Davlat statistika qo‘mitasi joriy yilning oktabr oyi uchun alohida turdagi pullik xizmatlarning avvalgi oylarga nisbatan o‘zgargan narxlarini e’lon qildi.
2019-yilning oktabr oyida O`zbekiston bo‘yicha aholi uchun alohida turdagi pullik xizmatlarning iste’mol narxlari indeksi, foiz
Yillik hisobda kuzatilayotgan aholi uchun pullik xizmat ko‘rsatish sohasida narxlari sezilarli darajada oshgan va yetakchi uchlikni uy-joy kommunal xo‘jaligi (29,7 foiz), ta’lim (22,6 foiz), maktabgacha ta’lim muassasalari xizmatlari narxlari (20,5 foiz) band etgan.
Shuningdek, o‘tgan yilning oktabriga nisbatan maishiy xizmatlar (19,5 foiz), yo‘lovchi tashish transporti xizmatlari (14,8 foiz), sport (14,7 foiz), tibbiy xizmatlar (14,3 foiz), dam olish xizmatlari (13,1 foiz), madaniyat muassasalari hamda sport xizmatlari (mos ravishda 10,3 foiz va 5,4 foizga) narxlari sezilarli darajada qimmatlashgan.
Joriy yilning oktabr oyida maishiy xizmatlarning oylik narxlari o‘sishi umumiy iste’mol narxlari indeksining oy davomidagi o‘sish sur’atiga 0,04 f.d. (muddatli depozit), yo‘lovchi tashish transporti va aloqa xizmatlari 0,03 f.d., tibbiy xizmatlar 0,02 f.d.da da ta’sir ko‘rsatgan. Boshqa turdagi xizmatlar narxlarining o‘sishi va uning umumiy ta’siri 0,01 f.d.ni tashkil tashkil etgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!