$
12725.16 UZS
32.74
158.65 UZS
0.21
14507.95 UZS
-3.29
35° Kechasi 21°

2024-yildan abituriyentlar qabuli o‘zgaradi

18:03 / 07.12.2023

Bilim va malakalarni baholash agentligi xodimi Jamshidbek Odilov Kun.uz nashriga bergan intervyuda bunga oydinlik kiritdi. 

Hozirgi tizim bo‘yicha abituriyentlar dastlab 1 oy muddat davomida OTMlarga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tishadi. Bunda ular 5 ta ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shakllarini tanlaydi. Lekin abituriyent qancha ball to‘plashini oldindan bilmaydi. Masalan, bir abituriyent o‘zi haqida noto‘g‘ri prognoz qilib, tanlagan yo‘nalishlariga qaraganda kamroq ball to‘plashi, boshqasi esa topshirgan yo‘nalishlariga qaraganda ancha yuqori ball to‘plashi mumkin. Shuning uchun to‘plagan ballari aniq bo‘lgach abituriyentlarda "Men tanlagan yo‘nalishlarimni o‘zgartirsam bo‘ladimi?" degan savol ham paydo bo‘lardi. Lekin buning iloji yo‘q edi.

Keyingi yildan yangi tartib ishga tushsa, ro‘yxatdan o‘tish 2 bosqichdan iborat bo‘ladi. Birinchi bosqichda abituriyentlar agentlik tizimiga o‘zining shaxsiy ma’lumotlari bilan birgalikda faqatgina test topshirish fanlari, test topshirish tili va joyini tanlaydi. Lekin OTMlar va yo‘nalishlarni tanlamaydi. Dastlabki ma’lumotlar abituriyentlarning test sinovida ishtirok etishi uchun yetarli bo‘ladi xolos. So‘ng abituriyentlar imtihonga kirib chiqadi. Mana shundan keyin abituriyentning qo‘lida o‘z to‘plagan balli bo‘ladi va u prognoz qila oladi.

Masalan, abituriyent imtihonda 120 ball to‘plagan va u tibbiyot oliygohlariga kontraktga o‘tish balli 150 dan kam bo‘lmasligini biladi. Tibbiyot yo‘nalishlarini tanlasa, kira olmasligi ehtimoli yuqori. Buni oldindan to‘la prognoz qilib bo‘lmasligi mumkin, biroq oldingi yillardagi o‘tish ballariga asoslanib, ancha aniq qaror qabul qilish mumkin. Shunda abituriyent balli pastroqligini hisobga olib, bir yil yo‘qotmaslik uchun biologiya yo‘nalishini tanlashi mumkin.

Yoki teskari holat ham bo‘lishi mumkin. O‘zim abituriyent bo‘lgan vaqtda bir kursdoshim poytaxtdagi OTMga grantga kira olmayman deb viloyatdagi OTMga hujjat topshirgan. Lekin u juda yuqori ball to‘plagandi va balli bemalol Toshkentdagi OTMlarga grantga yetardi.

Yangi tizimda abituriyent avval imtihon topshirib, keyin yo‘nalish tanlasa, bu kabi abituriyentlar to‘g‘ri tanlov qila olishi mumkin. Tizimning maqsadi shunday.

“Endi hamma o‘qishga kirib ketadimi?”

Bunaqa narsa yo‘q. OTMlarga qabulda kvota bor, o‘rinlar cheklangan. Har qanaqa tizim ishlaganda ham qabul uchun 200 ming o‘rin bo‘lsa (mln abituriyentga nisbatan), bu hamma ham birday talaba bo‘lmasligini anglatadi.

Bilimlilar ko‘proq saralanadi

Avval test, so‘ng yo‘nalish tanlash imkoni bo‘lsa, bilimli abituriyentlar ko‘proq tanlab olinadi. Hozirgi holatda 140-150 ball to‘plab o‘qishga kira olmagan abituriyentlar bor. Aksincha, 100 balldan ham past to‘plab grantga o‘qishga kirganlar ham ko‘p.

