$
12778.12 UZS
78.98
164.01 UZS
1.85
14931.23 UZS
83.4
37° Kechasi 23°

0 dan boshlab kompyuter dasturchisi bo‘lish mumkinmi? Qanday qilib?  

11:54 / 02.02.2020

 Dasturlash uchun o‘qishni nimadan boshlash kerak?
Bu maqolada 0 dan boshlab mustaqil ravishda o‘qib-o‘rganib kompyuter dasturchisi bo‘lish mumkinmi, shu asosda mablag‘ topishga kirishishning qanday yo‘llari bor degan masala haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lasiz.  
UPD: Kim-ki, 2020-yilda dasturlashni mustaqil ravishda o‘rganmoqchi bo‘lsa, ularning omadi keldi deyavering. Ular uchun Yakov Kramarenkoning rus tilidagi “Введение в разработку программного обеспечения” kitobi juda qo‘l keladi. Biroq bu oson ish emas! Albatta, bu kabi adabiyotlar rus yoki ingliz tilida bo‘lgani sababli til bilish ham muhim rol o‘ynaydi.
Agar siz dasturlash bo‘yicha o‘qish uchun pul ajratmasdan, faqat mustaqil o‘rganishga kirishgan bo‘lsangiz, bunga ko‘p vaqtingiz ketadi. Qancha vaqt kerak, deysizmi? Agar boshqa ish bilan shug‘ullangan holda o‘rganishga kirishsangiz, taxminan, 1 yil. 

Endi boshlayotganlar uchun veb-dasturlashga oid kitob
2018-yilda Yakov Kramarenkoning rus tilidagi “Vvedenie v razrabotku programmnogo obespecheniya” kitobi nashr etildi. Bu o‘rganishni endi boshlaganlar uchun eng yaxshi kitob. Unda server qismiga daxl qilmasdan veb-ishlab chiqish yo‘lidagi ilk qadamlarni qanday qo‘yish lozimligi ko‘rsatib berilgan. Yakov har bir o‘rganuvchi bilishi shart bo‘lgan HTML, CSS va Javascript haqida juda tushunarli tilda hikoya qiladi.  

Dasturlashni o‘rgatuvchi bepul onlayn-kurslar
CS50 dasturlashning asoslarini o‘rganish uchun Garvard kursini tavsiya qilamiz: https://cs50.harvard.edu/.
Uning rus tiliga o‘girilgan versiyasi ham mavjud:  https://courses.prometheus.org.ua/courses/Prometheus/CS50/2016_T1/about.
Yaxshisi, ingliz tilini o‘rgatuvchi kurslarga ham qatnang. Birinchidan, bu tilni chuqurroq o‘rganib olasiz, qolaversa, eng oxirgi axborotlardan o‘z vaqtida xabardor bo‘lib borasiz. Kursda o‘qish vaqt olishi mumkin, biroq mustaqil o‘qiganda tushunmaydigan matnlaringizni bemalol o‘zlashtiradigan bo‘lasiz. 

Qaysi yo‘nalish dasturlovchisi bo‘lishni istaysiz? 
Dastlab qaysi yo‘nalishda dasturlash bilan shug‘ullanishni istashingizni aniqlab olishingizga to‘g‘ri keladi. Gap hammasini 0 dan o‘rganib, tez orada pul topa boshlash haqida ketganidan keyin eng yaxshisini tanlashingiz lozim-da. 
Hozirgi paytda eng ma’quli veb-dasturlashni chuqurroq o‘rganish. Endigina o‘rganganlar ham bu yo‘nalishda yaxshigina pul topa olishadi. Bu yo‘nalishda uncha murakkab bo‘lmagan buyurtmalar ko‘p bo‘ladi. 

0 dan boshlab mustaqil ravishda dasturchi bo‘lish

1. HTML va CSS larni tushunib olish.

HTML va CSS asoslarini tushunib olish uchun yaxshi kurslar mavjud: https://learn.shayhowe.com/html-css/ (English) yoki 
https://webref.ru/layout/learn-html-css (perevod).
Imkoni boricha hamma materiallarni ingliz tilida o‘qishni tavsiya qilamiz – ular sizga dasturlovchi sifatida 100 foiz kerak bo‘ladi.   
Undan keyin tezlashtirilgan veb-ilovalarni ishlab chiqish standartiga aylangan Bootstrap imkoniyatlariga ahamiyat bering: http://getbootstrap.com/
Mana shular navbatdagi qadamni qo‘yish uchun yetarli bo‘ladi. 
Ehtimol, siz mana shu bosqichda to‘xtashni va CSS ni mukammalroq o‘rganishni istarsiz. Bu sizga HTML sahifalarining dizayneri sifatida ishlash imkonini beradi. Bu ham yaxshigina ish. Veb-dasturlash mutaxassislari hozirda ko‘pgina idoralar uchun eng kerakli xodim va bu sohada kadrlar juda kam. 
Biz dasturchi bo‘lishga qaror qildingizmi? Unda olg‘a yurishda davom eting!

