Toshkent shahrida Ramazon oyi kechalaridagi taroveh namozi munosabati bilan har kuni 18:00 dan 00:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati uchun berkitiladi. Bu haqida shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, quyidagi hududlar avtomobillar harakati uchun yopiladi:
- Quddus Sharif masjidi bo‘yicha: Yangi Sergeli ko‘chasidan – Qipchoq ko‘chasi bo‘ylab, Nilufar ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
- Mirza Yusuf (Bodomzor) masjidi bo‘yicha: Bog‘ishamol ko‘chasidan Chingiz Aytmatov ko‘chasi bo‘ylab Qozi tarnov 2-tor ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
- Shayx Zayniddin masjidi bo‘yicha: Beshqayrag‘och ko‘chasidan Ko‘kcha darvoza ko‘chasi bo‘ylab, Nurafshon ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
- Novza masjidi bo‘yicha: Muqimiy ko‘chasidan Bunyodkor mahalliy yo‘li bo‘ylab, Seul ko‘chasigacha bo‘lgan qismi ;
- Islom ota masjidi bo‘yicha: Farg‘ona yo‘li 5-tor yo‘lidan Farg‘ona yo‘lining mahalliy yo‘li bo‘ylab, Olot ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
- Yunusobod Oqtepa masjid bo‘yicha: Amir Temur shohko‘chasidan Chinobod ko‘chasi bo‘ylab, Darvoza kent ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
- Fotimayi Zahro masjid bo‘yicha: Nurafshon ko‘chasidan Oqtepa Majlisiy ko‘chasi bo‘ylab, Katta Oq tepa ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
- Bo‘ta buva masjid bo‘yicha: Bunyodkor shohko‘chasidan Beshqo‘rg‘on ko‘chasi bo‘ylab, Beshqo‘rg‘on 4-tor ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
- Yakkasaroy masjidi: Shota Rustaveli ko‘chasidan Yakkasaroy ko‘chasi bo‘ylab, Bog‘ibo‘ston ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
- Usmon Bin Mahzun masjidi: Qushbegi ko‘chasidan KHAY bo‘ylab, Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
“Holatga qarab, namozxonlar soni ko‘payib ketgan taqdirda, masjidga tutashgan boshqa yo‘llar ham yopilishi mumkin.
Haydovchilardan berkitilgan ko‘chalarni oldindan chetlab o‘tishni iltimos qilamiz”, – deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!