$
12055.90 UZS
44.25
₽
144.16 UZS
0.99
€
13572.53 UZS
109.87
31° Kechasi 18°

Nemolchi.uz loyihasi muallifi o‘lim bilan tahdid qilishgani sabab O‘zbekistonni vaqtincha tark etdi

15:07 / 03.05.2023

Zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi Nemolchi.uz loyihasi asoschisi Irina Matviyenko unga nomaʼlum shaxslar o‘lim bilan tahdid qilgani sababli O‘zbekistonni vaqtincha tark etganini maʼlum qildi. U bu haqda huquq-tartibot idoralariga ham ariza bilan murojaat yo‘llagan.

O‘zbekistonda zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi Nemolchi.uz loyihasi asoschisi Irina Matviyenko o‘zining Facebook'dagi sahifasida unga o‘lim bilan tahdid qilingani, shu sababli bir muddat mamlakatni tark etganini bildirdi.

"O‘lim bilan tahdid qilinganidan keyin xatti-harakatlarim o‘zgardi. Men buni kimningdir ahmoqona hazilidek qabul qilishga harakat qildim, lekin "podyezd"ga kirish, koridor bo‘ylab ofisga borish qo‘rqinchli bo‘lib qoldi. Ichkariga kirib, qo‘limda uchi tashqariga qaragan (yo‘naltirilgan) kalit bilan masofadan turib har bir burchakni ko‘zdan kechirdim. Zinadan liftda emas, piyoda yuqoriga va pastga tushib chiqdim. Erimdan maydonchamizga chiroq o‘rnatishni, umumiy eshikka qulf osib qo‘yishini so‘radim", – deb yozadi u.

Muallif tahdidli xabarlarni psixologga ko‘rsatgan, u xabarning yozilish uslubini ruhiy kasal odamnikiga o‘xshash deb baholagan.

Irina Matviyenko psixolog bilan maslahatlashganidan so‘ng O‘zbekistondan bir necha haftaga Gruziyaga ketishga qaror qilgan. "Men, albatta, tez orada qaytib kelaman deb o‘ylayman. Hozircha xavfsiz joyda tinchlanib olishim kerak", – deya xulosa qildi u.

Irina Matviyenko izohida, shuningdek, 28-aprel kuni tahdidlar kelib tushgani yuzasidan IIVga murojaat qilganini aytgan.


Bu ham qiziq

Germaniyada 13 yoshga to‘lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.

Germaniyada 13 yoshga to‘lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.

Hukumat, shuningdek, platformalarga dastlabki bosqichdanoq bolalar xavfsizligini hisobga olish majburiyatini yuklamoqchi.
08:37 / 19.10.2026
O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda energetika sohasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ilk bor ishlab chiqilib, jamoatchilikka ochiq e…
14:59 / 16.10.2026
Oq Uy matbuot kotibi 5 kunlik ishdan keyin lavozimidan bo‘shatildi

Oq Uy matbuot kotibi 5 kunlik ishdan keyin lavozimidan bo‘shatildi

Avvalroq, AQSh rahbari Zaxariyani Oq Uy matbuot kotibi etib tayinlagan edi.
16:19 / 17.10.2026
2 200 megavatt quvvatga ega 6 ta quyosh va shamol stansiyasi loyihasi tanlovga chiqariladi

2 200 megavatt quvvatga ega 6 ta quyosh va shamol stansiyasi loyihasi tanlovga chiqariladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasi investorlar bilan muloqotda umumiy quvvati 2 200 megavatt bo‘lgan 6 …
15:36 / 16.10.2026
Jalolov Londondagi g‘alabadan so‘ng Husanovni ko‘rishga bordi

Jalolov Londondagi g‘alabadan so‘ng Husanovni ko‘rishga bordi

O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov Londondagi jangida g‘alaba qozonganidan so‘ng Manchesterga borib, “Manchester Siti” k…
11:14 / 19.10.2026
Sirdaryoda ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi

Sirdaryoda ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi

Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida savdo bilan shug‘ullanuvchi ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan erkakka nisbatan sud q…
10:02 / 18.10.2026
Surxondaryoda 5-sinf o‘quvchisi avtomobil boshqarib uni ijtimoiy tarmoqlarga joyladi

Surxondaryoda 5-sinf o‘quvchisi avtomobil boshqarib uni ijtimoiy tarmoqlarga joyladi

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan shaxs tomonidan transport vositasini boshqargan holati yuzasidan munosabat berildi.
11:14 / 17.10.2026
Peruda yangi o‘simlik turiga Lionel Messi nomi berildi

Peruda yangi o‘simlik turiga Lionel Messi nomi berildi

Peruda aniqlangan, yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yangi o‘simlik turi argentinalik futbolchi Lionel Messi sharafiga Salvia m…
09:58 / 19.10.2026
Peshlavhani reklamaga tenglashtirish rasman to‘xtatildi.

Peshlavhani reklamaga tenglashtirish rasman to‘xtatildi.

O‘zbekistonda tadbirkorlar peshlavha uchun reklama pasportini rasmiylashtirish talabidan rasman qutuldi.
16:06 / 16.10.2026
“Rus Taysoni”, Denis Boytsov vafot etdi

“Rus Taysoni”, Denis Boytsov vafot etdi

Rus bokschisi Denis Boytsov, “Russian Tyson” laqabi bilan tanilgan bokschi 40 yoshida vafot etdi. Bu haqda Oryol viloyati ji…
14:13 / 17.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!