$
12615.07 UZS
-19.27
162.02 UZS
-0.35
14754.59 UZS
-66.75
37° Kechasi 24°

Namanganga yil boshidan buyon qariyb 1 mlrd 600 million dollar investitsiya kiritildi

17:23 / 07.07.2025

O‘zbekiston rahbarining 2024-yil 2-dekabrdagi qarori bilan Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari belgilanib, katta marra olingan edi. Jumladan, bu yil 4,2 milliard dollar investitsiya jalb etish, 1 milliard dollar eksport qilish, 323 ming ish o‘rni yaratish, 55 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish rejalashtirilgan.

Bunda eng katta zamin – kichik biznes va tadbirkorlik. Namanganda mehnatga layoqatli aholini 82 foizi shu sohada ro‘zg‘or tebratyapti.

Yil boshidan beri viloyatga qariyb 1 milliard 600 million dollar investitsiya kiritilgan. Lekin buning katta qismi Namangan shahri va markaziy tumanlarga to‘g‘ri kelib, Mingbuloq, Norin, Uychi va Chortoqda ham sarmoyalarni ko‘paytirish kerak. Eksportda ham mahsulotlar turini kengaytirish va chekka tumanlar salohiyatini oshirish zarur.

Viloyatda qishloq xo‘jaligida ham mo‘l hosil yetishtirilmoqda. Birgina Yangiqo‘rg‘onda gektaridan daromad 20 ming dollardan yuqori.

Shu kabi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish uchun Prezident tashabbusi bilan hududlar ma’muriy va iqtisodiy jihatdan isloh qilinmoqda. Namangan viloyatida ham mutaxassislar, ilg‘or tadbirkorlar va xorijiy ekspertlardan iborat “Islohotlar shtabi” ish boshladi. Ular birgalikda izlangani uchun yana 1 milliard dollarlik loyihalar shakllandi.

Yig‘ilishda mutasaddilar ana shu yangi imkoniyatlarni taqdimot qildi. Qayd etilganidek, ularning natijasida jami 12 ming ish o‘rni, byudjetga qo‘shimcha 200 milliard so‘m tushum, 160 million dollar eksport manbai paydo bo‘ladi.

Masalan, Norin tumanida aholi xonadonlarida intensiv usulda baliq yetishtirish, Mingbuloqda o‘rdakchilikni rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda. Ular oziq-ovqat mahsulotlari mo‘lligini ta’minlashi va ko‘plab ish o‘rinlari yaratishi bilan ahamiyatli. O‘zbekiston rahbari bu tajribani boshqa hududlarda ham tatbiq etish zarurligini ta’kidladi.

Bugungi kunda viloyatda 55 ming ishsiz aholi, 44 ming kambag‘al oila bor. Ularni kasbga yo‘naltirib, ish topishiga ko‘maklashish, o‘z uyida daromad manbai yaratish vazifasi qo‘yildi. Ijtimoiy muhitni mustahkamlash, mahallalarni jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.


O‘zbekiston


														
														Marg‘ilonda 2,5 yashar bolani bosib ketgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Marg‘ilonda 2,5 yashar bolani bosib ketgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona viloyati IIB haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
17:31 / 13.07.2025

														
														Surxondaryoda ikki bosh morxo‘r ovlagan shaxslar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Surxondaryoda ikki bosh morxo‘r ovlagan shaxslar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Ular ovlagan burama shoxli echkilar “Qizil kitob”ga kiritilgan bo‘lgan.
16:47 / 13.07.2025

														
														O‘zbekistonda sug‘urtaning qaysi turi ko‘proq qo‘llanilmoqda?

O‘zbekistonda sug‘urtaning qaysi turi ko‘proq qo‘llanilmoqda?

O‘zbekistonda sug‘urtaning qaysi turi ko‘proq qo‘llanilishi ma’lum qilindi.
15:06 / 13.07.2025

														
														Farg‘onada Gentra haydovchisi tanishini qasddan bosib ketdi

Farg‘onada Gentra haydovchisi tanishini qasddan bosib ketdi

Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan.
11:28 / 13.07.2025

														
														“Mazkur holatlar mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq harakat” – Qo‘ng‘irotboy Sharipov

“Mazkur holatlar mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq harakat” – Qo‘ng‘irotboy Sharipov

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri ta’lim tizimidagi korrupsiya holatiga munosabat bildirdi.
10:00 / 13.07.2025

