O‘ziga xos dizayn, yuqori qulaylik va yangi texnik imkoniyatlar – mashina ishqibozlari yangi avtomobillardan mana shularni kutadi. O‘z o‘rnida avtomobil ishlab chiqaruvchilar ham yaqin kunlarda sanoatda yangilik qilishga va'da berishadi. Quyidagi ro‘yxatda kirib kelayotgan yilda kutilayotgan avto yangiliklar bilan tanishing!
1.Ford GT40
Deyarli 8 yillik tanaffusdan so‘ng, Ford GT40 modeli bozorga yangi avlod sportkari ko‘rinishida qaytib kelmoqda. Mashinaning asosiy o‘ziga xos tomoni 660 ot kuchiga ega olti silindrli dvigatelidir. Bundan tashqari, u barcha qulayliklarni yaratuvchi gadjetlar bilan jihozlangan va zamonaviy dizaynda ishlangan.
2.Acura NSX
Gibridli sportkari Acura NSX yaqin kunlarda bozorga chiqarilishi rejalashtirilgan. Avtomobilning texnik imkoniyatlari to‘g‘risida hali ko‘p narsa ma'lum emas. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, avtomobilga 560 ot kuchiga ega dvigatel qo‘yilishi kutilmoqda.
3.Maserati Alfieri
Maserati ham o‘zining yangi markasi bilan avtomobil ishqibozlarini xursand qilishga qaror qildi. Alfieri avtomobili yuqori doiradagilar uchun atalgan mashinalar sirasiga kiradi. Shunga qaramasdan, uning narxi to‘g‘risida hali hech nima aniq emas. Uning dvigateliga kelsak, u 520 ot kuchiga teng.
4. BMW M2
BMW M2 mana shu kuzning boshlarida sotuvga chiqishi kutilmoqda. Mashina ko‘p jihatdan M3 va M4 ga o‘xshab ketadi. Dvigatelining quvvati 370 ot kuchidan kam bo‘lmaydi.
5.Corvette Zora
Corvette Zora sportkari haligacha General Motors kompaniyasining konseptual avtomobili bo‘lib qolmoqda. Uning sotuvga chiqishi 2016 yilga rejalashtirilganiga qaramay, GM xodimlari mazkur model to‘g‘risidagi ma'lumotlarga baxillik qilishmoqda. Ammo Zoraning cheklangan miqdordagina chiqishi aniq.
6.Rolls-Royce Dawn
Kelasi yilning oxirlarida Rolls-Royce Dawn modelining bozorga chiqishi kutilmoqda. Uning premial sinf avtomobili bo‘lishi rejalashtirilgan. So‘nggi ma'lumotlarga qaraganda, ishlab chiqaruvchi kompaniya mashinani zarur ko‘riklardan o‘tkazmoqda.
7.Alfa Romeo Giulia
AQShda eng kutilayotgan avtomobillardan biri Alfa Romeo Giulia hisoblanadi. Agar ishlab chiqaruvchining so‘zlariga ishonadigan bo‘lsak, yangi Romeo bozorda haqiqiy “Italiya renessansi”ga aylanadi. Mashinaning juda ixcham dizayniga qaramasdan, uning tashqi qobig‘i mustahkam va 500 ot kuchilik dvigatelga ega.
8.Jaguar F-Type SVR
Yangi Jaguar F-Type SVR haqida bizga ayon yagona fakt bu – uning kelgusi yilda eng mustahkam va ajoyib mashina bo‘lishi. Yangi Jaguarning dvigateli 600 ot kuchini tashkil etadi.
9.Toyota Supra
Mazkur Toyota Supra nafaqat yangicha yondashilgan qobig‘i, balki qiziqarli va ko‘zni quvnatuvchi dizayni bilan ham bozorga yangilik sifatida kirib keladi. Mashinaning juda past ishlanganidan kelib chiqsak, u ko‘proq poyga avtomobiliga mengzab ketadi.
10.Camaro Z/28
Tezkor sport mashinasi bo‘lmish Camaro Z/28 ni kelgusi yilning o‘rtalarida keng ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. So‘nggi yangiliklarga ko‘ra, avtomobil o‘ta zamonaviy elektron qurilmalar bilan to‘la jihozlanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!