Agar abituriyentlar o‘zi to‘plagan ballni yo‘nalish tanlashdan oldin bilsa, u o‘z imkoniyatlarini hisobga olib tanlov qiladi. Va ballarda ham balans paydo bo‘ladi. Ya’ni hamma bilimi yetgan joyga boradi.

5 ta yo‘nalish tanlash imkoni cheklanmaydimi?

Yo‘q, hozirgi rejaga ko‘ra, 5 ta yo‘nalish tanlash, tanlov ustuvorligini, ta’lim shakllarini tanlash imkoniyatlari saqlangan, olib tashlanmagan. Agar hukumat qarori qabul qilinishida biror o‘zgarish bo‘lmasa, abituriyentlarda shu paytgacha bor bo‘lgan imkoniyatlar olib tashlanmaydi. Faqat yangi tizimga muvaffaqiyatli o‘tib olish masalasi ko‘rilyapti.

Abituriyentlar nimalarni hisobga olishi kerak?

Yuqorida aytilganidek, hujjat topshirish 2 ta bosqichda bo‘ladi va abituriyentlar o‘z imkoniyatlarini hisobga olib, to‘plagan ballariga qarab prognoz qila olishlari kerak. Asosiysi, qaysi fanlardan imtihon topshirishlarini bilishlari va shunga qarab tayyorgarlik ko‘rishlari kerak.


Bu ham qiziq

4-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

4-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
22:21 / 03.08.2025
“Real Madrid” hujumchisi yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin

“Real Madrid” hujumchisi yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin

Bunday qaror bosh murabbiy Xabi Alonsodan chiqqan deb hisoblanmoqda
16:38 / 02.08.2025
G‘azoda so‘nggi 24 soat ichida yana olti kishi ochlikdan vafot etdi

G‘azoda so‘nggi 24 soat ichida yana olti kishi ochlikdan vafot etdi

Mahalliy va xalqaro doiralar Isroil “ochlik va tashnalikdan qurol sifatida” foydalanayotganini aytadi.
15:26 / 03.08.2025
Andijonda o‘qituvchilar mehnatga majburlanmoqdami?

Andijonda o‘qituvchilar mehnatga majburlanmoqdami?

Ushbu holat yuzasidan Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirib, vaziyat o‘rganilayotgan…
09:32 / 03.08.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

Tashrif davomida Avaza siyosiy deklaratsiyasi va harakatlar dasturining qabul qilinishi ko‘zda tutilgan
19:48 / 03.08.2025
Toshkentda 2-avgustdan 25-avgustgacha yo‘l yopiladi

Toshkentda 2-avgustdan 25-avgustgacha yo‘l yopiladi

Shuningdek, xabarda avtobuslarning harakat vaqti hamda oraliq vaqti rejadagidan uzoqroq boʻlishi mumkinligi bildirilgan.
12:43 / 03.08.2025
Nosoz attraksionlarni aniqlash uchun mobil ilova ishlab chiqildi

Nosoz attraksionlarni aniqlash uchun mobil ilova ishlab chiqildi

Ilovani hozircha faqat Android asosidagi qurilmalar uchun bepul yuklab olsa bo‘ladi.
15:57 / 03.08.2025
Surxondaryodagi savdo markazida yong‘in chiqdi

Surxondaryodagi savdo markazida yong‘in chiqdi

Hozirda yong‘indan tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
09:27 / 04.08.2025
Interpol qidiruvida bo‘lgan fuqarolar O‘zbekistonga olib kelindi

Interpol qidiruvida bo‘lgan fuqarolar O‘zbekistonga olib kelindi

“Endi ular jinoiy javobgarlikka tortilib, sud oldida javob beradilar”, – deyiladi xabarda.
11:37 / 03.08.2025
Voyaga yetmaganlar yengil jinoyat uchun endi sudlanmagan hisoblanadi

Voyaga yetmaganlar yengil jinoyat uchun endi sudlanmagan hisoblanadi

Senatning navbatdagi majlisida qaror loyihasi ko‘rib chiqildi
18:12 / 02.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!