$
12658.19 UZS
-100.17
161.44 UZS
-1.9
14672.11 UZS
-148
41° Kechasi 24°

Mutaxassis tavsiya etadi: “Teridagi oq dog‘larni 100 foiz davolab bo‘ladi, agar...”

10:20 / 13.02.2020

Terisida oq dog‘lari bor insonni ko‘rgan ayrimlar seskanadi, darhol o‘zini chetga olishga intiladi. Undagi dog‘lar xuddi o‘ziga ham yuqib ketadigandek ko‘rinadi, vahimaga tushishadi. Ammo, aslida bu dog‘lar atrofdagilar uchun ham, insonning o‘zi uchun ham mutlaqo bezarar. Ular yuqmaydi, kasalni ham qiynamaydi, deydi professor, shifokor-dermatovenerolog Adham Vaisov. Mutaxassisning aytishicha, hozirda oq dog‘larni butunlay davolash mumkin ekan. Qanday qilib, deysizmi? Unda mutaxassis suhbati bilan quyida tanishing.

Xalq orasida pes deb ataladigan “vitiligo” qanday kasallik?

Pes kasalligi lotin tilida vitiligo deyilib, terida oq dog‘lar paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. 1990-yilda soha shifokorlari tomonidan kasallikka nisbatan pes so‘zini ishlatish man qilingan edi. Ya’ni, kasalni bunday chaqirish salbiy bo‘yoqdor mazmunni bergani sabab, bu so‘zdan umuman voz kechilgan. Hozirda bunday kasallik turi pes deb emas, vitiligo deyiladi. 
Kasallik otadan bolaga ham, erdan xotinga ham o‘tmaydi – u umuman yuqumli emas! Shuningdek, vitiligo bemorni qiynamaydi ham. 

Dog‘lar ichki a’zolardagi kasalliklar sabab paydo bo‘ladi

Nima uchun terini oqish dog‘lar qoplaydi?
Oq dog‘ yuqmasa, qanday kelib chiqadi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Oq dog‘lar insonning ichki a’zolarida qandaydir buzilish, muammo borligini bildiradi. Asosan, jigar, o‘t qopidagi kasalliklar, oshqozon, asab tizimidagi buzilishlar, endokrin va onkologik kasalliklar sabab terida oq dog‘lar paydo bo‘lishi mumkin.
 
Terining rangi pigmentlarga bog‘liq. Melanin deb ataluvchi pigment terining ustki qavatida joylashgan melanosit deb ataluvchi teri hujayralari tomonidan ishlab chiqariladi. Vitiligoda ularning faoliyati buziladi. Hujayralar rangni umuman ishlab chiqarmay qo‘yadi.
 
Xo‘sh, bu pigment insonga nega kerak? Quyoshli vaqtda pigment kengayib, ular quyosh nurlarini o‘tkazmaydi,  ya’ni tanani himoya qiladi. 

Oq dog‘lar insonni umuman bezovta qilmaydi

Insonni oq dog‘lar paydo bo‘lishi bilan birga yana qanday alomatlar bezovta qiladi?
Oq dog‘larning alomati yo‘q desa ham bo‘ladi. Kasallik sabab bemorni hech narsa bezovta qilmaydi, hech qayeri og‘rimaydi. Ammo terisida dog‘lar paydo  bo‘lganini ko‘rgan insonning asabi buzilish holatlari kuzatiladi, xolos. Atrofdagilar unga alohida e’tibor berayotgandek, qarayotgandek sezilaveradi. Bunday odam jamiyatdan chet qochib, o‘zini qiynayveradi. 

Oq dog‘lar ortiqcha shikoyatlarga olib kelmasada, uni paydo qilgan omillarning asoratlari kishini bezovta qilishi turgan gap!

Dog‘lar erta aniqlansa, uning ko‘payib ketishi oldini olish mumkinmi?

Inson oq dog‘ni payqab, ertaroq shikoforga murojaat qilsa, albatta, yutuq bo‘ladi. Uni davolash oson kechadi. Davolanish sifati va samarasi dog‘larni keltirib chiqargan sababni erta aniqlash bilan bog‘liq. Dog‘ erta aniqlansa, uning ko‘payib ketishining oldi olingan bo‘ladi. 

Kasallikdan batamom qutulish mumkin, qachonki
Kasalni davolash sirini tibbiyot otasi, buyuk hakim Abu Ali ibn Sino topgan. U dog‘larga anjir suvini surtib, keyin quyosh bilan davolagan. Hozirda tibbiyot rivojlanib kasallikni davolashning zamonaviy usullari paydo bo‘lgan. Bunda quyosh o‘rniga uning o‘rnini bosuvchi apparatlar (puva amaliyoti), anjir suvi o‘rniga esa turli dori preparatlari paydo bo‘lgan.
 
Kasallikni davolashning jarrohlik usullari ham mavjud. Bunda jarrohlik yo‘li orqali bemorning sog‘ terisi oq dog‘li joyiga ekiladi. Hozirda oq dog‘larni davolab bo‘ladi, biroq bu narsa ham hammada bir xil emas. Kasallikdan batamom qutulish uni paydo qilgan sababni erta aniqlash bilan bog‘liq.

