Toshkentning Yakkasaroy tumanida zamonaviy biznes-kompleks va savdo-ko‘ngilochar markaz – Mall of Tashkent and business centre quriladi. Yangi loyiha balandligi 191 metr bo‘lgan, 41 qavatli biznes-kompleks va 4 qavatli umumiy maydoni 38 000 kv.m.ni tashkil qilgan savdo markazidan iborat bo‘ladi.
Shuningdek, 800ta mashinaga mo‘ljallangan uch qavatli yerosti avtomashina turargohi ham quriladi. Loyihaning qiymati qariyb 90 mln. dollarni tashkil qilib, turk va britaniyaliklar kompaniyasi sarmoyadorlar hisoblanadi. Qurilish ishlari 2020-yilning sentabr oylarida boshlanishi va 2022-yilning yakunlariga kelib tugallanishi rejalashtirilmoqda. Qurilish o‘z nihoyasiga yetgach, 350ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Xabarda aytilishicha, yangi zamonaviy kompleks Bobur va Muqimiy ko‘chalari chorrahasida joylashadi va aeroportdan shaharga kiraverishda mazkur majmua Toshkentning “tashrif qog‘ozi”ga aylanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!