$
11994.10 UZS
6.94
₽
145.79 UZS
-0.5
€
13420.20 UZS
26.95
31° Kechasi 18°

O‘zbekiston aeroportlarida koronavirusga majburiy test topshirish joriy etildi

20:54 / 14.01.2022

O‘zbekiston aeroportlarida 15-yanvardan boshlab koronavirusga majburiy test topshirish joriy etiladi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.

Maxsus komissiya qaroriga ko‘ra, majburiy test topshirish faqat O‘zbekistonga kelganlarga tegishli. COVID-19’ga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 2022 yil 11 yanvardagi bayonnomasiga asosan O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasining aniqlangan holatlari ko‘payishi va “omikron” shtami qayd etilgani uchun mamlakatda karantin choralarini kuchaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Shuningdek, 15-yanvardan boshlab Davlat bojxona qo‘mitasi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi xizmati bilan birgalikda O‘zbekistondagi barcha xalqaro aeroportlarning uchib kelish zallarida ekspress-test punktlarini tashkil etadi. Kelgan barcha fuqarolar koronavirus uchun ekspress-test topshirishi kerak. Test sinovidan o‘tish qiymati O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha so‘m ekvivalentida 5 AQSh dollari miqdorida belgilanadi. Talabalik guvohnomasi bo‘lgan talabalarga 50 foiz chegirma berilsa, I va II guruh nogironlari test sinovlarini bepul topshiradi. Ikki yoshgacha bo‘lgan bolalarning test topshirishi shart emas.

“Maxsus komissiya qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonga kelganlarning barchasi aeroportlarda majburiy ekspress-testdan o‘tkaziladi. Test Davlat bojxona qo‘mitasining markaziy laboratoriyasi tomonidan olib boriladi. Barcha aeroportlarda buning uchun maxsus zonalar mavjud, kuchlanish uchun to‘siqlar o‘rnatilgan, to‘lovlarni qabul qilish uchun terminallar, naqd pul olish uchun bankomatlar va valyuta ayirboshlash punktlari mavjud. Aeroportlar imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, test topshirish zonalari pasport nazoratidan o‘tishdan oldin yoki o‘tgandan keyin tashkil etiladi”, – deydi “Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Javlon Umarxo‘jayev.

To‘lovni amalga oshirib, kvitansiyani olgan yo‘lovchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri test topshirishga yuboriladi, shundan so‘ng pasportga shtrix-kod yopishtiriladi. Natijalarni olish uchun taxminan 15 daqiqa vaqt ketadi. Bu vaqt ichida yo‘lovchi yukini olib, bojxona nazoratidan o‘tishga ulgurishi mumkin.

Terminaldan chiqishda shtrix-kod skanerdan o‘tkaziladi va yo‘lovchi tezkor koronavirus testi natijasini oladi. Agar test ijobiy natija bergan bo‘lsa, yo‘lovchi izolyatsiyaga yuborilishi kerak.


Bu ham qiziq

Tramp Nvidia rahbarining josuslikda gumonlangan ayol bilan munosabati haqida gapirdi

Tramp Nvidia rahbarining josuslikda gumonlangan ayol bilan munosabati haqida gapirdi

AQŞ prezidenti Donald Tramp Nvidia boş direktori Jensen Xuangning Xitoy foydasiga josuslik qilişda gumonlanayotgan ayol bila…
10:08 / 10.11.2026
Özbekiston terma jamoasining noyabr oyidagi yiğin uçun tarkibi e’lon qilindi

Özbekiston terma jamoasining noyabr oyidagi yiğin uçun tarkibi e’lon qilindi

Özbekiston milliy terma jamoasining joriy yil noyabr oyida FIFA kunlari doirasida ötkaziladigan yiğin uçun tarkibi ma’lum bö…
11:27 / 09.11.2026
Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyaning Bad-Dyuben şahri ma’muriyati investorlarni jalb qiliş maqsadida XIII asrga oid Şnadits qasrini atigi 1 yevroga…
10:13 / 10.11.2026
“NURA Electric” korxonasida 100 ga yaqin muhandis öz işlanmalarini amaliyotga tatbiq etmoqda

“NURA Electric” korxonasida 100 ga yaqin muhandis öz işlanmalarini amaliyotga tatbiq etmoqda

“NURA Electric” korxonasida muhandislik işlanmalari va dual ta’lim tizimini rivojlantirişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ko…
13:31 / 09.11.2026
Polşada şahar markazida otişma sodir böldi

Polşada şahar markazida otişma sodir böldi

7-noyabr kuni Polşadagi Krakov şahrining Boş bozor maydonida otişma sodir böldi.
10:38 / 08.11.2026
Özbekistonda bankomatlar işlab çiqariş yölga qöyilişi mumkin

Özbekistonda bankomatlar işlab çiqariş yölga qöyilişi mumkin

Özbekistonda bankomatlarga bölgan içki talabni qondiriş maqsadida ularni mahalliy işlab çiqariş imkoniyatlari örganiladi. Bu…
15:57 / 09.11.2026
Sobiq boksçi paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi.

Sobiq boksçi paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi.

Boks böyiça sobiq Avstraliya çempioni Joş Frederiksen 36 yoşida paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi. Bu haqda “World Boxin…
17:34 / 07.11.2026
Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Farğona viloyatining Qöqon şahridagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi. Holat yuzasidan ji…
15:14 / 10.11.2026
Samarqandda işga joylaştirişni va’da qilgan maktab direktori uşlandi

Samarqandda işga joylaştirişni va’da qilgan maktab direktori uşlandi

Samarqand şahrida umumiy örta ta’lim maktabi direktori fuqaroni öqituvçi lavozimiga işga joylaştiriş evaziga 400 AQŞ dollari…
14:50 / 09.11.2026
Özbekistonda “1 ming muhandis-konstruktor” dasturi boşlanadi

Özbekistonda “1 ming muhandis-konstruktor” dasturi boşlanadi

Kelgusi yildan Özbekistonda “1 ming muhandis-konstruktor” dasturini amalga oşiriş boşlanadi. Dastur doirasida mahalliy mutax…
13:35 / 09.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!