Özbekistonda pardozbop toş sanoatida xomaşyodan töliq foydalaniş va işlab çiqariş çiqindilarini qayta işlaş böyiça yangi talablar belgilanmoqda. Bundan buyon yangi pardozbop toş konlari “nol çiqindi” tamoyili asosida işlaş şarti bilan auksionga çiqariladi.
Ma’lumotlarga köra, mamlakatdagi 155 ta korxona yiliga 1 million tonna xomaşyo qazib oladi. Biroq uning 35–40 foizigaça bölgan qismi işlab çiqariş çiqindisi sifatida qolmoqda. Ayniqsa, Nurota, Ğozğon va Qöşrabotdagi konlar atrofida granit va marmar qoldiqlari töplanib qolgan.
Prezident Şavkat Mirziyoyev rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib çiqib, sohada “nol çiqindi” tamoyilini keng joriy etiş zarurligini ta’kidladi. Qayd etilişiça, toş qoldiqlaridan kompozit pol qoplamalari, sun’iy toş plitalar va marmar kukuni kabi mahsulotlar işlab çiqariş mumkin.
Mas’ul idoralarga bir oy muddatda tadbirkorlarni jalb qilgan holda pardozbop toş konlari atrofida kamida 100 million dollarlik loyihalarni boşlaş topşirildi.
Yangi tartibga köra, pardozbop toş konlarini özlaştirişda xomaşyodan töliq foydalaniş va çiqindilarni qayta işlaş asosiy şartlardan biri böladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!