$
12778.12 UZS
78.98
164.01 UZS
1.85
14931.23 UZS
83.4
37° Kechasi 23°

Bolaga qaysi yoshda qanday kitob olib bergan maqul?

08:23 / 29.03.2020

Bolani kitob o‘qishga o‘rgatish ko‘pchilik ota-onalarning istagi. Ammo buni qanday qilish borasida ko‘plab savollar mavjud. Shu jumladan, bolaga qaysi yoshda qanday kitob bergan maqul? Necha yoshidan kitobga o‘rgatish kerak?

Go‘dakligidayoq…

O‘qishga nisbatan muhabbatni bola hayotining ilk oylaridanoq paydo qilish mumkin. U buyumlarni ushlashni o‘rganishi bilanoq (to‘rt oydan keyin), unga maxsus rivojlantiruvchi kitoblar olib bersa bo‘ladi.

Bunday kitoblar klyonkadan, matodan applikatsiyalar ko‘rinishida tayyorlanishi mumkin. Bolakay ularni ushlab ko‘rib, zavqlanadi.

1-3 yosh

Ovoz chiqarib o‘qib berish uchun yirik suratli katta kitoblarni tanlang. Kitob varaqlari mustahkam kartondan bo‘lsin – shunda bola uni yirtolmaydi va g‘ajimaydi.

Bolaga asosan suratlar qiziqligi uchun kam matnli, yirik suratli kitoblarni tanlang. Suratlar mayda detalli bo‘lmasligiga e’tibor qarating. Bola uzun matnlarni yaxshi idrok qilolmaydi, shuning uchun qisqa ertaklar, she’rlar o‘qib bergan maqul.

4-6 yosh

4 yoshli bolalarga tabiat va hayvonlar haqidagi ertaklar qiziq. Albatta, sifatli suratlari bo‘lsa. Bu yoshdagi bolalar kitob sahifalarini oson varaqlay olishi va kitobni qulay ushlashi uchun, tikilishi yumshoq bo‘lishi lozim.

4-5 yoshlardagi bolada atrof-olam haqida ko‘proq bilishga intilish kuchli bo‘ladi. Unga tushunarli bo‘lgan qiziqarli ensiklopediyalar sotib oling. Bo‘yash yoki o‘ynash mumkin bo‘lgan kitoblar ham unga yoqishi tayin.

Bolaga ko‘proq nimalar qiziqligiga ahamiyat bering. Mashinalar qiziqtirsa, mashinalarga oid ensiklopedik kitoblar xarid qiling.

7-9 yosh

Bu yoshdagi bolalarga o‘ziga o‘xshagan bolalar haqidagi kitoblar qiziq. Jumladan, sarguzashtlar, sayohatlar, shuningdek, super-qahramonlar haqidagi kitoblar sovg‘a qiling. Bu kitoblar bolaga turli vaziyatlarda o‘zini qanday tutish, muammolarni qanday hal qilishni o‘rgatadi.

10-12 yosh

Bu yoshdagi bolalar mustaqil bo‘lishga intiladi va nima o‘qishni o‘zi tanlay oladi. O‘zingiz o‘qigan kitoblar haqida gapirib bering, birga hikoyalar o‘qing. Kitoblarga oid kundalik, hatto, blog ham yuritishingiz mumkin. Bu uni ruhlantirishi tayin.

Farzandingizga kitoblar olamini ochar ekansiz, uning uchun eng yaxshi ishni qilgan bo‘lasiz!


Sarvinoz Omonova


Bu ham qiziq

Donald Tramp Rossiya - Ukraina urushi borasida o‘z fikrlarini bildirdi

Donald Tramp Rossiya - Ukraina urushi borasida o‘z fikrlarini bildirdi

Siyosatchining fikriga ko‘ra, bu urushda baribir imkoniyatlar noteng bo‘lib qolmoqda
19:54 / 15.07.2025
16-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

16-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi
22:15 / 15.07.2025
O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Xito…
12:25 / 16.07.2025
Bolalarni akillatib davolamoqchi bo‘lgan psixologga jinoyat ishi ochildi

Bolalarni akillatib davolamoqchi bo‘lgan psixologga jinoyat ishi ochildi

Ma’lum qilinishicha, Bolalar ombudsmani 2024-yilning yakuni va 2025-yilning yanvar oyida uning harakatlari bo‘yicha o‘rganis…
14:18 / 15.07.2025
15-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

15-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi
23:10 / 14.07.2025
Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Bu urushdan eng ko'p aynan fransuzlar jabr ko'rishi taxmin qilinmoqda
22:06 / 15.07.2025
O‘zbekistonda havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 17–19-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilm…
10:16 / 15.07.2025
Toshkentda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fuqaro tizimga 2,7 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Toshkentda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fuqaro tizimga 2,7 mlrd so‘m zarar yetkazdi

U xonadonida konserva mahsulotlarini tayyorlash bilan shug‘ullangan.
16:07 / 15.07.2025
Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Buyuk Britaniyaga boradi

Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Buyuk Britaniyaga boradi

Qirol Charlz III buni yuqori darajadagi tashrif bo‘ladi deb hisoblamoqda
22:58 / 14.07.2025
Zangezur bahsi: AQSh vositachilikka kirishib, yo‘lni ijaraga olmoqchi

Zangezur bahsi: AQSh vositachilikka kirishib, yo‘lni ijaraga olmoqchi

Taklif Yerevan va Boku o‘rtasidagi muzokaralardagi kelishmovchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan.
10:41 / 15.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!