2. jQuery bilan tanishuv
Buning uchun sizga rus tilidagi “jQuery – учебник для начинающих” kitobini tavsiya etamiz:  http://anton.shevchuk.name/jquery-book/
Yaxshi mutaxassislik va bunday bilim veb-dasturlashni tanlagan har qanday boshlang‘ich bosqichdagi o‘ְrganuvchi uchun qo‘l keladi.    
Maslahatimiz – jQueryda to‘xtab qolmasdan, davom eting.

3. Dasturlashning server tilini o‘zlashtirib olish. 
Bu yo‘nalishda tanlov imkoniyati katta. Eng istiqbolli dasturlash tillari – Ruby, Java, Python, Node.JS (Javascript server uchun).
Havaskor uchun dasturlashning eng oddiy tili – Python. Agar siz dasturlash uchun dastlab Pythonni, undan keyin Djangoni o‘rgansangiz – ancha murakkab loyihalarni mustaqil amalga oshira oladigan darajaga yetasiz. 
Python va Django dasturlash tillari – yaxshi tanlov. 
Avvalo, Python va Django sizni “to‘g‘ri” dasturlashga o‘rgatadi. Eng ko‘p foydalaniladigan tillar TOP 5 yoki 10 taligida Python doimo o‘z o‘rniga ega. Pythondagi yaxshi mutaxassislar esa yuqori haq to‘lanadigan dasturchilar sanaladi. Python bir vaqtning o‘zida ham oddiy, ham boshlang‘ich dasturchilar uchun juda tushunarli til hisoblanadi. U juda ko‘p yirik kompaniyalarda va katta loyihalarda qo‘llaniladi.  
Umuman olganda, men Pythonni yaxshi ko‘raman va undan boshlashni maslahat beraman.  

Django – veb-dasturlash uchun eng yaxshi freymvork (dasturiy tizimning tuzilishini belgilaydigan platforma) sanaladi. 
Barcha holatlarda birday qo‘llash mumkin bo‘lgan yaxshi uskunani topish juda mushkul. Django veb-dasturlash uchun xuddi ana shunday dastur deyish mumkin. 

Djangoni o‘rganishni nimadan boshlash kerak?
Rasmiy hujjatlardan boshlang:
l: https://docs.djangoproject.com/en/2.1/intro/
Undan so‘ng:  http://www.tangowithdjango.com/ ga ham qarab qo‘ying. 
Tango with Django – ingliz tilini chuqurroq o‘rganish bilan birgalikda veb-loyihalar qanday tuzilishi va ishlashini tushunishga ko‘maklashadigan qulay dasturdir.  

2-variant – PHP va WordPress
Yana bir yo‘l – PHP dan boshlash va mashhur CMS bilan ishlash. Agar siz dasturlashni mustaqil o‘rganishni va tez orada ish boshlashni istasangiz – eng ma’quli PHP.
Ko‘plar RNR dasturlash tilini “to‘la haqiqiy emas” deb topishgan va bunga asos ham bor. RNR yirik veb-ilovalarda kam qo‘llaniladi. Uni vebdan tashqari boshqa yo‘nalishlarda ishlatib bo‘lmaydi. Boshqa tarafdan qaraganda esa butun dunyo bo‘yicha amal qilayotgan saytlarda RNR eng ko‘p qo‘llaniladi. 
Yaxshilab o‘rganib, tushunib olish uchun Linn Beyli va Maykl Morrisonlarning “Изучаем RNR va MySQL” kitobini tavsiya etamiz. 
Undan so‘ng WordPress’ning yaratilishini jiddiy o‘rganib oling. Bu dunyodagi eng mashhur CMS sanaladi. 
Tavsiya qilganlarimizning hammasini yaxshilab o‘zlashtirib olganingizdan so‘ng ish jarayoniga o‘tsa ham bo‘ladi. PHP va WordPress’da faoliyat yurituvchi saytlar juda ko‘p, ish esa hammaga yetib ortadi. 

Agar siz dasturchi sifatida ishlashga tayyor bo‘lsangiz – unda frilansga xush kelibsiz. Frilans-birjalar tajribangizni oshirishga xizmat qiluvchi oddiy buyurtmalarni topishga ko‘maklashadi. Qoidaga ko‘ra, agar siz dasturlovchi lavozimi bo‘yicha ish qidirayotgan bo‘lsangiz, IT-kompaniyalarida yaxshi haq to‘laydigan ish o‘rinlari hamma vaqt topiladi.  
HTML, CSS va jQueryni o‘zlashtirib olganingizdan so‘ng – frilans-birjalardan uncha murakkab bo‘lmagan buyurtmalar olishingiz va keyinchalik o‘z profilingizni yaratishingiz mumkin.     

