deb ko‘p bora takrorlayveradi. Bu so‘zlar ssenariyda yo‘q edi. Uni hayotda o‘z ayolidan deyarli har kuni eshitishga odatlangan film rejissyori Gayday bu so‘zni filmga ham ko‘chirishga ahd qilgandi.

• Eng qizig‘i, filmdagi “Barzangi” rolini “Smena” jurnalining muxbiri Pleshakov ijro etgan. Muxbir bu epizodda suratga tushishga o‘sha paytlarda juda mashhur bo‘lgan Yuriy Nikulindan oladigan intervyusi evaziga rozi bo‘lgan.

• Filmning “Chet el” qismi – Ozarbayjonda, “Gorbunkova shahri” esa Sochida suratga olingan.

• “Мосфильм” rahbariyati ssenariyni ma’qullaydi, ammo asosiy o‘zgarishlar kiritishni talab qiladi – politsiyaning rolini yana-da obro‘li va faol ko‘rsatish, kundalik sahnalarni qisqartirish, siyosiy rangdagi iboralarni kesib tashlash, uy boshqaruvchisi bilan ba’zi sahnalarni olib tashlash, shuningdek, kontrabandachi roliga Jorj Vitsinni olish. Ammo Gayday tavsiyalarga quloq solmaydi. Lekin “Rahbarning so‘zlariga ko‘ra, bizning biznesimizdagi asosiy narsa bu – sotsialistik realizm” kabi so‘zlar olib tashlangan.

• Yiqilish sahnasi Mironovda bir martada o‘xshagan, ammo Yuriy Nikulin hech “o‘xshatib” yiqila olmagan. Banan va tarvuz po‘stloqlari ham foyda bermaganidan so‘ng, Nikulinning o‘rniga Leonid Kanevskiy yiqilib bergan. Ushbu sahna Bokuda suratga olingan.

• Filmda kontrabandachilar va yengil tabiatli qiz tomonidan aytilgan chet tilidagi nutq Leonid Gayday hamda Leonid Kanevskiylar tomonidan o‘ylab topilgan.

• Baliq ovlash sahnasi juda uzoq davomida suratga olingan va aktyor Anatoliy Papanov suv harorati +8 darajadan yuqori bo‘lmagan joyda o‘tirishiga to‘g‘ri kelgan. Operatorning aybi bilan yana bir dubl barbod bo‘lganida, Papanov suvdan chiqib “Ahmoq” deb baqiradi. Bu kameraga tasodifan tushib qolgan va Gaydayga aktyorning reaksiyasi juda yoqib qolgan. Shunday qilib, ushbu epizod ham filmdan joy egallagan.

“Brilliant qo‘l” filmining muvaffaqiyatidan tomoshabinlar, tanqidchilar va matbuot hayratga tushdi. Filmni 76 milliondan ortiq kishi tomosha qildi. U nafaqat kassalarda, balki millionlab tomoshabinlar qalbida ham birinchi o‘rinni egalladi. Ushbu film sobiq sovet ittifoqi filmlari tarixidagi kuchli uchlikka kira olgan filmlardan biri hisoblanadi.

Guljahon Sanjarbekova tayyorladi


Bu ham qiziq

Xorazmda 18 yoshli o‘smir Tico’da YTHga uchrab, vafot etdi

Xorazmda 18 yoshli o‘smir Tico’da YTHga uchrab, vafot etdi

Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
15:26 / 18.06.2025
Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston rahbari Xitoy Raisi bilan ham muzokara o‘tkazadi.
09:33 / 17.06.2025
Qoidabuzarlik uchun qaror bir oydan kechiktirilsa, jazo qo‘llanilmaydi

Qoidabuzarlik uchun qaror bir oydan kechiktirilsa, jazo qo‘llanilmaydi

Endilikda palasani bosganlik holati kameraga qayd etilmaydi.
15:07 / 17.06.2025
Turkiyada qidiruvda bo‘lgan shaxs O‘zbekistonga qaytarildi

Turkiyada qidiruvda bo‘lgan shaxs O‘zbekistonga qaytarildi

U odam savdosi jinoyati bilan qidiruvda bo‘lgan.
10:15 / 19.06.2025
O‘zbekistonda havo harorati 44 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda havo harorati 44 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” ertaga, 18-iyun kuni kutilayotgan ob-havo prognozini e’lon qildi.
12:21 / 17.06.2025
20-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

20-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

20-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol …
17:18 / 19.06.2025
UFC. Nursulton Ro‘ziboyevning navbatdagi jangi e’lon qilindi

UFC. Nursulton Ro‘ziboyevning navbatdagi jangi e’lon qilindi

Unga ko‘ra, Ro‘ziboyev 17-avgust kuni Chikago shahrida tashkil etiladigan UFC 319 turnirida oktagonga ko‘tariladi.
10:29 / 18.06.2025
“O‘zgidromet” 4 ta viloyatda sel-suv toshqinlaridan ogohlantirdi

“O‘zgidromet” 4 ta viloyatda sel-suv toshqinlaridan ogohlantirdi

Joriy yilning 20–22-iyun kunlari kutilayotgan yomg‘ir yog‘ishi sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv…
17:00 / 19.06.2025
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida o‘rmon yong‘ini yuz berdi

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida o‘rmon yong‘ini yuz berdi

Kecha, 17-iyun kuni soat 17:45 da Surxondaryo viloyati FVBga Boysun tumani Kengdala o‘rmon xo‘jaligi bo‘limiga qarashli arch…
13:55 / 18.06.2025
Mirziyoyev “Toshkent-Sharqiy” aeroporti qurilishini ko‘zdan kechirdi

Mirziyoyev “Toshkent-Sharqiy” aeroporti qurilishini ko‘zdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-iyun kuni “Toshkent-Sharqiy” aeroporti qurilishini ko‘zdan kechirdi.
17:04 / 18.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!