$
12900.00 UZS
-20.16
157.32 UZS
-1.29
14595.06 UZS
-86.12
28° Kechasi 15°

“Mister Bin”: Rouen Atkinson haqida biz bilmagan faktlar

19:43 / 02.12.2019

1990-yillarda mashhur bo‘lgan va kulgili qiliqlari bilan ko‘plab olqishlarga sazovor bo‘lgan “Mister Bin” (Janob Bin) haqidagi filmni ko‘rmagan tomoshabin bo‘lmasa kerak! Bin rolini o‘ynagan aktyor Rouen Atkinson o‘z hayoti davomida 50 dan ortiq qahramonlarni ijro etgan. Ammo ularning hech biri, nazarimda, Atkinsonni “Mister Bin”chalik mushhur qilmagan. Siz Bin janoblari haqida nimalarni bilasiz?

1.  Mashhur “Qirol Sher” hamda “Timon va Pumba” multfilmidagi qush – Zazu yodingizdami? Ushbu qushga Mister Bin ovoz bergan.

2.  Atkinson o‘z qahramoniga “Mister Bin” nomini tanlashdan avval “Oq janob”, “Janob gulkaram” nomlarini tanlab olgan ekan.

3.  Rouen Atkinsonning duduqlanish odati bor. Shu nuqsoni sabab aktyor kamdan-kam intervyu beradi va “Mister Bin” filmi ham ovozsiz tasvirga olingani Rouenni juda quvontirgan. Aktyorning aytishicha, u “b” harfidan boshlanuvchi so‘zlarning talaffuziga qiynalgan. Bunday so‘zlarni aytish uchun Rouen bir necha marta tanaffus qilib olishga majbur bo‘lgan.

4.  Atkinson avtoulovlarni juda yaxshi ko‘radi va do‘stlarining aytishicha, u sport  mashinalarining muxlisi. Aktyor, hatto, bir nechta qimmat va eksklyuziv mashinalar sohibi hamdir. Bin janoblari avtomobillar haqida, hatto, maqolalar ham yozadi. 

5. “Mister Bin” filmi 200 dan ortiq davlatlarda namoyish qilinganiga ishonasizmi? Bu ayni haqiqat!
6.  Rouen Atkinsonning nafaqat o‘zi, balki qizi ham qoyilmaqom aktrisa. Aktyor o‘z qizi Lili bilan “Mister Bin ta’tilda” filmida birgalikda rol ijro etgan.

7.  Rouen samolyot boshqarishni ham biladi. Bir kuni Keniyaga parvoz paytida aktyor uchayotgan samolyot uchuvchisidan biri hushini yo‘qotib qo‘ygan. Shunda yo‘lovchilardan biri – Rouen Atkinson samolyot boshqaruvini qo‘lga olgan va buni qoyilmaqom uddalagan.
8. “Mister Bin” filmi 1990-yilning oxirlaridagi eng muvaffaqiyatli komediya deb e’lon qilingan.

9.  Atkinsonning o‘zidan 29 yosh kichik bo‘lgan turmush o‘rtog‘i juda kamdan-kam holatlarda intervyu beradi. Komik aktyorning o‘zi esa shaxsiy hayotini doim sir tutib kelgan. 

Rouen 1990-yilda grimchi ayol bilan turmush quradi va u bilan 25 yil birga yashaydi. Ammo 2015-yilning oxirlariga kelib aktyor o‘zidan 29 yosh kichik bo‘lgan aktrisa bilan ikkinchi bor turmush qurdi va 62 yoshida uchinchi bor otalik baxtiga muyassar bo‘ladi.

Internet ma’lumotlari asosida Nargiza Utepova tayyorladi.


Bu ham qiziq

Urganch shahrida Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi

Urganch shahrida Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-aprel kuni Al-Xorazmiy universitetini tashkil etish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
21:48 / 30.04.2025
AQShdan 100 nafardan ortiq noqonuniy o‘zbekistonliklar vatanga qaytariladi

AQShdan 100 nafardan ortiq noqonuniy o‘zbekistonliklar vatanga qaytariladi

Ushbu operatsiya uchun Nyu York-Toshkent yo‘nalishida maxsus reys tashkil etiladi.
08:24 / 30.04.2025
Qozog‘iston investorlar uchun “oltin viza” joriy etmoqda

Qozog‘iston investorlar uchun “oltin viza” joriy etmoqda

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi investitsiya vizalarini olishning yangi qoidalarini tasdiqladi.
11:12 / 01.05.2025
30-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

30-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 14-16 daraja, kunduzi 26-28 daraja bo‘ladi.
21:49 / 29.04.2025
2-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

2-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 29-31 daraja bo‘ladi.
22:15 / 01.05.2025
O‘zbekistonda qancha kichik korxonalar borligi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda qancha kichik korxonalar borligi ma’lum qilindi

2025-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonda 1,2 milliondan ortiq kichik biznes korxonalari faoliyat yuritm…
19:03 / 29.04.2025
Apple O‘zbekistondagi IT-kompaniyalar orasida eng yirik soliq to‘lovchiga aylandi

Apple O‘zbekistondagi IT-kompaniyalar orasida eng yirik soliq to‘lovchiga aylandi

2025-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistondagi xorijiy IT-kompaniyalardan soliq tushumlari qariyb 1,5 barobarga oshdi.
18:41 / 30.04.2025
Shavkat Mirziyoyev nodavlat ta’lim xizmatlari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari taqdimoti bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev nodavlat ta’lim xizmatlari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari taqdimoti bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-aprel kuni nodavlat ta’lim xizmatlari tizimini takomillashtirish, oliy va kasbiy ta’limda si…
20:02 / 30.04.2025
Ukraina bilan urushda Rossiya tomonida Fransiya fuqarolari ham qatnashmoqda

Ukraina bilan urushda Rossiya tomonida Fransiya fuqarolari ham qatnashmoqda

Bu haqda Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
12:09 / 01.05.2025
Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi

Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi

“Al-Xorazmiy universitetini tashkil etish hamda axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomill…
09:45 / 01.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!