														
														13-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20–23 daraja iliq, kunduzgi harorat esa 35–38 daraja bo‘ladi
23:13 / 12.07.2025

														
														DXX tezkor tadbir davomida noqonuniy psixotrop moddalar savdosiga chek qo‘ydi

DXX tezkor tadbir davomida noqonuniy psixotrop moddalar savdosiga chek qo‘ydi

Farg'onadagi tadbirda kuchli ta'sir ko'rsatuvchi dori vositalarining faoliyatiga chek qo'yildi
22:54 / 12.07.2025

														
														Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yaponiya elchisi bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yaponiya elchisi bilan uchrashdi

Uchrashuvda kun tartibidagi bir qancha masalalar muhokama qilindi
19:01 / 12.07.2025

														
														O‘zbekiston 10,6 mln dollarlik quritilgan o‘rik eksport qilgan

O‘zbekiston 10,6 mln dollarlik quritilgan o‘rik eksport qilgan

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,8 ming tonnaga yoki 36 % ga oshgan
18:10 / 12.07.2025

														
														Taxtiqoracha dovoni orqali pulli tunnel qurilishi bo‘yicha shartnoma imzolanadi

Taxtiqoracha dovoni orqali pulli tunnel qurilishi bo‘yicha shartnoma imzolanadi

Tunnel qurilishidagi asosiy murakkabliklar geologik sharoit va tog‘lik hududda ish olib borish bilan bog‘liq.
18:01 / 12.07.2025

Bu ham qiziq

O‘zbekiston 10,6 mln dollarlik quritilgan o‘rik eksport qilgan

O‘zbekiston 10,6 mln dollarlik quritilgan o‘rik eksport qilgan

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,8 ming tonnaga yoki 36 % ga oshgan
18:10 / 12.07.2025
Qo‘shni davlatlarda kuydirgi tarqaldi: O‘zbekistonda qanday choralar ko‘rilmoqda?

Qo‘shni davlatlarda kuydirgi tarqaldi: O‘zbekistonda qanday choralar ko‘rilmoqda?

Mazkur vaziyat yuzasidan O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Epidemiologiya va…
15:55 / 12.07.2025
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yaponiya elchisi bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yaponiya elchisi bilan uchrashdi

Uchrashuvda kun tartibidagi bir qancha masalalar muhokama qilindi
19:01 / 12.07.2025
DXX tezkor tadbir davomida noqonuniy psixotrop moddalar savdosiga chek qo‘ydi

DXX tezkor tadbir davomida noqonuniy psixotrop moddalar savdosiga chek qo‘ydi

Farg'onadagi tadbirda kuchli ta'sir ko'rsatuvchi dori vositalarining faoliyatiga chek qo'yildi
22:54 / 12.07.2025
Farg‘onada Gentra haydovchisi tanishini qasddan bosib ketdi

Farg‘onada Gentra haydovchisi tanishini qasddan bosib ketdi

Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan.
11:28 / 13.07.2025
Suriyaning muvaqqat prezidenti Ozarbayjonga keldi

Suriyaning muvaqqat prezidenti Ozarbayjonga keldi

Ozarbayjon rahbari bu uchrashuvni o'ta muhim deb atagan
19:59 / 12.07.2025
Mas’ud Pezeshkiyon Isroilning Tehronga hujumi vaqtida jarohat olgan

Mas’ud Pezeshkiyon Isroilning Tehronga hujumi vaqtida jarohat olgan

Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon Isroilning Tehronga bergan zarbalari davomida yengil jarohat olgan. Bu haqda Fars News xa…
14:48 / 13.07.2025
O‘zbekistonning tashqi qarzi 70 mlrd dollarga yaqinlashdi

O‘zbekistonning tashqi qarzi 70 mlrd dollarga yaqinlashdi

Joriy yilning I choragida O‘zbekistonning umumiy tashqi qarz hajmi 68,4 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Markaziy ba…
16:59 / 12.07.2025
Yoaxim Lyov O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin

Yoaxim Lyov O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin

Bu bo'yicha murabbiy bilan muzokaralar olib borilmoqda
18:57 / 13.07.2025
Lamin Yamal kelajagi haqida fikr bildirdi

Lamin Yamal kelajagi haqida fikr bildirdi

Ispaniyalik 18 yoshli futbolchi bu boradagi rejalari bilan o'rtoqlashdi
19:44 / 13.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!