Surxondaryo viloyati bozorlarida piyozning bir kilogrammi 4–4,5 ming sömdan sotilmoqda. Qişloq xöjaligi vazirligi narx oşişiga munosabat bildirib, bunga mavsumiy omillar, transport xarajatlari va ayrim savdogarlarning yuqori ustamalari ta’sir qilayotganini ma’lum qildi.
Vazirlik hisob-kitoblariga köra, 2026-yilda Özbekistonda 1,5 million tonna piyoz yetiştirilişi kutilmoqda. Bu içki iste’mol ehtiyojidan 400 ming tonna yoki 35 foizga köp. Joriy yilning dastlabki töqqiz oyida Surxondaryoda 387,1 ming tonna piyoz yetiştirilgan. Uning 120 ming tonnasi içki iste’molga yönaltirilgan, 46 ming tonnasi eksport qilingan, qolgan qismi boşqa hududlarga yetkazib berilgan.
Vazirlik ma’lumotiga köra, Surxondaryoning tuproq-iqlim şaroiti piyozni asosan aprel–may oylarida yetiştirişga mos. Şu sababli kuzda pişadigan piyoz katta maydonlarda ekilmaydi. Ayni paytda viloyatda joriy yil hosilidan qolgan piyoz tugagan va mahalliy bozorlar Jizzax hamda Samarqanddan keltirilayotgan mahsulot hisobiga ta’minlanmoqda.
Piyozning xarid va yetkazib beriş xarajatlari ham narx şakllanişiga ta’sir qilmoqda. Jizzaxda mahsulotning bir kilogrammi 2 600–3 300 sömdan, Samarqandda esa 2 800–3 000 sömdan xarid qilinmoqda. Surxondaryoga taşiş xarajati kilogrammiga 350–370 sömni taşkil etadi. Vazirlik ayrim savdogarlarning savdo ustamasi 25–50 foizgaça yetayotganini ham narx oşişining sabablaridan biri sifatida qayd etgan.
Şuningdek, 2026–2027-yillar qiş-bahor mavsumi uçun respublika böyiça 102,8 ming tonna piyoz zaxirasi şakllantirilmoqda. Şundan 2 750 tonnasi Surxondaryo viloyatiga ajratilişi belgilangan. Vazirlik zaxiradagi mahsulotlarni içki bozorga çiqariş va maxsus savdo rastalarida arzonlaştirilgan narxlarda sotiş imkoniyati mavjudligini bildirgan.
Hozirda ayrim hududlarda piyoz hosilini yiğib oliş davom etmoqda. Vazirlik narxlarni barqarorlaştiriş maqsadida zaxiradagi mahsulotlarni bozorga çiqariş çoralarini köriş mumkinligini ma’lum qilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!