Ungacha esa o‘z saytingizni mustaqil yaratishingiz mumkin. Bu mijoz topishingizni osonlashtiradu – fikrlar va tajriba paydo bo‘ladi.

Veb-dasturlovchiga tezkor yo‘l
Dasturlashni 0 dan boshlab mustaqil ravishda o‘rganish uchun 6 oydan 12 oygacha vaqt ketadi. 6 oyda o‘rganib olish uchun kimdir yordam berishi lozim. 
IT sohasiga kirish jarayonini tezlatish uchun treninglarda ishtirok etish imkonini qidiring yoki sizning ishingiz bilan shug‘ullanadigan odam toping. O‘z bilimlarini sizga o‘rgatadigan ustozni topish juda muhim. O‘rganish jarayonida shunday holatlar bo‘ladiki, qayta-qayta o‘qisangiz ham hech narsani anglab ololmaysiz. Kitob bilan soatlab vaqt o‘tkazsangiz ham baribir tushunmaysiz. Ana shunday holatlarda ustoz zarur bo‘ladi. Ustoz bu murakkablikni sizga oddiy qilib tushuntiradi. 
HTML, CSS, Python va Javascript – bu bilimning asosi, boshlang‘ich bosqich. Undan keyin dasturlashning algoritmini, vositalarini bilish va tajriba orttirish juda muhim. 
Nima bo‘lganda ham qunt bilan harakat qilsangiz, dasturlashni o‘rganib olishingiz mumkin. Faqat buning uchun kerakli adabiyotlarni to‘g‘ri tanlay olsangiz bo‘lgani. Unutmang! Til bilish ham muhim ahamiyatga ega. Hech bo‘lmaganda shu bahona yangi til o‘rganib olasiz.   


Bu ham qiziq

Saida Mirziyoyevaga o‘rinbosarlar tayinlandi

Saida Mirziyoyevaga o‘rinbosarlar tayinlandi

Hilola Umrova vazirlikdan olindi.
17:27 / 14.07.2025
Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Buyuk Britaniyaga boradi

Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Buyuk Britaniyaga boradi

Qirol Charlz III buni yuqori darajadagi tashrif bo‘ladi deb hisoblamoqda
22:58 / 14.07.2025
“O‘rikzor” yopilmaydi: rasmiy izoh e’lon qilindi

“O‘rikzor” yopilmaydi: rasmiy izoh e’lon qilindi

Bozor tugatilishi, buzilishi, rekonstruksiya qilinishi haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
11:37 / 15.07.2025
Baxtiyor Saidov xitoylik tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Baxtiyor Saidov xitoylik tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda bir qator loyihalar muhokama qilindi
20:39 / 14.07.2025
Zilemxan Haydarov yangi lavozimga tayinlandi

Zilemxan Haydarov yangi lavozimga tayinlandi

U Prezident administratsiyasida boshqarma boshlig‘iga aylandi
19:37 / 14.07.2025
Surxondaryoda 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi

Surxondaryoda 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi

6 bosh O‘rta Osiyo kobrasi va 17 bosh sharq bo‘g‘ma iloni fuqarolar tomonidan noqonuniy saqlab kelinayotgan bo‘lgan.
17:49 / 15.07.2025
Surxondaryoda advokat 50 ming dollar pora bilan ushlandi

Surxondaryoda advokat 50 ming dollar pora bilan ushlandi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
11:08 / 15.07.2025
Zangezur bahsi: AQSh vositachilikka kirishib, yo‘lni ijaraga olmoqchi

Zangezur bahsi: AQSh vositachilikka kirishib, yo‘lni ijaraga olmoqchi

Taklif Yerevan va Boku o‘rtasidagi muzokaralardagi kelishmovchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan.
10:41 / 15.07.2025
Putin yaqin orada Xitoyga tashrif buyuradi

Putin yaqin orada Xitoyga tashrif buyuradi

Sergey Lavrov Si Szinpin bilan uchrashuvda shunga erishilganini ma’lum qildi
19:23 / 15.07.2025
Bolalarni akillatib davolamoqchi bo‘lgan psixologga jinoyat ishi ochildi

Bolalarni akillatib davolamoqchi bo‘lgan psixologga jinoyat ishi ochildi

Ma’lum qilinishicha, Bolalar ombudsmani 2024-yilning yakuni va 2025-yilning yanvar oyida uning harakatlari bo‘yicha o‘rganis…
14:18 / 15.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!