$
12557.56 UZS
-34.15
159.44 UZS
-0.74
14809.13 UZS
-12.57
41° Kechasi 24°

Zamonaviy Farmonbibilarga: Oila byudjetini yuritish uchun 9 elektron dastur

14:00 / 18.04.2020

Shaxsiy pullarni tasarruf etish unchalik ham qiyin emas, biroq oilaviy byudjetni yuritish butun boshli buxgalteriya demakdir. Hozirgi kunda zamonaviy elektron dasturlar yordamida buni osongina amalga oshirish mumkin. Bu kabi dasturlar o‘z foydalanuvchilari sonini oshirish maqsadida ilovalarini turli operatsion tizimlar uchun moslashtirgan. Shuningdek, oilaning har bir a’zosi tizimdagi o‘zgarishlardan boxabar bo‘lib turishi ham juda muhim. Keling, ulardan eng mashhurlari bilan tanishamiz.

1. Drebedengi

Bu dastur butun oilaviy byudjetni yuritishdan tashqari, oilaning har bir a’zosi individual sarf-xarajatlarini ham hisoblab yuradi. Drebedengi ilovasi bankdan kelayotgan SMSlarni taniy oladi va pul-mablag‘ harakatlarini avtomatik ravishda boshqaradi. Uning xorijiy valyuta hamda turli bank hisob raqamlariga ham “tishi o‘tadi”. Shuningdek, ilova egasi begona ko‘zlardan parol hamda PIN-kod yordamida himoyalanishi mumkin.
Dasturning bir qancha xizmatlaridan foydalanish, xususan, bir nechta oila a’zolarini qo‘shib qo‘yish uchun sayt servisiga obuna bo‘lishingiz kerak. Ilova o‘z operatsiyalari uchun yiliga 599 rubl pul so‘raydi.

2. Zen-mani

Bir vaqtning o‘zida oilaning bir nechta a’zolari foydalanishi mumkin bo‘lgan ushbu ilova ham shaxsiy, ham oilaviy byudjetni nazorat qilish uchun juda qulay. U sizga bank xizmatlari, elektron pul tizimlari operatsiyalarini import qilish imkonini beradi. Zen-mani dasturi xarajatlarni batafsil tahlil qiladi va turli valyutalar, xususan, kriptovalyuta tarzidagi mablag‘larning harakatini ham hisoblab yuradi. Statistik ma’lumotlarni ilova yoki saytning o‘zidan ham olish mumkin. Dasturning standart versiyasi bepul, qo‘shimcha funksiyalar uchun esa yiliga 1,249 rubl to‘lashingiz kerak bo‘ladi. 

3. CoinKeeper

Pul mablag‘laringizni CoinKeeper mobil ilovasi yoki xizmatning veb-versiyasi yordamida ham nazorat qilishingiz mumkin. Dastur ishlab chiqaruvchilari CoinKeeper yordamida nafaqat bir oilaning pul-mablag‘lari, balki kichikroq firma byudjetini ham boshqarishi mumkin, deb ishontirishmoqda. Dastur Rossiyaning 150 ta banki bilan operatsiyalarni bevosita amalga oshira oladi. Xarajatlar SMS tarzida muntazam kelib turadi. Qarz va kreditlarni qaytarish to‘g‘risida eslatma hamda hisobot davrida xarajatlarni cheklash xizmatlarini ham yoqtirish mumkin.

4. Toshl

Mazkur dastur 200 ta xorijiy valyuta hamda 30 ta kriptovalyuta bilan bemalol ishlay oladi. Valyutalar kursi muntazam yangilanib turadi. Bankning onlayn ma’lumotlarini qabul qilib, tegishli o‘rinlarda xarajatlarni amalga oshirish lozimligini eslatib turadi, saytlar bilan sinxron tarzda ishlaydi. Byudjetni nazorat qilishda sizga xushchaqchaq “maxluqcha”lar yordam beradi. Jiddiy insonlar uchun esa ilova hisobotlarni PDF, Excel yoki Google Docs dasturlari yordamida uzatadi.

