$
12496.94 UZS
-62.32
159.38 UZS
-0.79
14405.22 UZS
-7.79
38° Kechasi 24°

O‘zbekistonda o‘rmon fondi yerlarini 50 yilgacha muddatga ijaraga berish boshlanadi

17:10 / 08.07.2019

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining 1999 yil 15 aprelda qabul qilingan “O‘rmon to‘g‘risida”gi 770-I-sonli qonuniga quyidagi o‘zgartishlar kiritilishi mumkin:

8-moddaning (O‘rmon fondi yerlari) ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinadi:

“O‘rmon fondi yerlari O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda egalik qilish, foydalanish uchun, shu jumladan ijaraga davlat-xususiy sheriklik asosida o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan 50 yilgacha muddatga berilishi mumkin.”;

13-moddaning (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari) birinchi qismi to‘qqizinchi xatboshisidagi “kesish, shuningdek asalari uyalari va qutilarini joylashtirish” degan so‘zlari “kesish” degan so‘zi bilan almashtiriladi;

31-moddaning (O‘rmondan foydalanish):

yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinadi:

“O‘rmondan qisqa muddatli yoki uzoq muddatli foydalanish huquqini o‘rmondan doimiy foydalanuvchilar tomonidan beriladigan tegishli hujjatlar asosida davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan foydalanishni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar o‘rmondan vaqtincha foydalanuvchilardir.”;

sakkizinchi qismidagi “o‘n yilgacha” degan so‘zlari “ellik yilgacha” degan so‘zlari bilan almashtiriladi;

33-moddaning (O‘rmondan doimiy foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari) ikkinchi qismi sakkizinchi xatboshisi chiqarib tashlanadi;

40-moddadagi (Asalari uyalari va qutilarini joylashtirish) “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining ruxsatnomasi bo‘yicha” degan so‘zlari “davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan” degan so‘zlari bilan almashtiriladi;

45-moddaning (Ilmiy-tadqiqot, madaniy-ma'rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanish) ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinadi:

“Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan madaniy-ma'rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanishga o‘rmondan doimiy foydalanuvchilar tomonidan yo‘l qo‘yiladi.”.

O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritiladi:

20-modda quyidagi tahrirdagi to‘qqizinchi qism bilan to‘ldiriladi:

“Foydalanilmayotgan o‘rmon fondi yerlarida yangi o‘rmonzorlar va dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini barpo etish maqsadida foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan 50 yilgacha muddatga ijaraga berilishi mumkin.”;

76-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinadi:

“Foydalanilmayotgan o‘rmon fondi yerlarida yangi o‘rmonzorlar va dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini barpo etish maqsadida foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan 50 yilgacha muddatga ijaraga berilishi mumkin.”.

O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 17 dekabrda qabul qilingan “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-191-sonli Qonuniga quyidagi qo‘shimchalar kiritiladi:

38-moddasi:

ikkinchi qismidagi “Rekreatsiya zonalari” degan so‘zlaridan keyin “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,” degan so‘zlari qo‘shiladi;

quyidagi tahrirdagi uchinchi qism bilan to‘ldiriladi:

“Davlat o‘rmon fondi yerlarida rekreatsiya zonalari Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi qarori bilan tashkil etiladi.”.


Bu ham qiziq

Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari yana ogohlantirildi

Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari yana ogohlantirildi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ushbu mamlakatda yangi cheklovlar joriy etilganidan ogohlantirdi.
11:40 / 22.06.2025
23-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

23-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

23-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol …
13:16 / 22.06.2025
Xorazmda 18 yoshli o‘smir Tico’da YTHga uchrab, vafot etdi

Xorazmda 18 yoshli o‘smir Tico’da YTHga uchrab, vafot etdi

Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
15:26 / 18.06.2025
22-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

22-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

2-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol e…
15:26 / 21.06.2025
AQSh Eronning ehtimoliy javob hujumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

AQSh Eronning ehtimoliy javob hujumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

“Tramp ma’muriyati Erondan ehtimoliy qasos hujumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda, aynan keyingi 48 soat jiddiy xavotir uyg‘otmoqda…
15:34 / 22.06.2025
Yuridik universitet huzuridagi akademik litseylar bitiruvchilari suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi

Yuridik universitet huzuridagi akademik litseylar bitiruvchilari suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi

Hukumat qarori bilan “Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini “yur…
16:19 / 18.06.2025
50 yoshli Oksana Chusovitina Jahon chellenj kubogida kumush medalga ega chiqdi

50 yoshli Oksana Chusovitina Jahon chellenj kubogida kumush medalga ega chiqdi

Toshkentda sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon chellenj kubogi o‘tkazilmoqda.
13:07 / 21.06.2025
Qashqadaryodagi 20 ming oilada uy-joyga ehtiyoj bor

Qashqadaryodagi 20 ming oilada uy-joyga ehtiyoj bor

Shu munosabat bilan joriy yilda 7 ming 700 ta xonadon qurilishini yakunlash, aholi zich bo‘lgan Shahrisabz va Qarshi shahri,…
17:41 / 20.06.2025
Peskov AQShning Eronga yadroviy zarbasi falokatli oqibatlarga olib kelishini aytdi

Peskov AQShning Eronga yadroviy zarbasi falokatli oqibatlarga olib kelishini aytdi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh Eronga nisbatan taktik yadroviy qurol qo‘llash ehtimoli haqidagi xabar…
10:47 / 21.06.2025
19-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

19-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 19-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulut…
14:10 / 18.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!