Telefon ishlab chiqaruvchilari arterial qon bosimni o‘lchash uchun datchiklar o‘rnatishmaydi, shuning uchun dasturiy ta’minot yaratuvchilari o‘n to‘qqizinchi asrda kashf etilgan optik pletizmografiya texnologiyasidan muqobil usullardan foydalanishlariga to‘g‘ri keldi.
Ish mohiyati oddiy – qon oqimi orasida telefon chaqnagichi (vspыshka) tarqatgan nur o‘tkaziladi. Aks etgan nur oqimi kamera tomonidan qayd etiladi va maxsus algoritm orqali qayta ishlanadi. Olingan ma’lumotlar asosida dastur arterial bosim va hatto yurak qisqarishlari tezligini ham aniqlaydi.
Shuni qayd etish joizki, ilova tibbiy tonometr o‘rnini to‘liq bosa olmaydi, chunki o‘lchash natijalari turli omillarga bog‘liq ravishda farq qiladi. Olingan o‘lchash natijalari faqat ogohlantiruvchi xarakterga ega bo‘ladi.
Telefonda qon bosimini o‘lchash aniqligi
Ilova ishlab chiqaruvchilari dasturiy tonometr aniqligi 10-15 band oralig‘ida farq qilishini ta’kidlaydilar. Bu yo‘riqnomaga amal qilinishiga bog‘liq. Maksimal darajada to‘g‘ri ko‘rsatkichlarni olish uchun ko‘rsatkich barmoqni smartfon kamerasi ob’ektiviga mustahkam qo‘yish kerak, harakat qilmaslik va qo‘lni yurak darajasida ushlash lozim. «Mobil» tonometr natijalari davolanish va dorilarni ichish uchun mo‘ljal bo‘lib xizmat qilmaydi, shuning uchun takroriy tadqiqotlarni haqiqiy tibbiy qurilma yordamida o‘lchash muhim.
Qo‘shimcha tavsiya – ilovani to‘g‘ri tanlash. Ishlab chiqaruvchilar mavzuga oid yuzlab dasturlarni tayyorlashgan. Biroq izohlar qoldirilgan dasturiy ta’minotni tanlagan ma’qul.
iCare xususiyatlari
Dastur umuman bepul tarqatiladi, biroq so‘nggi vaqtda Google Play’dan o‘chirilgan. Ilovani yuklab olish uchun internetda APK-faylni topish kerak bo‘ladi.
iCare ilk marta ishga tushirilganidan keyin asosiy menyu aks etadi. U sog‘liq bilan bog‘liq turli ko‘rsatkichlarni o‘lchash uchun bir necha bo‘limlarga ega. Odatda tashxis jarayoni bir daqiqaga yaqin davom etadi. Bajarilgan o‘lchashlardan keyin natijalar bilan tanishish kerak. Dastur imkoniyatlari natijalarni avtomatik yozish uchun kundalik jadvalni yaratish imkonini beradi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, iCare tibbiyot mahsuloti emas. Ushbu dastur faol turmush tarzini olib borayotgan kishi uchun yoqimli qo‘shimcha bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!