$
12715.13 UZS
-45.08
161.75 UZS
1.67
14730.48 UZS
25.61
39° Kechasi 24°

Go‘zal manzarali tog‘lar

15:49 / 04.05.2015

Yerimizning tog‘li massivlari insoniyatni hayratga soladigan va yuqori taassurot qoldiradigan manzilgohlaridan biridir. Tog‘lar yaralishiga ko‘ra ikki xil, tektonika va vulqonlarga oid bo‘lishi mumkin. Bir xilda, odatiy qad ko‘targan tog‘lar vulqonlar natijasida vujudga kelgan bo‘lsa, zanjirga o‘xshash, biri-biriga ulangan tog‘lar esa yer qatlamlarining surilishi natijasida vujudga kelgan, ya'ni tiktonikaga oid tog‘lardir. Tog‘ cho‘qqilari qancha baland bo‘lsa, o‘sha tog‘ navqiron ya'ni, eng yosh tog‘ hisoblanadi. Geologik o‘lchamga ko‘ra eng yosh tog‘lar sirasiga 60 mln. yil avval shakllangan tog‘lar kiradi.

Tog‘lar necha yoshda bo‘lishidan qat'i nazar, doimo viqorli ko‘rinadi. Odamlar kamdan-kam hollarda bu manzaraga befarq bo‘lishadi. Sarguzasht ishqibozlarining ko‘pchiligi tog‘larning yuqori cho‘qqilarini tanlaydilar. Biz ham manzaralari juda go‘zal bo‘lgan tog‘ tizimlariga e'tibor qaratdik. Quyida o‘ta go‘zal manzaralarga boy bo‘lgan tog‘ tizimlari jamlangan.

Torres del Payne, Patagoniya, Chili 

Chili o‘lkasi o‘zining beqiyos manzaralari bilan mashhurdir. U yerning go‘zal tabiatini “Torres del Payne” qo‘riqxonasida to‘liq ko‘rish mumkin. Balandligi 2 600 metrdan 2 850 metrgacha bo‘lgan uch nayzasimon granit cho‘qqili tog‘ qo‘riqxonaning ramzidir. “Mirdos Krus del Kondor” maydonidan tog‘ va uning yonidagi vodiy, daryolarning go‘zal manzarasi namoyon bo‘ladi.

Tre Chime di Lavaredo, Italiya

Sharqiy Alp tog‘ining go‘zal manzarasi 6 yil avval Yuneskoning butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Ajoyib uch shoxli nayzasimon — “Tre Chime di Lavaredo” tog‘i, Alpning mashhur dolomit mineralli tog‘ tizmasi hisoblanadi. U yerning “Lokatelli” nomli manzilgohi bo‘lib, ko‘pchilik suratkashlar uch shoxli nayzasimon tog‘ manzarasini o‘sha yerdan suratga oladilar.

Mak-Kinli, Alyaska 

Amerikaning eng yuqori nuqtasi, Alyaskaning milliy qo‘riqxonasi “Denali”da joylashgan bo‘lib, u yerda balandligi 6 193 metr bo‘lgan “Mak-Kinli” tog‘i qad ko‘targan. Ikkiboshili mazkur tog‘ dunyo bo‘ylab alpinist va suratkashlarni o‘ziga ohanrabodek tortadi. Suratkashlar tog‘ni “Vonder” ko‘li fonida suratga olishni xush ko‘rishadi.

Shasta, Kaliforniya

Mazkur tog‘ning cho‘qqisi Kaliforniya shtati shimoliy qismining xohlagan joyidan ko‘zga yaqqol tashlanadi. Tog‘ning butun go‘zalligi “Yurak ko‘li” tarafdan qaraganda o‘zini namoyon etadi. 

Monblan, Fransiya

G‘arbiy Alp keng tog‘ining balandligi 4 810 metrga yetadi. Tog‘ning uzunligi 50 km. ni, kengligi esa 12 km. dan 15 km. gacha masofani tashkil etadi. “Monblan”ning bir qancha nayzasimon qoyalari mavjud. Ularning butun go‘zalligini ko‘rish uchun nafaqat joyni to‘g‘ri tanlay bilish kerak, balki bir kun davomida har soatdagi manzarasini ko‘rish uchun ancha vaqt sarflash kerak bo‘ladi. Quyoshning birinchi nurlari tog‘ning muz va qordan iborat go‘zal manzarasini namoyon etib, shoir va rassomlarning tugab-bitmas ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Zayon milliy bog‘i, Yuta

Bog‘ning bir qismi uzunligi 24 km. va chuqurligi 800 m. bo‘lgan, qum va toshlardan iborat tog‘ cho‘qqilari bilan o‘ralgan kanondan iborat. Kononning butun go‘zalligini ko‘rish uchun 4 km. lik “Farishtalar qo‘nish joyi” nomli so‘qmoqdan ko‘tarilib tomosha maydoniga chiqish kerak. Tomosha maydonidan kononning butun go‘zalligi namoyon bo‘ladi. 