Oq dog‘larni yashirish mumkinmi?
Dog‘lar rangini o‘zgartirish yoki yashirish kamuflyaj amaliyoti deyiladi. Buni hamma turlicha bajaradi. Kimlardir dog‘lar ustiga teri rangiga mos qalam, turli bo‘yoqlar surtadi, yana kimlardir yong‘oq suvini, margansovka surtadi. Bularning bari oq dog‘ rangini boshqa rangga o‘tkazadi, xolos. Ammo insonning normal teri rangini bosa olmaydi.
 

Ming afsuski, bemor terisi talablariga to‘liq javob beruvchi bo‘yoq yo‘q. To‘g‘ri, hozirda bu uchun mo‘ljallangan turli dori-darmonlar ko‘p, ammo ular ham hamma talablarga javob bermaydi: terlasa oqib ketadi.

Terini ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti qanchalik samara beradi?
Sog‘lom terini ekish yo‘li transplantatsiya usuli ancha rivojlanib ketdi. Ular 70-80 va hattoki, 100 foizgacha ijobiy natija berishi mumkin. Biroq jarrohlikdan oldin bemorda kasallikni paydo qilgan sababni aniqlab davolab olish zarur. Ana undan keyingina jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi.

Bizda ham bu amaliyot turi rivojlanib ulgurdi, 2009-yildan boshlab biz ham teri ekish yo‘liga o‘tganmiz. Agar kasallikni chaqirgan omil davolanib, keyin teri ko‘chirib o‘tkazilsa, 90-100 foizgacha ijobiy natijani olish mumkin. Bu yil 94 ta bemorga mana shunday operatsiyani muvaffaqiyatli amalga oshirdik. Ulardan hech biridan yomon natija olinmadi, hammasi yaxshi bo‘lib ketdi.

Profilaktika
Oq dog‘ sog‘lom odamda bo‘lmaydi. Inson yoshlikdan o‘z salomatligiga e’tibor berishi kerak, jismoniy faollik bilan shug‘ullanishi, to‘g‘ri ovqatlanishi, shamollash kasalliklaridan yiroq bo‘lishi va mabodo kasal bo‘lib qolsa, mutaxassisga borishi kerak. Dog‘larni davolash uchun bilib-bilmay tabiblarga borish kerak emas! Har qanday kasallik xato qilmasdan, to‘g‘ri davolanilsagina foyda beradi.

Nargiza Utepova, Ahror Hayrullayev tayyorladi
Tasvirchi: Akmal Qudratov


Bu ham qiziq

Ukraina Rossiyaga asirlar almashinuvini taklif etdi

Ukraina Rossiyaga asirlar almashinuvini taklif etdi

Gap sovet davridagi yodgorlik haqida ketmoqda
22:29 / 17.07.2025
Yevropa Ittifoqi Gruziyaga ultimatum qo‘ydi

Yevropa Ittifoqi Gruziyaga ultimatum qo‘ydi

Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Kaya Kallasning so‘zlariga ko‘ra, gruzinlar hukumati ma’lum shartlarni bajarishi lozim
18:37 / 16.07.2025
Los-Anjeles–2028. XXXIV yozgi Olimpiya o‘yinlari taqvimi e’lon qilindi

Los-Anjeles–2028. XXXIV yozgi Olimpiya o‘yinlari taqvimi e’lon qilindi

“AQShning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari rasman 2028-yil 14–30-iyul kunlariga belgilangan, b…
16:54 / 16.07.2025
O‘zbekiston xalqaro munosabatlar uchun kerakli nuqtaga aylanmoqda

O‘zbekiston xalqaro munosabatlar uchun kerakli nuqtaga aylanmoqda

Bu haqda “Forbes” jurnalining maqolasida so‘z borgan
20:00 / 17.07.2025
Iroqdagi savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘inda 50 yaqin kishi halok bo‘ldi

Iroqdagi savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘inda 50 yaqin kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda yong‘in qurbonlari uchun uch kunlik motam e’lon qilindi.
12:46 / 17.07.2025
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalarni taqdim etishga tayyor

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalarni taqdim etishga tayyor

Bu safargi cheklovlar asosan neft va neft mahsulotlariga nisbatan bo‘ladi
22:08 / 16.07.2025
Sian – Toshkent – Sian yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Sian – Toshkent – Sian yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida yo‘lovchi tashish bo‘yicha haftasiga 46 ta muntazam aviaqatnov…
11:31 / 17.07.2025
“UzAuto Motors” Chevrolet Onix, Tracker va Damas uchun xarid shartlarini soddalashtirdi

“UzAuto Motors” Chevrolet Onix, Tracker va Damas uchun xarid shartlarini soddalashtirdi

UzAuto Motors” AJning ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 21-iyuldan boshlab Chevrolet Onix, Tracker va Damas avtomobillarini tij…
15:08 / 17.07.2025
Baxtiyor Saidov Afg‘onistonning muvaqqat tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Afg‘onistonning muvaqqat tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda bir qator muhim masalalar muhokama qilindi
22:43 / 17.07.2025
Qozog‘iston Rossiya olmosining asosiy xaridorlaridan biriga aylandi

Qozog‘iston Rossiya olmosining asosiy xaridorlaridan biriga aylandi

Qo‘shnilarimiz qimmatbaho toshning ancha qismini ruslardan olmoqda
18:56 / 16.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!