5. EasyFinance

Dastur ishlab chiqaruvchilari o‘z xizmatlarini brauzer va smartfondagi moliyaviy navigator, deb atashmoqda. Shaxsiy mablag‘lar hisobini yuritish, o‘nta mamlakatdagi 200 dan ortiq bank, shu jumladan, Rossiyada operatsiyalarni import qilish va sinxronlashtirish xizmatlari tahsinga sazovor. Ilova sizga xarajatlarni bashorat qilish, qisqa va uzoq muddatga byudjetni rejalashtirish imkonini beradi. Dastur xizmatidan foydalanish uchun butun oila oyiga 149 rubl to‘lashi kerak.
 
6. Alzex Finance

Mazkur dastur har bir foydalanuvchiga o‘z hisob qaydnomasini yaratish imkonini beradi. Oilaning har bir a’zosi tizimdagi pul aylanmalarini ko‘rishi mumkin. Ilova qarzlarni nazorat qilish va oldingizga moliyaviy maqsadlar qo‘yish uchun juda qulay.

7. YNAB

Bu dastur faqat bitta tilda ishlaydi. Hatto rus tiliga ham sozlanmagan. Biroq uning bu kamchiligini bir qator ijobiy xususiyatlari bosib ketadi. YNAB daromad hamda xarajatlarni shunchaki qayd etib bormaydi. U butun boshli tizim bo‘lib, oila byudjetining qisqa va uzoq muddatli istiqbollarini belgilab beradi. U xarajatlarni nazoratda saqlab, qarzlar bilan bog‘liq operatsiyalarni boshqaradi.

8. Cash Organizer

Juda ko‘p foydalanuvchilarga ega dastur. Mazkur ilova yordamida oilaning bir a’zosi boshqalardan o‘z mablag‘larini yashirishi mumkin. Ma’lumotni oflayn rejimda kiritish imkoni ham mavjud. Ishlab chiqaruvchilar 256 bitli shifrlar yordamida ma’lumotlarni himoya qilishga va’da qilgan. 

9. Domashnaya buxgalteriya

Ushbu dastur daromad va xarajat nazoratini dunyoning barcha valyutalarida amalga oshirish imkoniga ega. Ma’lumotlar sinxronlashtirilib, kompyuter ilovasiga jo‘natiladi. Dasturning USB fleshkasida olib yurish mumkin bo‘lgan ko‘chma versiyasi ham mavjud. Oila a’zolarining har bir harakati parol bilan muhofazalanadi. Dastur to‘liq ishlashi uchun siz yiliga 990 rubl to‘lashingiz kerak.


Bu ham qiziq

5-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

5-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 24-26 daraja iliq, kunduzi 41-43 daraja issiq bo‘ladi.
18:06 / 04.07.2025
KJCh. “Chelsi” va “Fluminense” yarim finalga yo‘l oldi

KJCh. “Chelsi” va “Fluminense” yarim finalga yo‘l oldi

Endi final yo‘llanmasi uchun Angliyaning “Chelsi” klubi “Fluminense”ga qarshi maydonga chiqadi.
09:42 / 05.07.2025
Donald Tramp “katta ajoyib” qonun loyihasini imzoladi

Donald Tramp “katta ajoyib” qonun loyihasini imzoladi

Donald Tramp kecha, 4-iyul kuni kechqurun soliqlarni kamaytirish va AQSh davlat qarzining chegarasini 4 trillion dollardan o…
13:08 / 05.07.2025
Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri bilan uchrashdi

Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda ko‘plab dolzarb masalalar muhokama qilindi
18:45 / 04.07.2025
Ertaga, 5-iyul kuni ba’zi joylarda chang-to‘zon hodisasi kuzatilishi kutilmoqda

Ertaga, 5-iyul kuni ba’zi joylarda chang-to‘zon hodisasi kuzatilishi kutilmoqda

4-5-iyulda respublika hududi bo‘yicha havo harorati 40-43 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 44-46 …
11:41 / 04.07.2025
“Sevimli” telekanali jarimaga tortildi

“Sevimli” telekanali jarimaga tortildi

Telekanal mualliflik huquqini buzganligi aytilmoqda.
12:52 / 03.07.2025
Shomurodovning yangi jamoasi ma'lum

Shomurodovning yangi jamoasi ma'lum

Futbolchi Turkiya chempionatidagi grand klub safiga o'tadi
23:16 / 03.07.2025
3-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

3-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

3-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
16:02 / 02.07.2025
Andijonda IIB xodimi pichoqlab o‘ldirildi

Andijonda IIB xodimi pichoqlab o‘ldirildi

Olgan jarohati natijasida ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan A. Abduvaliyev shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan.
14:45 / 02.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!