Kuka tog‘i, Yangi Zelandiya 

Yangi Zelandiyaning eng yuqori nuqtasi bo‘lmish, tog‘ tizmasi mutlaqo istalgan rakursdan beqiyos manzara kasb etadi. Bu sayyohlarga uzoq yerdan vaqt va pul sarflab kelganliklari uchun o‘zgacha tuhfadek go‘yo. Tog‘ manzarasini kuzatush uchun eng ma'qul nuqtani har kim o‘zi tanlash xuquqiga ega.

Tabiat bizga o‘z go‘zalligini har doim namoyon etib kelgan. Ko‘pchiligimiz kundalik yumushlar bilan band bo‘lib, bu ne'matdan bebahra qolamiz. Ammo tog‘ bag‘rida, tabiat qo‘ynida madaniy hordiq chiqarish ish unumdorligini yanada oshirishi hammamizga ma'lum. Keling, tabiat bag‘rida dam olish uchun vaqt ajrataylik, zero “Yaxshi dam — mehnatga hamdam”.

XABARDOR.UZ / Sarvar Ishoqov tayyorladi


Bu ham qiziq

Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

So‘nggi kunlarda O‘zbekiston hududi yoz uchun juda qulay harorat fonida nam havo massalari ta’siri ostida bo‘ldi.
12:49 / 13.06.2025
Xalq qabulxonalarining barcha xodimlari bugundan boshlab ishdan bo‘shatiladi

Xalq qabulxonalarining barcha xodimlari bugundan boshlab ishdan bo‘shatiladi

Endilikda Xalq qabulxonalariga viloyat va tuman hokimining o‘zi rahbarlik qiladi.
11:28 / 16.06.2025
Toshkentdan Tel-Avivga aviareyslar vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentdan Tel-Avivga aviareyslar vaqtincha to‘xtatiladi

Tel-Aviv xalqaro aeroportida havo hududidan foydalanish bo‘yicha joriy etilgan cheklovlar sababli, 16-iyundan 30-iyungacha T…
10:42 / 15.06.2025
Eron Isroilga “Haqiqiy va’da” operatsiyasi doirasida hujumlar uyushtirdi

Eron Isroilga “Haqiqiy va’da” operatsiyasi doirasida hujumlar uyushtirdi

Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, 1-iyunga o‘tar kechasi Eron Isroilga 100 dan ziyod raketalar uchirgan.
10:50 / 16.06.2025
14-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

14-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 14-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulut…
17:46 / 13.06.2025
Prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi bugunning o‘zida tugatiladi

Prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi bugunning o‘zida tugatiladi

Endilikda, ijro intizomiga Hisob palatasi mas’ul bo‘ladi, uning vakolatlari kengaytiriladi.
11:06 / 16.06.2025
16-iyun kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida harorat 44 darajagacha ko‘tariladi

16-iyun kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida harorat 44 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 16-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulut…
14:58 / 15.06.2025
Musulmonlar idorasi: “Diniy savollarga ChatGPT orqali javob olish joiz emas”

Musulmonlar idorasi: “Diniy savollarga ChatGPT orqali javob olish joiz emas”

Bu haqda Musulmonlar idorasi ma’lum qildi.
15:05 / 15.06.2025
Erondagi o‘zbekistonliklar Turkmaniston orqali evakuatsiya qilindi

Erondagi o‘zbekistonliklar Turkmaniston orqali evakuatsiya qilindi

Erondagi xorijiy diplomatlar, ularning oila a’zolari va boshqa fuqarolar Turkmaniston orqali evakuatsiya qilindi. Bu haqda T…
09:28 / 16.06.2025
Futbol bo‘yicha klublar o‘rtasida Jahon chempionati start oldi

Futbol bo‘yicha klublar o‘rtasida Jahon chempionati start oldi

Amerika Qo‘shma Shtatlarida futbol bo‘yicha klublar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi. Unda jahonning 32 jamoasi o‘zaro …
11:38 / 15.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!