$
12957.14 UZS
29.97
156.56 UZS
0.83
14702.47 UZS
-15.11
37° Kechasi 21°

“Siz qachon, kim bilan, qayerda va qay tarzda muloqot qildingiz?” – Bosh prokuratura fuqarolardan kundalik yuritishlarini so‘ramoqda

12:31 / 06.04.2020

Bosh prokuratura joriy yilning 4-aprelida koronovirus keng tarqalishining oldini olish, tegishli xizmatlarga mazkur kasallikka chalingan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan shaxslarni tezkor ravishda aniqlash va ularning boshqa fuqarolar bilan muloqotini cheklash bo‘yicha ko‘maklashish choralarini belgiladi. Bu haqda Bosh prokuratura Axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Xabarga ko‘ra, Bosh prokuraturada koronovirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar doirasini aniqlash bo‘yicha idoralararo Shtab, hududlarda esa, idoralararo ishchi guruhlar tuzilgan.

Mazkur guruhlar koronovirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan tegishli surishtiruv ishlarini o‘tkazadi, ularning epidemiologik marshruti, kim bilan qachon, qayerda muloqotga kirishganini aniqlaydi.

“Fursatdan foydalanib, Bosh prokuratura fuqarolarimizdan bugundan boshlab o‘zlarining kundaliklarini yuritishlarini so‘raydi. Har bir fuqaro qachon, kim bilan, qayerda va qay tarzda muloqot qilganini yozib borishi maqsadga muvofiqdir.
Bu ma’lumotlar avvalo, kasallikning oldini olish, uning tarqalishiga chek qo‘yish, pirovardida minglab odamlarning hayotini saqlab qolishga xizmat qiladi”, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Shuningdek, xabarda aksariyat davlatlar tajribasi infeksiyaning ilk zarbalarini qabul qilib olayotgan tibbiy xizmatning unga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlarni aniqlash hamda tegishli tartibda karantinga joylashtirishda qiyinchiliklarga duch kelayotgani, davolashga sarfalanadigan vaqt va imkoniyat yo‘qotilayotgani ta’kidlanadi.

“Bugun hech bir fuqaroning beparvo bo‘lishga, g‘aflatda qolishga haqqi yo‘q.
 Har bir fuqaro berilgan tavsiya va ko‘rsatmalarga amal qilmasa, avvalo, o‘zining, oilasining, yaqinlarining va boshqa insonlarning hayotiga xavf tug‘dirishi, hatto umriga zomin bo‘lishi mumkinligini unutmasligi zarur”, deyiladi xabarda.

Koronovirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar doirasini aniqlash bo‘yicha Bosh prokuraturadagi Shtab, hududlardagi ishchi guruhlar infeksiyaning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, uning mudhish oqibatlarining oldini olish borasida barchani hamkorlik va hamjihatlikka chaqiradi.


Bu ham qiziq

28-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

28-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 36-38 daraja bo‘ladi.
20:32 / 27.04.2025
Toshkent shahrida 12 ta zilzila o‘chog‘i aniqlandi

Toshkent shahrida 12 ta zilzila o‘chog‘i aniqlandi

Toshkent shahrida kelajakda har xil magnitudada namoyon bo‘lishi mumkin bo‘lgan 12 ta zilzila o‘chog‘i aniqlandi. Bu haqda f…
19:41 / 27.04.2025
KXDR Rossiya safida o‘z qo‘shinlari ishtirok etayotganini tasdiqladi

KXDR Rossiya safida o‘z qo‘shinlari ishtirok etayotganini tasdiqladi

Bu haqda Yonhap agentligi xabar bermoqda.
10:36 / 28.04.2025
Toshkentda maktab o‘quvchilari o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi

Toshkentda maktab o‘quvchilari o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchisi tan jarohati olganligi aks etgan fotolavhalar tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘…
22:14 / 26.04.2025
Putin Kursk viloyati to‘liq ozod etilganligini ma’lum qildi

Putin Kursk viloyati to‘liq ozod etilganligini ma’lum qildi

“Rossiya armiyasi Kursk chegarasida dushmanni to‘liq tor-mor qildi”, — deb bayonot berdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin, …
17:14 / 26.04.2025
Turkiyadagi yong‘inda 19 yoshli O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Turkiyadagi yong‘inda 19 yoshli O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Mazkur fuqaro Istanbul shahri Kadikoy tumani Fikirtepe mavzesida joylashgan ijaradagi uyda, noma’lum sabablarga ko‘ra yuzaga…
14:21 / 26.04.2025
Uyqu yetishmovchiligi – yashirin epidemiya

Uyqu yetishmovchiligi – yashirin epidemiya

Har kuni millionlab insonlar telefonga tikilgancha, tun yarmida ham uyg‘oq yurishmoqda. Kimdir ishdan charchagan, kimdir esa…
17:23 / 26.04.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston turizm sohasida strategik hamkorlikni rivojlantiradi

O‘zbekiston va Qozog‘iston turizm sohasida strategik hamkorlikni rivojlantiradi

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Baxtiyor Ibrohimov ikki davlat o‘rtasida turizm hamkorligini mustahkamlash muhimligi…
11:41 / 27.04.2025
Erondagi portlashda halok bo‘lganlar soni 40 nafarga yetdi

Erondagi portlashda halok bo‘lganlar soni 40 nafarga yetdi

Shuningdek, yaradorlar soni esa 1200 kishidan oshgan.
09:45 / 28.04.2025
BAA o‘zbekistonliklarga mamlakatga kirishni taqiqlamagan

BAA o‘zbekistonliklarga mamlakatga kirishni taqiqlamagan

Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarni faqat rasmiy va tasdiqlangan manbalarga ishonishga chaqirgan.
08:25 / 28.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!