$
11975.36 UZS
-98.06
162.91 UZS
-1.56
14020.75 UZS
-113.6
31° Kechasi 18°

“McDonaldʼs”ning hiylasi, bexosiyat yashil: Ranglar haqida qiziqarli 10 fakt

14:54 / 04.08.2021

Inson koʻzlari son-sanoqsiz miqdordagi ranglarni ajratish imkoniyatiga ega. Ayrim ranglar bir qarashda koʻzga tashlanadi, ayrimlarini esa payqash oson emas. Miya ranglarni maʼlumot oʻrnida qabul qiladi, ularning odamlarga qanday taʼsir qilishini esa hech kim oʻylab koʻrmaydi. Misol uchun, toʻgʻri tanlangan rang – marketologlarning eng kuchli qurollaridan biri hisoblanadi.

1. 10 millionta rang

Inson koʻzlari 10 millionta rangni ajratish xususiyatiga ega. Koʻzda pigmentlarni qabul qilish uchun javob beradigan millionlab hujayralar joylashgan. Agar ushbu hujayralarning birortasida faoliyat buzilishi kuzatilsa, daltonizm yuzaga keladi. Ayrim odamlarning koʻzlaridagi hujayralar soni esa keragidan ham koʻp boʻladi. Ular 100 milliontagacha rangni farqlay oladilar. Bunday holat fanda “Tetraxromatiya” deb nomlanadi.

2. Madaniy farqlar

Ranglarni idrok etish masalasi koʻp jihatdan madaniy oʻziga xosliklar bilan ham bogʻliq. Misol uchun, peruliklarning bir qismi muloqot qiladigan kandoshi tilida “sariq” soʻzi shu rangdagi qushlarga nisbatan ishlatiladi. Yashil va siyohrangning barcha tuslarini esa umumiy qilib “kavabana” deyishadi.

3. Imkonsiz ranglar

Odam koʻzlari qizil-yashil va moviy-sariq ranglar uygʻunligini qabul qila olmaydi. Biz ular tarkibidagi faqat bitta rangni koʻrish imkoniyatiga egamiz, sababi moviy sariqni, qizil esa yashilni neytrallashtiradi.

4. Avvalo meva, keyin esa rang

Ingliz tilidagi “orange” soʻzi bir vaqtning oʻzida ham apelsin mevasi, ham toʻq sariq rangga ishora qiladi. Apelsinni mana shunday atalishiga uning toʻq sariq rangda ekanligini sabab boʻlgan deb taxmin qilish mumkin, albatta. Aslida esa Yevropaga apelsinlar olib kelinganida ularning yorqin rangi odamlarni hayratga solgan. Shundan keyin aholi vakillari mevani yodga solayotgan barcha ranglarga “orange” deb taʼrif bera boshlaganlar.

5. Eng mashhur rang

Oramizda har kimning oʻz sevimli rangi bor. Olimlar 1941, 2011 va 2017-yillarda bu borada tadqiqotlar oʻtkazib koʻrishgan. Ushbu tadqiqotlar xulosasiga koʻra, odamlarning eng sevimli rangli – moviy ekani aniqlangan.

6. Dunyodagi eng xunuk rang

Dunyodagi eng xunuk rang – jigarrang ekanligini bilasizmi? Aniqrogʻi, uning Pantone 448C deya nomlanuvchi tusi. Avstraliyalik olimlar ushbu rangni tamaki mahsulotlari qadogʻida qoʻllash savdo koʻrsatkichlarini pasaytirishi haqida ham oʻylab koʻrishgan.

7. Rangli fobiya

Fobiya – beixtiyor yuzaga keladigan qoʻrquv ekanligi haqida koʻpchilik yaxshi biladi. Xromofobiya esa maʼlum bir rang yoki oʻsha rangga boʻyalgan buyumlardan qoʻrqish kasalligi hisoblanadi. Sariq rang, jumladan nargis guli va quyoshdan qoʻrqish kasalligi esa ksantofobiya deb ataladi.

