$
12559.26 UZS
-59.37
160.17 UZS
-0.66
14413.01 UZS
-103.46
33° Kechasi 22°

O‘zbekistonliklar bir yilda “chiroyli” avtoraqamlar uchun 27,2 mln dollar mablag‘ sarflagan

17:01 / 14.01.2022

2021-yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining avtoraqam.uzex.uz vebsaytida 298,8 mlrd so‘mlik 139,4 mingdan ziyod avtoraqamlar shaffof onlayn-auksionlar orqali sotilgan. Bu haqda Birja Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Berilgan ma’lumotga ko‘ra, o‘tgan yili avtoraqamlarning sotuvi son jihatdan 40 foizga, hajmi bo‘yicha esa 21 foizga o‘sdi.

Tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 2,1 mln so‘mni tashkil etgan. Sotilgan avtoraqamlarning 91 foizi jismoniy shaxslar, 9 foizi yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan.

O‘tgan davrda sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi – 450,5 ming so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 441,5 mln so‘mni tashkil qildi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 37 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlar, 22 foizi – ikkinchi, 13 foizi – uchinchi, 9 foizi – to‘rtinchi, 9 foizi – beshinchi va 10 foizi – oltinchi toifa avtoraqamlarga to‘g‘ri kelgan.

Hududlar kesimida eng ko‘p avtoraqamlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati (48 foiz) Samarqand va Farg‘ona (8 foizdan), Namangan va Andijon (6 foizdan), hamda Buxoro (5 foiz) viloyatlarida xarid qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avtoraqamlarni onlayn-auksionlarda sotilishidan kelib tushgan mablag‘larning 80 foizi – Davlat byudjetiga, 20 foizi – IIVning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va boshqa xarajatlar Maxsus jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

 


Bu ham qiziq

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi o‘zbekistonliklarga mamlakatni tark etish yo‘llari bo‘yicha ma’lumot berdi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi o‘zbekistonliklarga mamlakatni tark etish yo‘llari bo‘yicha ma’lumot berdi

Hozirgi xavfsizlik vaziyati munosabati bilan Isroilni mustaqil ravishda tark etish istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari q…
11:08 / 18.06.2025
Turkiyada qidiruvda bo‘lgan shaxs O‘zbekistonga qaytarildi

Turkiyada qidiruvda bo‘lgan shaxs O‘zbekistonga qaytarildi

U odam savdosi jinoyati bilan qidiruvda bo‘lgan.
10:15 / 19.06.2025
Qozog‘istonda Mirziyoyev va Szinpin muzokaralari bo‘lib o‘tdi

Qozog‘istonda Mirziyoyev va Szinpin muzokaralari bo‘lib o‘tdi

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
14:19 / 17.06.2025
Tramp muzokaralar uchun Eronning “to‘liq taslim bo‘lishini” kutmoqda

Tramp muzokaralar uchun Eronning “to‘liq taslim bo‘lishini” kutmoqda

Shu bilan birga, u Tehron bilan muzokara stoliga qaytishga tayyorligini ham bildirdi.
17:57 / 17.06.2025
Samarqanddagi YTHda 39 yoshli sudya halok bo‘ldi

Samarqanddagi YTHda 39 yoshli sudya halok bo‘ldi

Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudi raisi Temur Rustamov avtohalokatda vafot etdi.
12:49 / 18.06.2025
Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston rahbari Xitoy Raisi bilan ham muzokara o‘tkazadi.
09:33 / 17.06.2025
O‘zbekistonda havo harorati 44 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda havo harorati 44 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” ertaga, 18-iyun kuni kutilayotgan ob-havo prognozini e’lon qildi.
12:21 / 17.06.2025
17-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

17-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

17-iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17—19-iyunda O‘zbekistonning qolgan hududlarida havo harorati ku…
17:51 / 16.06.2025
Xorazmda 18 yoshli o‘smir Tico’da YTHga uchrab, vafot etdi

Xorazmda 18 yoshli o‘smir Tico’da YTHga uchrab, vafot etdi

Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
15:26 / 18.06.2025
O‘zbekiston TIV Isroil va Eron o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar yuzasidan fuqarolariga murojaat qildi

O‘zbekiston TIV Isroil va Eron o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar yuzasidan fuqarolariga murojaat qildi

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi aholini turli provokatsiyalarga uchmaslikka va bosiq munosabatni saqlab qolishga chaqirg…
15:44 / 17.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!