8. Yil rangi

“Pantone” ranglar universiteti 2000-yildan beri har yili maʼlum bir rangni “Yil rangi” sifatida tanlab keladi. Moda uylari oʻz toʻplamlarini yaratishda mana shunga qarab ish tutishadi. 2021-yilda “Pantone 17-5104 Ultimate Gray” va “Pantone 13-0647 Illuminating” tuslari “Yil rangi” sifatida tanlab olingan.

9. Ranglar ruhiyatga taʼsir koʻrsatadi

Har bir rang inson ruhiyatiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Marketologlar kerakli ranglardan kuchli qurol kabi foydalanadilar. Misol uchun, sariq va qizil rang ishtahani qoʻzgʻatadi, McDonaldʼs, Coca-Cola va KFC bu “sir”dan ustomonlik bilan foydalanishadi. Moviy – xotirjamlik, kuch-qudrat va ozodlik timsoli. Facebook, Samsung va Telegram nima uchun asosiy rang sifatida aynan moviyni tanlab olganlarini tushundingizmi?

10. Timsol

Turli mamlakatlarda maʼlum bir rangga turlicha munosabatda boʻlish – tabiiy holat. Misol uchun, yevropaliklar motam vaqtida qora rangda kiyinsalar, xitoyliklar uchun motam rangi – oq hisoblanadi. Yashil rang biz uchun salomatlik, yoshlik va tabiat timsoli boʻlsa, xitoyliklar uchun xiyonat ramzi sanaladi.

 


Bu ham qiziq

Yetti pir yurti — Buxoro Media haftalik markazida

Yetti pir yurti — Buxoro Media haftalik markazida

Buxoroda Media haftalikka start berildi.
02:45 / 13.05.2026
Omonat pullarni o‘zlashtirgan bank xodimlari fosh etildi

Omonat pullarni o‘zlashtirgan bank xodimlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda tijorat bankining mas’u…
10:18 / 13.05.2026
Davlat xizmatlarida ortiqcha qog‘ozbozlik qisqartiriladi

Davlat xizmatlarida ortiqcha qog‘ozbozlik qisqartiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat xizmatlarini yanada soddalashtirish va byurokratiyani kamaytirish bo‘yicha taqdimot bila…
16:31 / 12.05.2026
Bugun Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga boradi

Bugun Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga boradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklif…
09:30 / 15.05.2026
O‘zbekistonning ayrim hududlarida havo harorati 37 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonning ayrim hududlarida havo harorati 37 darajagacha ko‘tariladi

15-may kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida havo harorati 37 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.
00:36 / 15.05.2026
O‘zbekiston oilalarining baxtlilik darajasi ma’lum qilindi

O‘zbekiston oilalarining baxtlilik darajasi ma’lum qilindi

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2026-yil mart–aprel oylarida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rov natijalariga…
11:27 / 14.05.2026
“Biz Buxoroda ko‘zdan kechirgan bog‘cha va poliklinikalarning ahvoli nihoyatda achinarli...” – Saida Mirziyoyeva

“Biz Buxoroda ko‘zdan kechirgan bog‘cha va poliklinikalarning ahvoli nihoyatda achinarli...” – Saida Mirziyoyeva

Hududlarga safarlarimiz – Prezident topshiriqlari ijrosining qat’iy nazorati va joylardagi har bir muammoga qaratilgan e’tib…
12:34 / 15.05.2026
“Oltin Qalam” XX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovga arizalar qabul qilinmoqda

“Oltin Qalam” XX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovga arizalar qabul qilinmoqda

XX Milliy mukofoti doirasida e’lon qilingan xalqaro tanlovga ijodiy ishlar qabul qilish jarayoni davom etmoqda.
10:38 / 13.05.2026
Dunyoda sharob iste’moli rekord darajada kamaydi.

Dunyoda sharob iste’moli rekord darajada kamaydi.

Xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkiloti (OIV) ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilda butun dunyoda 208 million gektolitr vino ist…
17:13 / 14.05.2026
Kartalarga tushumlar Soliq qo‘mitasi nazoratida

Kartalarga tushumlar Soliq qo‘mitasi nazoratida

Soliq qo‘mitasi ayrim tadbirkorlar faoliyatida plastik kartadan plastik kartaga (P2P) o‘tkazmalar orqali amalga oshirilayotg…
09:57 / 13.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!